Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet20/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Keng arealli o‘simliklar – bu xil arealni hosil qiluvchi turlar bir necha materikni va ular oralig‘idagi bir necha mintaqalarni ishg‘ol qiladi. Bunday keng arealli daraxt turlariga oddiy qarag‘ay, tog’‘ terak, qayin kabilarni misol qilish mumkin.
Tor arealli o‘simliklar – bunday arealli o‘simliklar biror materikning ma’lum qisminigina ishg‘ol qiladi. Bunday o‘simlik turlariga anzur piyozi, jigar o‘ti-kadanopsis, daraxtlardan qoraqayin, xandon pista va zarnab (tiss)ni misol qilish mumkin.
Endemik turlar areali – bunday turlar egallagan hudud nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Ular faqatgina ma’lum bir geografik zonada o‘sadi.Masalan, O‘zbekiston florasida o‘sayotgan ayrim o‘simliklar boshqa qo‘shni mamlakatlarda uchramaydi. O‘zR “Qizil kitobi”da ko‘plab misollorni keltirish mumkin. Endemik turlar tog’‘li hududlar va orollarda ko‘proq tarqalgan. Ba’zan bir o‘simlik turlarlari faqat ma’lum sharoitlardagina o‘sishi mumkin, ular o‘z areallaridan tashqarida boshqa sharoitlarga tushib qolishsa, moslasha olishmaydi va nobud bo‘lishadi. Masalan, botqoqliklarda, qumliklarda, suvda, sho‘rxok erlarda yoki tropik o‘rmonlarda o‘sishga moslashgan turlar boshqa sharoitlarda o‘sa olmaydi.
Bunday tekshirishlardan olingan ilmiy xulosalar odatda o‘simliklardan to’gri foydalanishda yordam beradi. Ma’lum bir sistematik birliklarning tabiatda tarqalish maydonini ekspeditsiya asosida amalda yoki gerbariy materiallari orqali o‘rganilib geografik kartada o‘simlikning konturi yoki chegarasi aniqlanadi (chiziladi). Bu esa mazkur o’simliklar turlari va avlodlarining areali bo’ladi. Ana shu arealni tasvirlash quyidagicha: birinchidan, ma’lum bir mamlakat yoki territoriya kartasida o’rganilayotgan turning tarqalishi maydoni chizig‘ bilan o’rab olinadi va rang bilan bo’yaladi yoki shtrix bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o’rganilayotgan turlarning individlari tarqalgan joylar doira yoki nuqta bilan belgilanadi, sungra esa ulariing chetki nuqtalari yaxlit bitta chizig‘ bilan o’rab olinadi. Birinchi usul ko’pincha kata maydonlarda yirikroq taksonomik birliklarning arealini belgilashda kerak bo’lsa, ikkinchi usulda esa kichik taksonomik birliklarning arealini batafsil o’rganishda foydalaniladi. Tabiatda bir-biriga mutloq o’xshaydigan areallar uchramaydi. Chunki ularning maydoni, shakli, chegaralarining tuzilishi har xil bo’ladi. Tabiatda tarixiy taraqqiyot natijasida hosil bo’lgan o’simliklarning areali tabiiy areal deyiladi. Kishilar tomonidan o’simliklarni ekib, ko’paytirib hosil qilingan areali esa sun’iy arealdir.
Areal chegarasini ikki muxim omil - namlik va temperatura belgilaydi. Bundan tashqari areal chegarasini aniqlashda tuproq sharoiti va biotik omillar ham muxim rol o’ynaydi. Ko’pchilik o’simlik turlarining areal diapazoni chegaralangan, biroq shunday turlar uchraydiki, ular yer yuzining Antarktidadan tashqari hamma joyida o‘sadi. Ularning areali yer kurrasining deyarli yarmini egallaydi. Bunday o‘simlik turlari kosmopolitlar deb ataladi (yunoncha “kosmos” - koinot, polites-grajdanin degan ma’nodan olingan). Ana shunday kosmopolit turlarga jag-jag (Capselia bursapastoris), bir yillik qo’ng’irbosh (Roa annua), sho’ra (Chenopodium album), katta zubturum (Plantago maior), qoqi (Tagaxasish) va boshqalar kiradi. Ikkinchi tomondan, areali cheklangan turlar ham bor.
Areallar tutash va uzilgan (dizyunktiv) bo’ladi. O’rta Osiyoda yovvoyi holda o’sadigan chuchuk bodom (Amygdalus communis) uzilgan areal uchun tipik misol bo’la oladi, chunki bodomning bu turi O’zbekistonning Parkent rayonida va Turkmanistonning garbiy Kopettog’’idagina o‘sadi. Bu ikki nuqta orasidagi katta geografik masofada esa mutlaqo uchramaydi. Uzilgan areallar ba’zan tyerritoriyaning ma’lum qismida ilimning o‘zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Tutash areal deb, ma’lum tur individlarining shu arealini tashkil qilgan maydonlar bo’yicha tarqalishini aytiladi. Tutash areallar kelib chiqishi va shakllanishiga birlamchi, uzilgan areallar esa ikkilamchi deyiladi. Ayrim turlarning areali tor bo’lishi mumkin, chunki, tashqi muxitning o’zgarishi natijasida ular yashaydigan maydon keskin qisqargan. O’zlarining sobiq maydonlarida saqlanib qolgan bu turlar relikt turlar yoki reliktlar deyiladi. Masalan, O’rta Osiyoda o’sadigan yong’oq (juglans regia) relikt o’simliklar jumlasiga kiradi. turlar yoki endimiklar deyiladi. Ana shunday endimik turlarning paydo bo’lish sabablari ham turli xildir. Ba’zan evolyusiya jarayoni natijasida paydo bo’lgan yangi turlar geografik va iqlim sharoitlar sababli keng tarqalib ulgurmaydi. Bunday turlar ko’pincha tog’li mamlakatlarda yoki dengiz va okeanlardagi orollarda uchraydi. O’z arealini kengaytirishga ulgurmagan yoki kengaytira olmaydigan bunday turlar neoendemiklar deb ataladi. O’rta Osiyoning tog’li rayonlari endimiklarga ayniqsa boy, bunday rayonlarga Qozog‘istonning Qaratou, O‘zbekistonning Nurota tog’lari, Turkmanistonning Kopettog’lari misol bo’la oladi. Areal chegaralariga antropogen omillar ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, O’rta Osiyo tog’lari va cho‘llarida o‘suvchi archa, pista, bodom, yong’oq, yovvoyi olmalar, saksovul, shuvoq va shu kabi turlarining areallari odamlar ta’sirida ancha toraygan yoki odamlar foydali o’simliklarni ongli ravishda yangi joylarga olib borib ekadi va ular arealashiga kengayishiga sabab bo’ladi. Masalan, O‘rta Osiyoda ekilayotgan o‘rta tolali g’o’za (Gossypium hirsutum) Amerikadan, ingichka tolali g’o’za (Gossypium barbadense) Misrdan, jut Hindistondan, pomidor-kartoshkalar Janubiy Amyerikadan olib kelingan.
Odam o‘zi uchun zarur bo‘lgan o‘simliklarni bir rayondan ikkinchi rayonga ko’chirib turadi va shu sharoitga moslashtiradi. Buni umumiy nom bilan introduksiya deb ataladi. Ana shu usul bilan Xitoydan Kavkazning subtropik iqlim sharoitiga choy, limon, apelsin, mandarin, bambuk, tunga daraxti va boshqa o’simliklar olib kelib muvaffaqiyatli o‘stirilmokda.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish