Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet85/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Orografik omillar
Bunga relef va unga bog‘langan dengiz sathi balandliklari kiradi. Bu tuproq va iqlim qayta taqsimlanish natijasida ta’sir etadi. Masalan, Markaziy Osiyoda dengiz sathidan ko‘tarilgan sari iqlimi, tuprog‘i va o‘simliklari ham o‘zgarib boradi va bu mintaqada mutanosib ravishda cho‘l, adir, tog’‘, yaylov o‘simliklari uchraydi. Chunki, dengiz sathidan ko‘tarilgan sari harorat pasayib, yog‘inning miqdori ko‘payib boradi. SHuningdek, tuprog‘i ham o‘zgaradi. Joy balandligining o‘zgarishi bilan o‘zgargan issiqlik, namlik birgina o‘simliklarning o‘sishiga, shakliga ta’sir etibgina qolmasdan balki, ularning meva hosil qilishi tezligini ham o‘zgartiradi. Masalan, G.I.Paplovskayaning (1948) ko‘rsatishicha, pixta daraxti 600 metr balandlikda 4 yildan keyin urug‘ hosil qilsa, 900 metr balandlikda 6 va 1300 metr balandlikda esa 8 yildan keyin urug‘ hosil qiladi. Soylik va tepaliklarning Janubiy va Shimoliy qismlarida ham keskin farqlar kuzatiladi. Masalan, Shimoliy balandliklarda namlik ko‘p harorat nisbatan past bo‘lganligi sababli mezofil o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Aksincha, Janubiy balandliklarda issiqlik ko‘proq, namlik kamroq bo‘lganligi sababli ksyerofil o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Cho‘l zonasida relefning o‘simliklarga ta’siri ancha kuchli. Cho‘l zonasining balandlik joylarida o‘simliklar juda siyrak o‘sadi, borlarining bo‘yi ham pakana bo‘ladi. Chuqurlik joylarda esa buning aksi, o‘simliklar soni ko‘p va baland bo‘lib o‘sadi.
Biotik omillar
O‘simliklar tabiiy sharoitda kamdan-kam xollarda tevarak-atrofdan ximoyalangan tur sifatida o‘sadi va faqat abiogen faktorlar kompleksi ta’sirini sezadi. Odatda, o‘simliklar gurux hosil qilib, boshka komponentlar bilan birga, ya’ni xayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq va boshqalar bilan u yoki bu darajadagi murakkab ekosistema tarkibiga kiradi. O‘simliklar xayvonlar, mikroorganizmlarning o‘zaro ta’siri alohida gruppani tashkil etuvchi biotik faktorlarni keltirib chikaradi. Boshqacha aytganda, biotik faktor deganda, barcha tirik organizmlarnnng yashash protsessi­da o‘zaro va bir-biriga nisbatan ma’lum darajada munosabatda bo‘lishi hamda ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi. Shuni ham aytish kyerakki, yyer yuzidagi barcha o‘simlik va xayvonlar turining ham da mikroorganizmlarning xayot faoliyati bir-biriga bog‘liq holda kechadi. Shunga ko‘ra, tabiatda bironta o‘simlik yoki hayvon, yoki bo‘lmasa mikroorganizm turi yakka xolda yashashi, bir-biriga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmasdan xayot kechirishi mumkin emas.
Qisqasi, o‘simliklar qoplamini tashkil etadigan barcha o‘simliklar gruppasi, tuproqdagi, suvli muxitdagi mikroorganizmlar, shuningdek, xayvonlar guruxi doim o‘zaro ta’sir etib xayot kechiradi.
Biotik faktorlar quyidagi gruppalarga bo‘lib o‘rganiladi:
a) o‘simliklarning o‘simliklarga ta’siri;
b) hayvonlarning o‘simliklarga ta’siri;
v) mikroorganizmlarning o‘simliklarga ta’siri;
g) yuqoridagi uch gruppa organizmlarniig o‘zaro ta’siri.
O‘simliklarning o‘simliklarga ta’siri
Guruhdagi o‘simliklar doimo boshqa o‘simliklar ta’sirida bo‘ladi. Fitotsenozda o‘simliklarning bir-biriga ta’sirini o‘rganishda tuban o‘simliklarni ham ko‘zda tutish kyerak bo‘ladi. Mikroorganizmlar yuksak o‘simliklarga ham ta’sir ko‘rsatadi, bir tur yuksak o‘simlikning boshqasiga ta’sir ko‘rsatishi ham tez-tez uchrab turadi. Shunday qilib, o‘simliklarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’siri juda xilma-xil bo‘ladi. Ularning bevosita va bilvosita ko‘rsatadigan ta’­siri farq qilinadi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bevosita ko‘rsatadi­gan ta’siriga quyidagilar kiradi: parazitizm, sim­bioz holat, bir o‘simlikning boshqasiga mexanik ta’­siri, bir o‘simlik boshqasiii siqib chiqarishi, lianlar va epifitlar.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish