Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet79/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Mezofitlar. Nami yetarli bo‘lgan tuproq va iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar xujayralaridagi osmotik bosim ksyerofitlarga qaraganda pastroq, ya’ni 11-15 atmosfyera orasida bo‘ladi. Mezofitlarga ko‘pchilik daraxt va aksari ekiladigan o‘t o‘simliklar: g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, qovun, tarvuz, pomidor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali o‘simliklar kiradi. Bu xil o‘simliklarning ildizi uncha chuqur ketmaydi, lekin u kuchli tarmoqlanib, tuproq orasida katta hajmni egallab oladi.
Gigrofitlar. Namlik ko‘p bo‘lgan sharoitda, ya’ni daryo bo‘ylari, o‘tloqlar, hamda o‘rmonlar orasida o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning barglari odatda yirik, kutikulasiz va tuksiz bo‘ladi. Barg yuzasidagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular bargning ham ostki, ham ustki qismida joylashadi. Ildizlari yerga chuqur kirmaydi, chunki ildizlar yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim 8-12 atmosfyerani tashkil etadi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida o‘sadigan savagich, qamish, qiyoq, ba’zi bir begona o‘simlik turlari va madaniy ekinlardan, sholi gigrofitlarga misol bo‘ladi.
Gidrofitlar. Suvga botib o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning or-ganlarida mexanik to‘qima deyarli rivojlanmaydi, ayerenximasi esa kuchli rivojlangan ularda kislorod to‘planadi. Bu o‘simliklarning suv yuzasida qolgan barglarning faqatgina ustki epedyermisida og‘izchalar joylashadi. Ostki suvga tegib to’rgan tomonida og‘izchalar bo‘lmaydi. Barglarda kutikula qavati deyarli rivojlanmaydi. O‘simlik butun organlari yuzasi bilan suvni shimib olishi mumkin. Shu sababli bu xil o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar ildiz tuklari ham yaxshi o‘smagan, ildizning suv va minyeral tuzlarni shimish qobiliyati ham past. Barg mezofili bo’lutsimon va palisad parenximalarga ajralmagan bo‘lib, faqatgina bir xil bo’lutsimon to‘qimadan tashkil topgan. Bu to‘qimaning hujayralararo bo‘shliqlari katta bo‘lib, ularda havo to‘planadi. Gidrofitlarga barcha suv o‘tlari, gulli o‘simliklardan chilim yoki suv yonog‘i (Trapa natans), suv grechixasi (Polygonum amphilium), vallesnyeriya (Vallesnyeria), elodea (Elodeae) va shu kabilar misol bo‘la oladi.
Suv tanqis bo‘ladigan kunduzgi vaqtda o‘simliklar poyasining diametri tungi vaqtdagiga qaraganda kichikroq, bo‘ladi. Bu esa turgor holatlar farqiga bog‘liq. Shuning uchun o‘simliklarning yer ustki qismlari asosan tungi vaqtlarda o‘sadi, chunki bu vaqtda suvning trans­piratsiya tufayli sarflanishi kamayadi va turgessensiya (taranglik) tiklanadi. O‘simliklar hosil qilgan quruq modda maxsuloti ular suv bilan qanchalik ta’minlanganini ifodalaydigan asosiy ko‘rsatkichlar xisoblanadi. O‘simliklarning suv bilan ta’minlanishi ularning tashqi morfologiyasida, anatomik strukturasida, guruhlardagi holatida va o‘simlik qoplamining zonal tarqalishida chuqur iz qoldiradi.
Lekin o‘simliklar uchun faqat suvniig miqdori emas, balki uning atmosfyeradagi va tuproqdagi xolati ham muxim rol o‘ynaydi. O‘simliklar suvni asosan suyuq holatda iste’mol qiladi. Mo‘tadil va sovuq iqlim mintaqalarida qattiq fazadagi suv o‘simliklarga juda katta bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Qor o‘sim­liklar o‘sadigan joydagi issiqlik rejimida katta ahamiyat kasb etishidan tashqari, yog‘ingarchilk kam bo‘ladigan baxor vaqtida muxim rol o‘ynaydi, yeriyotgan qor suvlari ayni o‘sa boshlagan o‘simliklar ko‘p miqdorda suv talab etadigan vaqtda tuproqdagi suv zaxirasini to‘ldiradi. Bundan tashqari, yeriyotgan qor suvlari ko‘p jixatdan daryolarga oqib tushayotgan suv miqdorini belgilaydi, bu esa o‘tloq o‘simliklari ekologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Muz qoplami o‘simliklarii siqib ko‘yib, ularga nobud qiladigan darajada ta’sir ko‘rsatadi, xujayralar oralig‘ida hosil bo’lgan muz esa ularni mexanik zararlaydi. Qishda yyer yuzasida muz qoplami hosil bo‘lgan taqdirda madaniy va yovvoyi o‘simliklar butunlay nobud bo‘ladi. Tuman vaqtida daraxtlar shoxiga va o‘tlar bargiga tushgan qirov yoki hosil bo‘lgan yupqa muz qoplami ma’lum darajada suv to‘planishiga imkon byeradi; yerigan vaqtda esa bir qismi yyerga singadi, yana bir qismi xavoga bug‘lanib ketadi.
Vegetatsiya davrida suv atmosfyeradan asosan suyuq holatda tushadi. Yomg‘ir, uning miqdori, yog‘ish muddati, yog‘ish tezligi, shuningdek, ularning boshqa faktorlar — tempyeratura, shamol va hokazolar bilan bog‘liqligi katta aham iyatga ega. Yog‘in miqdori, odatda, millimetr bilan ifodalanadi. Bir millimetr yog‘in 1 m2 yuzaga tushgan 1 l suvga teng bo‘ladi.
O‘rta Osiyo sharoitida yog‘in miqdori mazkur joyning dengiz satxidan qanchalik balandlikda joylashganligiga bog‘liq. Lekin ayni vaqtda u yil sayin ham o‘zgarib turadi.
Yillik yogin miqdori iqlim sharoiti haqida faqat umumiy tasavvur byeradi. Xozircha yyerga qancha miqdorda yog‘in tushishi va uning qancha qismini o‘simliklar o‘zlashtirishi xaqida aniq fikr aytish qiyin. Buning uchun birinchi navbatda yog‘inning fasllar bo‘yicha taqsimlanishi, yog‘in turi (yomg‘ir, qor, do‘l, qirov) va suyuq holatdagi yog‘in qaysi holatda bo‘lishi (sel, tomchilab yog‘adigan va yomg‘ir) ni bilish kyerak. Bundan tashqari, yog‘ingarchilik qanday tuproqqa tushishini, yonbag‘irning tikligi va qiyaligini hisobga olish kyerak bo‘ladi. Chunki bo’lar xaqida ta’riflab byerish mumkin bo‘ladi, lekin yog‘in miqdori xaqidagi aniq ma’lumotlarni (yog‘inning fasllar bo’yicha taqsimlanishidan tashqari) bilmaymiz. Chunonchi, yog‘inning qancha qismi o‘simliklarning yyer ustki qismiga tushadi? Ma’lumki, kuchli yog‘in vaqtida faqat archa panasidagina emas, balki turang‘il va tyerak panasida ham saqlanish mumkin.
Biz yog‘inning qancha qismi (ayniqsa baxoriing oxirlarida va yozda) yalanglik yoki bir turdagi o‘sim­lik bilan qoplangan tuproq sathidan bug‘lanib ketishini bilmaymiz. O‘simliklar suv iste’mol qilishiga qarab, faqat yog‘in hisobiga yashaydigan, ham da yog‘in va tuproq namligi hisobiga yashaydigan xillarga bo‘linadi.
Baxorgi yog‘in suvlari hisobiga yashaydigan o‘simlik­lar, ya’ni efemyerlar ildizi yuzada (tuproq yuzasidan 10 sm chuqurlikda) rivojlanadi. Baxorgi yog‘inlar tugashi bilan ular tezda nobud bo‘ladi, kelgusi yili baxorida ular ildizdan qaytadan rivojlanadi. Ba’­zi o‘simliklar juda chuqur kirib boradigan ildiz chiqarib rivojlanadi. Bizning florada bu jixatdan ko’proq yantoq o‘simligi tanish. Uning ildizlari yerga 15-20-30 m chuqurlikgacha kirib boradi. Ayni vaqtda ildizi 2 m chuqurlikka kirib boradigan cho‘l o‘simlik­lari ham bor. CHo‘lda o‘sadigan shuvoqning ildizlari 2 m chuqurlikka etmaydi, bu qatlamda tuproq iyun va iyul oylarida butunlay qurib koladi, lekin shuvoq baribir sekin bo‘lsada, transpiratsiya protsessini davom ettiradi. Ba’zilar buni shuvoq gipsli tuproqda o‘sadi, gips esa oz miqdordagi namlikni ham surib olish xu­susiyatiga ega deb izoxlaydilar. Bundan ham qiziqroq misolni keltirish mumkin. Masalan, sutlama o‘simligining mayda barglar bilan koplangan ingichka poyasi yerda yoyilib o‘sadi. Iyun oyiga borganda efemyer va efemyeroidlar qurib qoladi, sutlama esa gullab yotadi. Changlanishdan sung gulbandlari uzayadi, buraladi va urug‘chisi barglar ostiga yashirinib oladi. Bu yerda o‘simlik tupining soyasida urug‘, mevalari rivojlanadi va etiladi. Sutlamaning ildizi juda ingichka, uzun­ligi 70—75 sm gacha bo‘lib, o‘rgimchak iniga o‘xshash ingichka tutam bilan tugaydi.
Nihoyat, yana bir misol. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida, adirlarda yerni sug‘ormay tarvuz etishtiriladi. Tabiiy o‘simliklar quriyotgan vaqtda, tarvuz gullaydi. Uning har biri 4— 5 kg dan keladigan hosil i suv bilan to‘ladi. Bu tarvuzlar suvni qayerdan olishi mumkin?
O‘simliklarning har bir turi konstitutsion va moslanuvchanlik xossalari bilan har aktyerlanadi. Konsti­tutsion xossalari bu, masalan, gulining tuzilishi, mevasining tipi, shoxlanish har aktyeridir. Bir so‘z bilan aytganda, bu nasl uchun va ma’lum darajadagi oila uchun tegishli belgilardir. Moslanuvchanlik belgilari, bu muayyan sharoitda normal hayot kechirish uchun imkoni boricha ta’minlovchi turning tuzilish va biologik kobiliyatidir, SHunday qilib, moslanuvchanlik belgilari turning tarqalish joyini aks ettiradi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish