Geografik tarqalishi. Tangut rovochining vatani Shimoli g‘arbiy Xitoy va Shimoliy Tibetning tog’‘li tumanlaridagi o‘rmonlar. Rovoch plantatsiyasi Moskva, Voronej, Novosibirsk viloyatlarida hamda Belorus va Ukrainada tashkil etilgan.
Mahsulot tayyorlash. Rovoch o‘simligi 3—4 yoshga to‘lgandan so‘ng kuz oylarida (urug‘i yig‘ib olingandan keyin) yyerostki qismi kovlab olinadi va suv bilan yuvib tuproqdan tozalanadi. Chirigan ildizpoya va yyerustki poya qoldiqlari pichoq bilan kesib tashlanadi. So‘ngra ildiz (ildizpoya 3—4 yoshlik o‘simlikda kichkina bo‘ladi) 10—15 sm dan qilib, yo‘g‘on ildizlar va ildizpoya esa uzunasiga ham kesib bo‘linadi. Kesilgan ildiz va ildizpoyalar 2—3 kun yoyib so‘litiladi va 60°C da quritiladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida ikki xil gruppaga kiruvchi birikmalar: 6,0—12% tanoglikozidlar (oshlovchi moddalar — taninlar) hamda 3,4—6% antratsen hosilalari bo‘ladi. Mahsulot tarkibida antratsen hosilalarining umumiy miqdori 2% dan kam bo‘lmasligi kyerak.
Ishlatilishi. Rovoch preparatlari surunkali me’da-ichak kasalliklarida ichni yumshatish, ichak atoniyasida va gaz to‘planib qolganda ishlatiladi. Bu preparatlar kam dozada (0,05—0,2 g) qabo’l qilinsa, ichni qotiradi (asosan, tanoglikozidlar ta’siri) va aksincha, ko‘p dozada (0,5—2,0 g) qabo’l qilinganda ichni yumshatadi (asosan, antratsen unumlarini ta’siri).
Dorivor preparatlari. Rovoch ildizi kukun va tabletka holida ishlatiladi. Rovoch ildizidan yana qaynatma va quruq ekstrakt (suvli-spirtli ajratma) tayyorlanadi.
Oshlovchi totim – Rhus coriaria L.
Totim pistadoshlar – Anacardiaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 1-3 m bo‘ladigan buta yoki kichik daraxt. Totim yovvoyi holda O‘zbekistonning janubida To‘polang va Sangardak daryolari xavzasida o‘sadi. Barglari toq patli murakkab, 4-8 juft cho‘ziq-tuxumsimon yoki nishtarsimon, yirik arrasimon qirrali barglardan tashkil topgan bo‘lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘rnashgan. Bir jinsli, mayda, ko‘rimsiz, besh bo‘lakli, yashil-oq rangli gullari ayrim-ayrim (changchi va urug‘chi) xolda ro‘vaksimon gulto‘plamiga joylashgan. Mevasi – qizil rangli, sharsimon yoki buyraksimon, mayda, quruq, danakli meva. Totim iyun – iyul oylarida gullaydi, mevasi sentyabr -oktyabrda etiladi. Totim Kavkaz, Qrim, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning quruq, toshloq va oxakli tog’‘ qiyaliklarida, dengiz satxidan 900-1700 m balandliklardagi tog’‘ qiyaliklarida, ba’zan o‘rmonlarda va o‘rmon chekkalarida o‘sadi.
Totimning bargi xalq tabobatida ishlatiladi. O‘simlik gullashi oldidan to mevalari pishgunga qadar barglari yig‘iladi va ochiq xavoda quritiladi. So‘ngra tanin olish uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Totim bargi tarkibida 25-33% oshlovchi moddalar (10-20,9% tanin), 4,8% gacha gallat kislotasi, flavonoidlar (avikulyarin, astragalin, miritsitrin), efir moyi, 112 mg% C vitamini, bo‘yoq va boshqa moddalar bor. Totim bargi tanin olish manbasi hisoblanadi. Tanin burishtiruvchi, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun uning preparatlari (tanalbin va tansal tabletka holida) me’da-ichak kasalliklarini (me’da-ichak katari, entyerit, kolit, ich ketish) davolashda ishlatiladi. Tanin og‘iz bo‘shlig‘i, burun va tomoqning yallig‘lanishida chayish (1-2% li yeritmasi) yoki shilliq qavatlarga surtish (taninning 5-10% li yeritmasi), kuyganni, surunkali ekzemalarni va turli yaralarni davolashda ham da ichak yallig‘lanishida qo‘llaniladi. Inson alkaloidlar (morfin, kokain, atropin, nikotin, fiziostigmin va boshqalar) ham da og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanganda unga taninning 0,2-2% li yeritmasi ichishga byeriladi yoki 0,5 % li yeritmasi bilan me’da yuviladi.
Totim bargi xalq tabobatida o‘t pufagi va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Yanchilgan mevasidan odamlar «nordon ichimlik-sirka» tayyorlashadi. Uni odatda me’da kasalliklarida, singa va shishlarni davolashda hamda isitma pasaytiruvchi va qustiruvi dori sifatida ishlatiladi. Barglari damlamasi antivirus, baktyeritsid xususiyatlarga ega, shu sababli u bilan yara-chaqalar yuviladi, nastoykasi ich ketishi, bod, podagra va falajni davolashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |