Biosfyera qo‘riqxonalari. Inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan lokal (mahalliy) va global (sayyoraviy) hodisalarni to‘g‘ri tushunish va baholash uchun bu jarayonlarni o‘rganish zarur. Atrof-muhitning holatini kuzatish formalaridan biri xalqaro miqyosda biosfyera qo‘riqxonalari asosida monitoring (kontrollik) xizmatining global tizimlarini yaratishdir. Biosfyera qo‘riqxonalari biosfyeraning global umumiy holati (foni) va uning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishining an’analari haqida axborotlar manbai bo‘lishi kyerak. Keyingi yillarda YUNESKOning tashabbusi bilan dunyo biosfyera qo‘riqxonalari tashkil qilindi. Bu qo‘riqxornalarda - tabiiy ekosistemalarda hayvon va o‘simlik organizmlarining har xil turlarini saqlash, ekologik monitoring bo‘yicha kompleks biogeotsenologik (kompleks landshaft) tekshirishlar olib borish, ekosistemalarga har xil tipdagi xo‘jaliklar (o‘rmonlar barpo qilish, yyerlarni o‘zlashtirish, yaylov chorvachiligi, rekreatsion foydalanish va boshqalar) ta’sirining haraktyeri va darajasini aniqlash ko‘zda tutiladi. Biosfyera qo‘riqxonalari tabiiy ekosistemalarda o‘simlik va hayvonot dunyosining biotik komplekslari, turlarining genetik jihatdan turliligini saqlash maqsadida tashkil qilinadi. Biosfyera qo‘riqxonalari uchun hudud tanlanganda, birinchi navbatda, landshaftlarning tipiklik va reprezentativlik usuliga amal qilinadi. O‘rta Osiyoda Repetek, Sarichelak va Chotqol biosfyera qo‘riqxonalari tashkil qilingan.
Yo’qolib ketayotgan va qo’riqxonalarda saqlanayotgan dorivor o’simlik turlari.
Sarxush bozulbang Lagochilus inebrians Bunge
G‘arbiy Pomir-Oloy va Janubiy Qizilqum qoldiq tog’‘larining juda kamyob endemigi. Qimmatli dorivor o‘simlik, ammo ko‘plab miqdorda yig‘ib olinishi va chorva mollari tomonidan payxon qilinishi turning areali va sonining qisqarishiga olib kelgan. O‘zbekiston Qizil kitobiga 2- toifada kiritilgan. Tashqi ko‘rinishi. Bo‘yi 30-60 sm bo‘lgan yarimbuta. O‘simlik qalin tukli, syertuk bezchalari bor va kuchli o‘ziga hos hidiga ega. Shoxchalari ko‘p va to‘g‘ri, asosida yog‘ochlashgan, oddiy yoki butoqli. Shoxchalari, barglari va qoshiqchalari qalin tukli, uzun syertuk bezchalar bilan qoplangan. Barglari keng tuxumsimon, asosida qoziqsimon, 3-5-bo‘lakli, keng tuxumsimon parrakli; parraklari butun yoki tishli. Gulxonasi o‘tirgan, 4-6 ta guli yarim g‘ushshasida, yuqori barglar qo‘ltiqlarida. Gulxona oldi qattiq, uch qirrali bigizsimon. Qoshiqchasi tor, qo‘ng‘iroqsimon, uzunligi 5-6 mm, keng uchburchakli o‘tkir tishli, egilgan. Toji- xira-oqish yoki uzunligi 20-28 mm jigarrang tomirli och pushti. Yong‘oqchasi tuksiz, sarg‘ish-kulrang. Iyun-iyul oylarida gullaydi; urug‘lari avgust-sentyabrda etiladi. Tarqalishi. Nurota va Oqtov tizmalari, Zarafshon va Turkiston tizmalari tog’‘ oldilarida, Zirabo’loq-Ziyovutdin tog’‘larida va Kuljuqtov qoldiq tog’‘larida uchraydi. Nurota qo‘riqxonasi hududida muhofaza qilinadi. Yashash joyi. Tog’‘ etagi teksliklari va tog’‘ oldilarida dengiz satxidan 1200 metrgacha balandlikda gilli va shag‘alli tuproqlarda o‘sadi. Soni. Kichik to‘plar hosil qilib uchraydi, populyasiyalarning eng zich to‘plari Nurota va Oqtovda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |