Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simliklarning past harorat ta’siriga chidamliligi



Download 1,16 Mb.
bet120/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

4.O‘simliklarning past harorat ta’siriga chidamliligi
Haroratning o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan minimal darajadan past bo‘lishi ularning zararlanishiga olib keladi. SHuning uchun ham o‘simliklarning yashashi ularning sovuqqa chidamli bo‘lishlariga bog‘liq bo‘ladi. CHidamlilik darajasi asosida barcha o‘simliklarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: sovuqqa va o‘ta sovuqqa chidamli o‘simliklar.
SOVUQQA CHIDAMLI O‘SIMLIKLAR. Bu guruhga barcha o‘rta iqlimli hududlarda tarqalgan issiqsevar o‘simliklarni kiritish mumkin (bodriig, pomidor, loviya, qovun, eryong‘oq va boshqalar).Ular +3 +50S da qoldirilsa, bir necha kundan keyin nobud bo‘ladi. Tropik va subtropik o‘simliklar ham 00S dan biroz yuqori bo‘lgan haroratda kuchli shikastlanadi va nobud bo‘ladi. Kakao o‘simligi +80S da, g‘o‘za maysalari +1+ 30 S da bir kecha-kunduz saqlanganda nobud bo‘ladi, Issiqsevar o‘simliklarga sovuq harorat (00S dan yuqori harorat darajalari) ta’sir ettirilganda, ular avval, so‘liy boshlaydi va turgor xolatini yo‘qotadi. Masalan, bodring barglari +30S da uchinchi kuni so‘liydi va o‘ladi. Demak, suvning transport tezligi xam buziladi. Ammo barglar suv bilap etarli darajada ta’minlanganda ham sovuqdan o‘ladi. Issiqsevar o‘simliklarning sovuq ta’siridan nobud bo‘lishining asosiy sabablari: nuklein kislotalari va oqsil sintezining buzilishi, protoplazma qovushqoligining ko‘tarilishi va natijada membranalar o‘tkazuvchanligining buzilishi, assimilyator oqimining to‘xtashi, fermentlar faoliyatining o‘zgarishi va natijada dissimilyasiya jarayonlarining kuchayishi, hujayrada etarli moddalarniig to‘planishi va boshqalar.
Sovuq harorat ta’sirida fotosintez jarayoni to‘xtab qoladi, sintez jarayonlariga nisbatan gidroliz jarayonlari jadallashadi. Sovuq haroratda zaiflashgan ildiz bo‘g‘zida patogen mikroorganizmlar rivojlanib, o‘simlikni shikastlaydi va nobud qiladi. Tanasida bunday o‘zgarishlar kuchsiz bo‘ladigan yoki bo‘lmaydigan o‘simliklar sovuqqa nisbatan chidamli bo‘ladi. Issiqsevar o‘simliklarning sovuqqa chidamliligini nisbatan oshirish usullari ham tavsiya etilgan.
X.X.Enileev (1955) tavsiyasi bo‘yicha, g‘o‘za maysalarining sovuqqa chidamliligini oshirish uchun ekishdan oldin chigit 20 soat davomida 0,25 foizli ammoniy nitrat eritmasida ivitiladi.
J.X.Xo‘jaev (1985) tavsiyasi bo‘yicha, g‘o‘za maysalarining sovuqqa chidamliligini oshirish uchun ekishdan oldin 24 soat mobaynida mikroelementlarni 0,00 1 foiz mis sulfat va 0,05 foiz marganets sulfat tuzlari eritmasida ivitiladi. Bu chigitlardan unib chiqqan maysalarda hujayra sitoplazmasining qovushqoqlik darajasi kamayadi, fermentlar faolligi oshadi, xlorofill sintezi va fotosintez jarayoni jadallashadi, natijada moddalar almashinuvi jadallashib, maysalar me’yorda rivojlanadi. Kaliy o‘g‘itlari xam sovuqqa chidamlilikni oshiradi. Issiksevar o‘simliklarning nishlagan urug‘larini sovuqqa chiniqtirish usullari ham taklif etilgan. Masalan, bodring, pomidor,qovun kabi o‘simliklarning nishlangan urug‘lariga bir necha kecha-kunduz davomida 12 soatdan +1+50S va +1O+200S harorat bilan ishlov berilganda ularning sovuqqa chidamliligi sezilarli darajada oshadi.
O‘TA SOVUQQA CHIDAMLI O‘SIMLIKLAR. Tabiiy sharoitda 00S dan past harorat ta’sirida shikastlanmaydigan o‘simliklarni o‘ta sovuqqa chidamli o‘simliklar guruhiga kiritish mumkin. O‘ta sovuq asosan kuzda va qishda sodir bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘simliklar kuz va qish oylarini urug‘, tuganak va ildizpoya holida o‘tkazadi va zararlanmaydi. Kuzgi ekin va daraxtlar kuz xam qish fasllarini ochiq joyda o‘tkazadi. SHuning uchun ular o‘ta sovuq ta’siriga uchraydi, ayrimlari shikastlanadi yoki nobud bo‘ladi. Sovuq urgan o‘simliklar turgor holatini yo‘qotadi, barglari qo‘ng‘ir tusga kirib, qurib qoladi. O‘ta sovuq ta’siridan ularning shirasi muzlaydi, natijada hujayra va to‘qimalarda salbiy o‘zgarishlar boshlanadi. To‘qimalarida bo‘ladigan salbiy o‘zgarishlarga qarshi etarli darajada chidamli bo‘lmagan o‘simliklar ko‘p zararlanadi va xatto nobud bo‘ladi. N.A.Maksimov (1913) o‘tkazgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘ta sovuq ta’sirida muz kristallari faqat hujayra oraliqlaridagina emas, balki sitoplazmada ham hosil bo‘ladi. Muz kristallari tomonidan suv tortib olgan sitoplazma biokolloidlari suvsizlanib zararlanadi. So‘ngi yillarda o‘tkazilgan ko‘pchilik tadqiqotlar asosida, o‘ga sovuq ta’siridan o‘simlik to‘qimalarida muz hosil bo‘lish jarayonlarini uch guruhga bo‘lish mumkin.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish