Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simlik hujayrasidagi diffuziya va osmos xodisalari



Download 1,16 Mb.
bet15/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

2.O‘simlik hujayrasidagi diffuziya va osmos xodisalari.
Diffuziya-bu erituvchi va erigan modda molekulalarining vaqt birligi ichida bir tekis taqsimlanish jarayonidir. Diffuziyaning yo'nalishi yuqori kontsentratsiyadan past kontsentratsiyaga qarab, ya'ni kam erkin energiyaga ega bo'lgan tomonga qaralgandir.
Erkin energiya-bu sistemaning ishga aylanishi mumkin bo'lgan ichki energiyasining bir qismidir. Bir molekula moddaga nisbatan olingan erkin energiya kimyoviy potensial deyiladi va u jarayon hamda harakatlanish uchun sarf bo'ladi. Suv boshqa barcha birikmalarga nisbatan yuqori kimyoviy potensialga ega. Suvda moddalarning erishi o'z navbatida suvning kimyoviy potensialini, faolligini, erkin energiyasini, kamayishiga olib keladi.
Osmos. Suv va boshqa erituvchilarning yarim o'tkazgich parda orqali diffuziyasi osmos hodisasi deb ataladi. Osmos suvda erigan moddalarning konsetratsiyalarining farqi natijasida paydo bo'ladi. Osmos ikki xil bo'ladi, ya'ni endoosmos va ekzoosmos.
Endoosmos-eritmaning ichkariga kirishi.
Ekzoosmos-eritmaning tashqariga chiqishi.
OSMOTIK BOSIM. Ekzoosmosdan ko‘ra endoosmosning kuchliroq bo‘lishi natijasida rivojlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim osmotik bosim deb ataladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826 yilda fransuz botanigi Dyutroshe isbotlab bergan. Buni isbotlashda qo‘llanilgan asbob esa Dyutroshe osmometri deyiladi . Bu osmometr bilan osmotik qonuniyatni ko‘rib chiqish uchun hayvon qovug‘idan yoki pergament qog‘ozidan xaltacha tayyorlab, uni tez diffuziya qilmaydigan modda bilan (saxaroza, glyukoza) to‘lg‘azib suvga solsak, xaltacha shisha boshlaydi, uning devorlari tarang bo‘lib qoladi va ichkaridan hosil bo‘lgan bosimga chidolmay yoriladi. Agar xaltacha og‘zini butunlay bog‘lash o‘rniga shisha nay o‘rnatilsa, uning ichidagi suyuqlik balandligi ichki bosim ta’sirida ko‘tarila boshlaydi. Bu jarayon dastlab tezroq borib, keyinchalik sekiilashadi va to‘xtab qoladi, keyin esa yana pasaya boshlaydi. CHunki Dyutroshe ishlatgan parda (plyonka) yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega emas edi. Bu tajribani 1877 yilda V. Pfeffer o‘simlik hujayrasiga yaqinroq holda o‘tkazgan. Buning uchun u mayda teshikchali chinni silindr ichiga mis kuporosi eritmasini solgan va silindrni sariq qon tuzi K4 [Fe(rN6)] eritmasi ichiga tushirgan. Natijada o‘simlik hujayrasiga yaqinroq yarimtkazgich membrana hosil bo‘lgan. Pfeffer osmotik bosimning qiymati turli sharoitga bog‘liq bo‘lganini shu osmometr yordamida tekshirib, uning eritma konsentratsiyasiga nisbatan to‘g‘ri proporsional ekanligini aniqlagan. O‘simliklarniig hujayrasida ham shunday jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘simlik hujayrasining po‘stida elastiklik xususiyati mavjud bo‘lib, cho‘zilish qobiliyatiga ega. Suv va erigan moddalarni o‘zidan o‘tkazadi. Lekin protoplazma membrana qavatlarining mavjudligi (plazmolemma va tonoplast) sababli turli moddalarga nisbatan tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Uning bu xususiyati suv va suvda erigan moddalarniig hujayra shirasiga turli tezlikda o‘tishiga asoslanadi.O‘simlik hujayrasining vakuolasida juda ko‘p osmotik faol moddalar to‘planadi. Bularga shakar, organik kislota va tuzlar kiradi. Hujayra shirasida osmotik faol moddalar qancha ko‘p to‘plansa, unda osmotik bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Hujayraning osmotik bosimini Vant-Goff formulasi bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi:
Vant-Goff eritmalarning osmotik bosimi qonuni ham Boyl-Mariot yaratgan gazlar qonuniga bo'ysunishini ko'rsatdi. O'simliklar hujayra shirasi eritmalarining omotik bosimi Vant-Goff formulasi bo'yicha atmosferalarda (atm) yoki Paskallarda (Pa) o'lchanadi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish