14-rasm. Gonium pectorale. A- senobiy; B- gametalarning qo’shilishi; V- zigota; G,D – zigotaning o’sishi.
15-rasm. Pandornia morum. Senobiysi.
Eudarina senobiysi erkin yopishgan 32—64 hujayradan iborat. Senobiy markazini suyuq shilliq tashkil etadi.
Koloniyaning sirt tomonida joylashgan xivchinlar senobiyni harakatga keltiradi (8-rasm, A).
16-rasm. Eudorina elegans. A—senobiysi; B— ona xujayra ichida ko‘p koloniyalarning taraqqiy etishi: V — urug‘lanish; G — zigotaning o‘sishi, bitta sog‘ zoospora va uchta ravojlapmasdan qolgan zoospora.
Volvokslar tartibining bir hujayrali vakillari (gonium, pandarina, evdarina) suvning asta-sekin qurishi bilan palmelloid holatga o‘tishi mumkin. Qulay sharoitda, ya’ni suvga tushgandan keyin, har bir xujayra xivchin chiqarib, zoosporaga aylanadi va shilliqdan chiqib, mustaqil senobiyga aylanadi.
Volvokslar tartibining keyingi evolyutsiyasi davomida sharsimon koloniya vujudga keladi. Bularning tipik vakili volvoks Volvox (74-raem)dir. Uning koloniyasi nihoyatda murakkab tuzilgan, organik moddalarga boy bo‘lib, yozda iliq ko‘lmak hamda halqob suvlarda, mayda hovuzchalarda o‘sadi.
Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipssimon bo‘lib, diametri 2—3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500— 600 mingga etadi. Volvoksning har bir hujayrasi gematokokk hujayrasini eslatadi. Koloniya markazi shilimshiq suyuqlik bilan to‘lgan, ust tomonida gometokpkka o’xshash ikki xivchini, yadrosi, xromatoforasi, ko’zchasi, tebranuvchi vakuolalari bo’ladi.
17-rasm. Volvox aurein.
Xujayra po‘sti yarim shilimshiq bo‘lib, xivchin tomoni tashqariga, dum tomoni markazga tomon bir qator bo‘lib joylashgan.
Ona koloniya ichidagi sharsimon kichik koloniyadagi hujayralar in-gichka plazmasimon iplar (plazmodesmalar) yordamida o‘zaro birlashadi. Volvox globator degan turda bu iplar ancha dag‘al, yo‘g‘onlashgan hamda xromatofor bilan tutashgan bo‘lib, mikroskop ostida qaralsa, senobiy xloroplasti yulduzsimon shaklda ko‘rinadi.
Volvoks senobiysi doim ma’lum tomonga qarab aylanma va ilgarilanma harakat qilib turadi. Senobiy tarkibiga kiruvchi hujayralar orasida funksiyalar taqsimoti ularning differensiyalanishiga olib keladi. Senobiy hujayralarining ko‘pchiligi vegetativ hujayralardan bo‘lib, ular oziqlanish, sharni harakatga keltirish vazifasini bajaradi.
Volvokslar tartibining vakillari jinssiz ko‘paygan vaqtda qiz koloniyalar hosil qiladi. Masalan, Gonium jinssiz ko‘paygan vaqtda harakatdan to‘xtab, hujayra protoplasti eniga va bo‘yiga bir necha marta bo‘linib, oxirida 16 ta plastinkasimon hujayra hosil qiladi. Natijada ona hujayra ichida yangi senobiy hosil bo‘ladi. Ular kichikligi bilan ona senobiydan farq qiladi. Bu yosh ssnobiy ona senobiysi ichida harakat qilib o‘sadi. Ma’lum vaqt o‘tgach, ona senobiy devorchasini yirtib, suvga chiqib, mustaqil o‘sadi va jinsiy ko‘payadi.
Pandarina, evdarina va volvoks turkumlarining turlari jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayra protoplasti ko‘ndalangiga bo‘linib, 2, 4, 8, 16 ta bo‘lakka ajraladi (8-rasm, B). Natijada ko‘p hujayrali plastinka vujudga keladi, volvoksda esa uning chetlari bukilib, xivchinlar chiqaradi va kichik senobiy hosil qiladi.
Volvoksning senobiy orasida vegetativ va 8—10 ta reproduktiv xujayra bo‘lib, ular qiz koloniya hosil qilish xususiyatiga ega. Bularga gonidiy hujayralar deb ataladi.
Gonium va pandarinaning jinsiy ko‘payishi izogamiya, evdarinada geterogamiya va volvoksda esa oogamiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |