Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


Teng xivchinlilar yoki chin yashil suvo‘tlar sinfining filogenezi



Download 2,02 Mb.
bet16/17
Sana30.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#718761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
214 suv o\'ti

2.2. Teng xivchinlilar yoki chin yashil suvo‘tlar sinfining filogenezi.


Teng xivchinlilar yoki chin yashil suvo‘tlar yashil suvo‘tlar bo‘limining eng asosiy sinfi xisoblanadi. Bularning taraqqiyot siklida monad hujayra bo‘lib, u izokant va izomorf tuzilishli xivchinlarga ega. Suvo‘tlar evolyutsiyasi monad shakl­dagi hujayralardan boshlanadi. Binobarin, tuzilishi monad shakldagi yashil suvo‘tlar volvokslilar tartibiga birlashtiriladi. Evolyutsiya jarayonida xlamidomonadaga o‘xshash bir hujayrali monad shaklidagi tetrasporalilar va xlorokokklilar kelib chiqqan. Bu fikrning isboti sifatida xlorokokklar va volvokslar orasida kokkoid shakldagi organizmlar mavjudligini keltirish mumkin bo‘lib, ularning protoplastida harakatchan vakuola bilan qizil ko’zcha saqlanib qolgan. Bu esa monad shakldagi organizmlarning o’ziga xos ajralmas belgisidir. Ipsimon yashil suvo‘tlarning kelib chiqishi to‘g’risida bir qancha qarama-qarshi fikrlar bor.

27-rasm. Valonia. A —tallomning tashqi ko‘rinishi; B-shoxchada marginal xujayra (1) ni joylanishi.


Ba’zi olimlar ularning bir hujayrali monad shakldan, boshqa birovlari esa, palmelloid shakldan kelib chiqqan, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Ulotrikslardan tallomi plastinkasimon ulvalar hamda ipsimon tallomi murakkablashib — differensiyalangan xetoforalar kelib chiqqan. Edogoniumning monad xujayrasi stefanokant tuzilishi bilan farq qilsa, lekin ulardagi ip­simon tallomlari ulotrikslarga yaqinlashtiradi. Ko‘pchilik olimlar briopsidlilarni xlorokokklilarning ko‘p yadroli formalari hisoblangan protosifonlardan kelib chiqqan, degan fikrda. Lekin, boshqa mualliflar, sifonli suvo‘tlar juda xam qadimiy o‘simliklar bo‘lib, asosan tropik va subtropik dengiz­larda tarqalgan, shuning uchun ularning ajdodlarini xloro­kokklilar orasidan izlash kerak emas, degan fikrda. Demak, sifonli suvo‘tlar dengizda o’suvchi va xozirda butunlay yo‘qolib ketgan bir hujayrali shakllardan kelib chiqqan desak bo‘ladi. Ammo, shu narsani aytish kerakki, hozirgi xlorokokklar bilan ko‘p yadroli sifonlilar o‘rtasida yaqinlik bor. Ba’zi olimlar sifonokladlilarni ulotrikslardan kelib chiqqan, deb tasdiqlaydilar, chunki hamma sifonokladning ontogenezida sifonli tuzilish kuzatiladi. Binobarin, sifonokladlilar va sifonlilar tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan qadimiy sifonlilardan kelib chiqqan desak, xato qilmagan bo’lamiz.
XULOSA
Yashil suvo‘tlar bo‘limining hujayra xromatofori tarkibida xlorofill «a» va «v» boshqa karotinoid (A—V—karotin-lyutsin, neoksantin, violaksanin, zeapsantin, anterobsantin) larga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ularning rangi tiniq yashil rangda bo‘ladi. Xloroplastlari ikki qavat membrana po’st bilan qoplangan, endoplazmatik to‘r bo’lmaydi. Lamellellari 2—6 ta yoki juda ko‘p bo‘lib, tilakoidlar bilan tutashib ketgan. Assimilyasiya mahsuloti—kraxmal xloroplast ichidagi stroma va pirenoid atrofida to‘planadi. Qizil ko‘zchasi xlo­roplast ichida joylashgan bo‘lib, xivchin apparati bilan ulanib ketgan. Xivchinlari ikkita, to‘rtta va ba’zan ko‘p, bir xil uzunlikda va tuzilishda, silliq yoki juda yupqa tukchalar mastigonemalar bilan qoplangan. Ko‘pchilik suvo‘tlarning hujayrasida sitoplazma membranasi sellyulozali po‘st bilan o‘ralgan. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan boradi. Jinsiy ko‘payishning taraqqiyot siklida (gaploid, diploid, izo. va geteromorf) generatsiyalar kuzatiladi.
Yashil suvo‘tlarning rangi yuksak o‘simliklar rangiga o‘xshash. Yashil suvo‘tlar va yuksak o‘simliklarning assimilyasiya mahsuloti-kraxmal. Ko‘pchilik yashil suvo‘tlarning hayotida, xuddi yuksak o‘simliklarniki kabi, nasllarning to‘g‘ri gallanishi kuzatiladi: jinsiy va jinssiz va nihoyat, yashil suvo‘tlarning ba’zi vakillari suvdan chiqib, yuksak o‘simliklarga o‘xshash quruqlikda o‘sishga moslashgan. Ularning ko‘pchilik vakillari asosan chuchuk suvlarda, ayrim vakillari esa dengiz suvlarida o‘sadi. Teng xivchinlilar yoki chin yashil suvo‘tlar yashil suvo‘tlar bo‘limining eng asosiy sinfi xisoblanadi. Bularning taraqqiyot siklida monad hujayra bo‘lib, u izokant va izomorf tuzilishli xivchinlarga ega. Suvo‘tlar evolyutsiyasi monad shakl­dagi hujayralardan boshlanadi. Binobarin, tuzilishi monad shakldagi yashil suvo‘tlar volvokslilar tartibiga birlashtiriladi. Evolyutsiya jarayonida xlamidomonadaga o‘xshash bir hujayrali monad shaklidagi tetrasporalilar va xlorokokklilar kelib chiqqan. Bu fikrning isboti sifatida xlorokokklar va volvokslar orasida kokkoid shakldagi organizmlar mavjudligini keltirish mumkin bo‘lib, ularning protoplastida harakatchan vakuola bilan qizil ko’zcha saqlanib qolgan. Bu esa monad shakldagi organizmlarning o’ziga xos ajralmas belgisidir. Ipsimon yashil suvo‘tlarning kelib chiqishi to‘g’risida bir qancha qarama-qarshi fikrlar bor.






Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish