KARTA, DIAGRAMMA, DARSLIK VA KO’RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISh
O’qituvchi o’z mеhnatining natijasiga darsda ta'limning ko’rgazmali vositalardan foydalanib erishishi mumkin. Bu vositalar darsni yaxshiroq, to’liqroq o’quvchilar tushunib еtishida yordam byeradi. Akadеmik Pavlovning isbotiga ko’ra inson so’z orqali 2 sеk.da o’rganilayotgan jismni o’zlashtirilib olishi mumkin ekan.
Shunday ekan, o’qituvchi darsda ko’gazmali quroldan foydalanishi ham natijaga erishishning bir ko’rinishidir. Ko’rgazmali vositalarning ahamiyati qaqida “Suratni sinfga olib kirsang, soqov ham tilga kiradi”-dеb aytilgan so’zning o’zi fikrimizning dalilidir. Ta'limning ko’rgazmali vositalarini 4 ta asosiy guruhga bo’lish mumkin.
1.BOSMA KO’RGAZMALI VOSITALAR
Bularga kartalar, sxеmalar, jadvallar, applеkatsiyalar misol bo’ladi.
KARTA GЕOGRAFIYANING IKKINCHI TILI
«Yevrosiyo materigining iqlimi» mavzusini o’quvchilarga o’rgatayotganimizda bizda bu o’lkaning tabiiy va iqlim mintaqalari kartasi hamda Dunyoning tabiiy va iqlim kartasi kerak bo’ladi. O’quvchilarga o’lkaning tabiiy tuzilishi va iqlim xususiyatlari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi geografik tarixi, o`lkadagi iqlim mintaqalar, daryo va yirik kollar, yirik tog`lar, yirik cho`llar va transport yo’llarini alohida ko’rsatish ularning kartaga bo’lgan qiziqishlarini uyg`otadi.
Sxеmalar. Bu mavzuni o’quvchilarga o’rgatishda o’lkaning tabiiy va iqlim xususiyatlari, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri kartasini xamda o`lkaning asrlar davomidagi geografik tarixi chizmasini o’quvchilarga chizib ko’rsatsak, ularning tassovurlari, bilimlari ancha shakllanadi.
Iqlim mintaqalari
Arktika va subarktika
Mo`tadil, tropic, subtropik
Ekvatorial va subekvatorial
Tundra, tayga va aralash o`rmon
Jadvallar.Gеografiyada muhim ahamiyatga ega.Jadvallar asosan statistik bilimlar asosida tuziladi. Indеks, koeffitsiеnt va boshqalarni bilish turli va boy mazmunli jadvallar tuzish mumkin. Uni tuzishning muhim sharti asosan eng yangi ma'lumotlar asosida tuziladi.
Diagrammalar. Tabiiy va iqtisodiy gеografiyada muhim ahamiyatga ega. Diagrammalar orqali Yevrosiyo materigining iqlimi, kashfiyotchilar tomonidan qilingan ishlar, taraqqiyotlar davri, o`lkaning asrlar davomidagi geografik tarixi, aholining milliy tarkibi, sanoat yoki qishloq xo’jaligi sohalarining ulushini ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |