Mavzu: Afrikaning geografik o’rni va o’rganish tarixi



Download 40 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi40 Kb.
#563620
Bog'liq
8f65038c61e05429b36829e047ebe9e0983152a3


TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA YO’NALISHI
TABIIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI
GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN
BAHRIYEVA MAFTUNA

BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI

Tekshirdi: p.f.n dots Nikadambayeva H.B


Toshkent 2014




MAVZU: AFRIKANING GEOGRAFIK O’RNI VA O’RGANISH TARIXI


Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Afrika materigining geografik o’rni o’rganilish tarixi xaqida umumiy ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar ongini va nutqini oshirish.


Dars turi: Ana’naviy


Dars jihozi: Geografik xarita, test tarqatmalari, xarita.


Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni so’rash.


Yangi mavzu bayoni:


Reja:
1. Geografik o’rni
2. O’rganilish tarixi
Asosiy xususiyatlari. Ekvator o’rtasidan va bosh meridian g’arbidan kesib o’tgan yagon amaterik, eng katta cho’llar bor, eng issiq materik, eng qyuori harorat kuzatilgan, en guzun va Sharqiy yarimsharning eng sersuv daryolari bor, eng pakana o’rmon odamlari, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg’ogi eng kam parchalangan, Buyuk Afrika yer yorig’I bor, har ikkala kengliklar bo’yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1435 m) ko’li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda.
Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taqsimlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 39%i, Janubiy yarimsharning esa 19%i quruqlikdan iborat. Agar globusni ko’proq materiaklar hududiga to’g’rilansa, “Materiklar yarimshari” hosil bo’ladi. Ushbu yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. Shularga asoslanib, keyingi paytda olimlar “Materiklar yarimshari”ni ajratishmoqda.
Geografik o’rni. Afrika – o’rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo’g’izi orqali Yevropa, Suvaysh bo’yni orqali Osiyo qit’arlari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g’arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg’oqlari kam parchalangan bo’lib, uzunligi 30500 kmga teng.
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qisminig eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig’i) 7500 km bo’lsa, janubining eni 3000 km gat eng. Materik sharqida yirik Somali yarimolroli va Mozambik bo’g’izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G’arbida eng yirik Gvineya qo’ltig’I bor.
O’rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha, Afrika so’zi eramizdan avvalgi II asrdan qo’llanilgan. Fransiyalik olim Gaffarel va boshqalarning fikriga ko’ra, materikning shimoli-g’arbiy qismida (Tunis, Marokash yerlari) yashagan qadimgi berberlarning afarik qbilasi nomidan olingan.
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3-4 mln yil avval odamlar yashaganligi areolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. Muhandislik san’atining nodir asarlaridan hisoblangan piramidalardan biri eramizdan avvalgi 2500-yillarda qurib bitkazilgan. Ular dunyoning yetti mo’jizasidan biridir.
Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo’jaligini o’rganishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o’rni bor. U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini (1325-1349-y.), Sharoyi Kabrining g’arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan o’rta oqimigacha o’rgangan.
XV asr gollandiyaliklarning Afrikani o’rganishida muhim bosqich bo’lsa-da, unga qora kunlarni – qullar savdosini keltirdi. 1487 yilda Bartolomeu Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o’rgandi. 1497-1498-yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o’tib, 1498-yil 20-mayda Hindistonning Kalkutta portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi.
Afrikaning ichki qismi tabiatini o’rganishda ingliz tadqiqotchisi Devid Livingstonning xizmatlari katta bo’ldi. U Kalaxari cho’lini, Zambezi daryosini, Kongo daryosinin gyuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika ko’llarini o’rgandi. Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi. Ingliz-amerika ekspeditsiyasining boshlig’I G.M.Stenli (1817-1877 y) Zanzibar orollarini, Viktoriya ko’lini va Nil daryosining boshlanish irmog’I Kagera ekanligini aniqladi, Lualoba va Kongo daryosi bo’ylab quyi oqimiga qadar o’rgandi. Livingston va Stenli olib brogan ishlari (tuzgan xaritalari) geografiya fanini qimmatli va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitdi.
Afrika tabiati va xaqlqlari hayotini rus olimlaridan V.V.Yunker, Y.P.Kovalevskiy, A.A.Yeliseyev, N.I.Vavilovlar tekshirdilar. N.I.Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (1926-1927 y.) 6000 dan ortiq madaniy o’simliklardan namuna oldi. U Habashiston qimmatli qattiq bug’doy navining vatani ekanligini aniqladi.


Darsni mustahkamlash:
1. Afrikaning asosiy xusiayatlari nimalardan iborat?
2. Afrika qaysi yarimsharlarda joylashgan?
3. Afrika sohillarini va ichki qismini kimlar o’rgangan?
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish.
Darsni yakunlash.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi


Farg’ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
O’zbekiston tumani XTMFMTTE bo’limiga qarashli 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi geografiya fani o’qituvchisi Мирсид Ахмаджоновнинг bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish