Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I



Download 421 Kb.
bet7/8
Sana16.03.2022
Hajmi421 Kb.
#495114
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I (litosfera, gidrosfera)

Quyosh sistemasi.
Har kuni Quyosh chiqadi va botadi. Quyosh chiqishi ulug‘vor, go‘zal manzara; dastlab sharq tomondan osmon sekin-asta yorisha boshlaydi, osmonning bir chekkasi qizaradi, keyin sharq tomonda ufq yoppasiga qirmizi alvonga burkanadi. Hamma narsa jonlana boshlaydi, qushlar xonishi eshitiladi. Tongni birinchi bo‘lib qushlar kutib oladi. Tinib-tinchimas asalarilar gullar og‘ushiga shoshilishadi. Qaldirg‘ochlar charx urib havoni keza boshlaydi. Butun borliq, tabiat, barcha tirik mavjudot Quyosh chiqishini tantana bilan kutib oladi. Quyosh — osmondagi son-sanoqsiz yulduzlaming biri, Yerga eng yaqin yulduzdir. Quyosh — ulkan yoritkich, qizigan gaz holidagi osmon jismidir. Quyosh nuri har sekundda 300000 kilometr tezlikda tarqalib, Yerga 8,5 minutda yetib kelsa, Yerga yaqin turgan boshqa yulduzning nuri 4,5 yildagina yetib keladi. Quyosh bilan Yerning oralig‘i 149,5 million kilometr. Bu masofaning kattaligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, kishi sutkasiga 30 kilometrdan yo‘l bosa olsa, Qu yoshga 13 ming yildan keyin yetib borgan bo‘lur edi. Soatiga 100 kilometr tezlikda yuradigan poyezd tinimsiz harakatlansa, 160 yildan keyingina Quyoshga yetib borishi mumkin. Soatiga 500 kilometr tezlikda uchadigan samolyot Quyoshga yetib bo rish uchun 36 yil uzluksiz uchishi kepak. Yerda turib gapirgan odamning ovozi Quyoshga 14 yildan keyin, kosmik raketa esa besh oyda yetib borishi mumkin.
Quyosh, ta’bir joiz boisa, qaynab turgan olov maskani dir. Quyosh ichidagi harorat 6000°C ga teng, lekin uning bag‘ridagi harorat 20 million gradusdan ham ziyod. Quyoshda olovli to‘lqinlar o‘zaro to ‘qnashib, gazlar chaqnab, olov bir necha ming kilometrlarga sachrab turadi. Demak, Quyosh laqqa cho‘g‘, qizigan gazdan iborat. Quyoshda har qanday modda, hatto temir ham bir lahzada erib bug‘ga aylanishi mumkin.
Quyosh — juda katta yoritkich. Yer quyoshga qiyosan bamisoli bir nuqta. Agar Quyoshni o‘rtacha kattalikdagi tarvuz deb faraz qilsak, Yer uning oldida tariq donasiga o‘xshaydi. Quyoshning diametri 1391000 kilometr bo‘lib, Yer diametric dan 109 baravar katta. Agar quyosh ichi kovak shar deb faraz qilinsa, uning ichiga 1300000 ta Yer sharini joylashtirish mumkin boiardi. Quyoshda butun Quyosh sistemasi massasining 99,86% mujassamlangan. Quyoshda 66 ta kimyoviy element topilgan, og‘irligi jihatdan Quyoshning 55—70% vodorod va 29—44% geliydan iborat. Quyosh o‘z o‘qi atrofidan 25 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Quyoshning faolligi davriy o'zgarib turadi. Quyosh faolligining o‘rtacha davri 11 — 12 yilda takrorlanadi. Quyosh faol ligining 11 — 12 yillik davri bilan qaytariladigan maksimumida Yerda m aium hodisalar kuzatilishi mumkin. Olimlaming fikricha, insonning sogiigi, ruhiy holati, mehnat qobiliyati ko‘p jihatdan Quyoshning faoliyatiga bogiiq. Hatto tabiiy ofatlar, baxtsizlik hodisalari va kasalliklar ham Quyosh faoliyatiga bogiiqligi tajribalar yo‘li bilan isbotlangan. Yer magnit maydonining Quyoshga bogiiq holda kuchli toiqinlanishi ro‘y berganda tutqanoq kasalliklari tutib qoladi, turli baxtsizlik hodisalari sodir boiadi. Quyosh bag‘rida yadro reaksiyalari ro‘y berishi natijasida fazoga uzluksiz ravishda juda katta yorugiik va issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Quyosh koinotga har sekundda 4 x 1033 erg energiya chiqaradi. Bu energiyaning faqat 2200 milliondan bir qismigina Yerga tushadi. Yer yuzasiga yetib kela oladigan energiya 231 trilliard ot kuchiga teng bo'lgan dvigatelni harakatlantira oladi, boshqacha qilib aytganda, har biri 400 ot kuchiga ega bo‘lgan 543 milliard bug‘ mashinasini harakatlantirishga yetadi.
Quyosh — bitmas-tuganmas energiya manbayi, Yerning bir necha kunda Quyoshdan oladigan energiyasi yer bag‘ridagi jami yoqilg‘i zaxirasi energiyasidan ham ko‘p. Toshkent shahri hududiga bir yil mobaynida Quyoshdan keladigan issiqlik 37 million tonna ko‘mir yoqilganda chiqadi gan issiqlikka teng. 0 ‘zbekiston hududiga bir yil mobaynida tushadigan Quyosh energiyasi esa shunday hududdagi yarim metr qalinlikdagi ko‘mir energiyasiga teng. 0 ‘zbekiston haqiqatan ham serquyosh o‘lka, Sankt-Peter burgda Quyosh nur sochib turadigan davr yiliga 1563 soatni, Moskvada 1651 soatni tashkil etadi, 0 ‘zbekiston hududida esa, o‘rta hisobda 3000 soatdan ham ortiq. Kishilar Quyosh energiyasidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishga qadimdan urinib kelganlar. Hozirgi vaqtda Quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida samarali foydalanilmoqda; masalan, ko‘pchi lik pamiklar, teplitsalar Quyosh nurlari bilan isitiladi; Quyosh energiyasidan foydalanib uylarni issiq suv bilan isitadigan moslamalar qurilgan. Quyosh energiyasi bilan isitiladigan uylar Toshkentda ham bor. Sho‘r suvni chuchutadigan qurilmalarda ham Quyosh energiyasidan foydalaniladi. Toshkentda Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan nasos qurilgan, bu nasos bir sutka da uzluksiz ravishda 14 soat ishlab suvni 11 metr balandlikka chiqarib beradi, «Quyosh muzlatkichi» esa 8 soatda 300 kilo gramm muz ishlab chiqara oladi. Quyosh energiyasidan bemorlarni davolashda, kishilar sog‘ligini mustahkamlashda ham samarali foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda Yer sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik kemalarga o‘rnatilgan batareyalar Quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Yaqin kelajakda elektr stansiyalar ham Quyosh issiqligi bilan ishlay digan bo‘ladi.
Tekin Quyosh energiyasidan yanada ko‘proq foydalanish yo‘llarini topish uchun olimlarimiz tinmay tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Quyoshdan Yergacha bo‘lgan masofaga (150000000km) nisbatan 3 ming milliard marta uzoqlikdagi koinotning ma’lum qismini ko‘ra olamiz. Koinotning «ko‘ringuvchi» qismi asosan vodoroddan (80%) va geliydan (18%), qolgani qisman boshqa elementlardan tuzilgan.
Koinotning asosiy massasi (98%) yulduzlarda to‘plangan bŏlib,ular ionlashgan issiq gaz-plazmadan iboratdir. Ko‘pchilik yulduzlar yo‘ldoshli (planeta) tizimdan iborat bŏlib, biroq, yo‘ldoshlarning massasi Koinot materiyasi umumiy massasining faqatgina 0,1% ni tashkil etadi.
Yulduzlar oraligidagi muhit siyraklashgan gaz va mayda changlardan iborat bo‘lib,ular ayrim joylarda gigant «bulo‘tlar»ni gaz va changli tumanliklarni vujudga keltirgan. Yulduzlararo bo‘shliqda hamma yo‘nalish bo‘yicha zaryadlangan zarralar-kosmik nurlar harakat qiladi. Koinotdagi kosmik ob’ektlar doimo harakatda bŏlib,ular gravitatsion, magnit va elektrik kuchlar (maydon) orqali bog‘langanlar.
Yulduzlar-xuddi Quyosh kabi, qizigan gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Oddiy kuz bilan 3500ga yaqin yulduzni, zamonaviy teleskoplar orqali esa yulduzlarning chegaralanmagan sonini kurish mumkin. Hozir astronomlarga yulduzlarning 88 turkumi ma’lum,ularni yulduzlarning ŏziga hos joylashishiga qarab, yulduz kartalaridan foydalangan holda belgilaydilar. Yulduzlarning nomlari qadimdan saqlanib kelinmoqda. Masalan, Sunbulla, Aravakash, Savr yoki grek afsonalari bilan boglik bo‘lgan :- Andromeda, Persey, Pegas va h.s. Hozirgi vaqtda astronomlar birnecha mln. yulduzlarning turish vaziyatlarini va ravshanliklarini aniqlaganlar va ular bo‘yicha kataloglar tuzganlar.
Yulduzlar Yermizdan juda katta olis masofada turadilar. Agarda Quyoshdan Yergacha bŏlgan oraliq masofani yoruglik 8 minutu 20 sekundda bosib ŏtsa,u holda Yerga yaqin bo‘lgan Tsentavr turkumidagi Proksima yulduzidan yorug‘lik Yerga 4 yilu 3 oyda etib keladi. Boshka yulduzlardan esa yanada kechrok ya’ni yuz million va hatto bir necha milliard yildan so‘ng yorug‘lik Yerimizga yetib kelar ekan. Quyoshning «chekkasi»da 15 yorug‘lik yili radiusida faqat 43 ta yulduz borligi aniqlangan.
Quyosh sistemasi (tizimi) juda katta yulduzlar tizimini tashkil etgan Galaktikaga (Bizning Galaktika) kiradi. Tungi ochiq havoda Galaktikamizdagi yulduzlarning juda katta to‘plamini ko‘ramiz uni «Samon yo‘li» deb nomlanadi. «Samon yo‘lida»gi yulduzlar-bizning (juda yassi) Galaktikamizning asosiy qismidir. «Samon yo‘li» - osmonda bizga ko‘rinib turgan yulduzlarning ravshan xalqasidir. Hozirgi davrgacha 21- yulduz kattaligigacha bo‘lgan har bir kattalikdagi yulduzlarning soni hisoblab chiqilgan. Bular 2h109 yulduzni tashkil etadi. Albatta, bu bizning yulduzlar sistemamizdagi – Galaktikadagi yulduzlarning hammasi emas.
Galaktikaning massasining aylanishiga qarab baholanadi vau 2h1011 Quyosh massasiga teng. (izoh: Quyoshning massasi Yer massasidan 332000 marta katta. Yer massasi esa – 6h1021 t.ga teng). Galaktikaning diametri yaxlitlab olinganda 30000 parsek (ps.) yoki 100000 yorug‘lik yiliga teng deb olish mumkin. (izoh: 1 ps. (parsek) – 206265 astronomik birlik yoki 3,25 yorug‘lik yiliga teng; yoki Quyoshdan Yergacha bo‘lgan masofani yorug‘lik 8,2 minutda bosib ŏtadi. – Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa – 150000000 km, yoki 1 astronomik birlikga teng) Agarda bu qiymatlar o‘rniga qo‘yilib hisoblab chiqilsa juda katta rakam hosil bo‘ladi. Bu esa Galaktikaning aniq chegarasi yo‘qligidan dalolat beradi.
Galaktikaning markaziga yaqinlashgan sari yulduzlarning zichligi ortib boradi. Galaktika ŏzining markazi atrofida aylanadi. Quyosh sistemasi ham bu aylanishda ishtirok etib, 250km\sek, tezlikda harakatlanadi va Galaktika markazi atrofini 200 mln. yilda bir marta tuliq aylanib chiqadi. Bizning Yer Koinotning bir zarrasi, Quyosh tizimidagi sayyoradir. Koinot juda murakkab tuzilishga ega.uning asosiy qismi yulduzlarning fazoviy tizimidan iboratdir. Hozirgi vaqtda Yerda turib zamonaviy astronomik asboblar orkali (teleskop va fotografiya; astrograf, fotoelektrik fotomer, radiolakatsiya, spektral analiz va boshqalar) Quyoshdan Yergacha bo‘lgan masofaga (150000000km) nisbatan 3 ming milliard marta uzoklikdagi koinotning ma’lum qismini kura olamiz. Koinotning «ko‘ringuvchi» qismi asosan vodoroddan (80%) va geliydan (18%), qolgani qisman boshqa elementlardan tuzilgan.
Koinotning asosiy massasi (98%) yulduzlarda to‘plangan bŏlib,ular ionlashgan issiq gaz-plazmadan iboratdir.



Quyosh, 9 ta yirik sayyora va ularning yoidoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa) lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Sa
turn, Uran, Neptun va Pluton Quyosh atrofida bir xil yo‘na lishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar. Quyosh sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralarning kattaligini va ular orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1 : 15000000000 (ya’ni 1 millimetrda 15000 kilometr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz. Shu masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri — 0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi. Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan boisak, Quyosh bilan Yerning oraligi 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr boiadi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oraligida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoq da boiib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetr ga teng, diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan boiadi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 16 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin. Sayyoralaming eng ulkani — Yupiterning diametri chizmada 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metrni, Saturnning diametri 8 millimetrni, Quyoshdan uzoqligi 100 metrni tashkil etadi. Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr. Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizmada Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metrni tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi b o la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan
tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalarning orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometrni va maydoni 9 kvadrat kilometmi tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.

Barcha sayyoralar Quyosh atrofida bir xil yo‘nalishda, Shimoliy qutbda turib kuzatuvchiga nisbatan soat miliga qara ma-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Ko‘pchilik sayyoralarning yo‘ldoshi bor. Quyosh sistemasidagi yirik sayyoralar ikki guruhga boiinadi. Birinchi guruhga Quyoshga yaqin sayyoralar — Merkuriy, Venera, Yer va Mars kiradi. Ular Yerga o‘xshash bo‘lganligi uchun Yer ti
pidagi sayyoralar deb ham yuritiladi. Ikkinchi guruhga Quyoshdan uzoq sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun kiradi. Pluton va asteroid (mitti sayyoralar) bu guruh larga kirmaydi. Yulduzlar Quyoshga o ‘xshash osmon jismlaridir. Yulduzlar
g‘oyat ulkan gazsimon shar shaklida bo‘lib, sathidagi harorat 2000—4000°, markaziy qismidagi harorat 10 000 000° dan ham ziyod. Yulduzlaming massasi — Yemikidan bir necha ming baravar katta.Yulduzlarda yadro reaksiyasi ro‘y berganligi tufayli juda ko‘p miqdorda energiya hamisha ajralib chiqib turadi, shunga ko‘ra harorat juda yuqori boiadi. Yulduzlar millionlab, hatto milliardlab yil davomida nur sochib turadi.

Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish