Joyda orientrlash
Topografik xaritalar. Topografik xaritalar aerofotosuratlar, mashinalariga o‘rnatilgan navigatsiya qurilmalari yordamida hududda oriyentir olish mumkin. oriyentir olishda quyidagi oddiy usullarga asoslaniladi: kompas bo‘yicha, osmon yoritgichlari va mahalliy predmetlarning belgilar orqali.
hududda kompasdan foydalangan holda, xaritadan oriyentir oladilar. Bu oriyentir olishning asosiy usulidir. Oriyentir kam uchraydigan va ancha katta o‘zgarishlar yuzaga kelgan hududlarda, shuningdek yirik shaharlarda aerofotosuratlar bo‘yicha oriyentir olish qulay. Mahalliy predmetlardagi mayda elementlarning ularda batafsil tasvirlangani turgan joyni tezda aniqlash va harakat yo‘nalishini to‘liq saqlash imkonini beradi. Xaritalarda esa mayda predmetlarni tasvirlashning imkoni yo‘q. Tunda yoki oriyentirlari kam bo‘lgan hududda harakatlanish odatda xarita yoki aerofotosuratlarda oldindan tayyorlab qo‘yilgan azimo‘tlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu kerakli darajada ishonchli, hamma ham bajarishi mumkin bo‘lgan oriyentir olish usulidir. Hududdagi murakkab, ko‘rinish cheklangan sharoitlarda aniq va
ishonchli oriyentir olish uchun navigatsiya qurilmalaridan foydalaniladi. Ular joylashgan joy koordinatlar va harakatlanish yo‘nalishining direksion burchagini xohlagan vaqtda aniqlashning imkonini beradi, shuningdek ular
yordamida marshrutdagi oxirgi punkt yo‘nalishining direksion burchagini
aniqlash ham mumkin. Eng sodda usullar – kompas, osmon yoritgichlari va mahalliy predmetlarning belgilariga ko‘ra, oriyentirlar olinsa, ular gorizont
tomonlarini aniqlash va harakat yo‘nalishini saqlab turish uchun zarur. Hududda oriyentir olish umumiy yoki to‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zi turgan joydagi harakatlanish yo‘nalishi va yo‘nalishning oxirgi punktiga yetib borish vaqtini taxminiy aniqlash umumiy oriyentir olish deyiladi.
To‘liq oriyentir olish o‘zi turgan va turli obyektlarning joylashgan joylari va harakatlanish yo‘nalishini aniqlashda to‘la aniqlikka erishishdir. To‘liq oriyentir olish xaritalar, aerofotosuratlar bo‘yicha va navigatsiya qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Oriyentirlarni tanlash va ulardan foydalanish. O‘zining turgan joyi, obyektlar va nishonlarning joylashgan joylari hamda harakatlanish yo‘nalishini nisbatlab aniqlashda foydalaniladigan mahalliy predmetlar hamda relyef shakllari oriyentirlar deb ataladi. Ular odatda shakli, rangiga ko‘ra, farqlanadi va o‘rab turgan hududni ko‘zdan kechirishda oson taniladi. Oriyentirlarning maydonli, chiziqli va nuqtali turlari mavjud. Maydonli oriyentirlarga aholi punktlari, o‘rmonning alohida bo‘laklari,
ko‘llar, botqoqliklar va boshqa katta maydonli obyektlar kiradi. Bunday oriyentirlar hududni o‘rganishda oson tanib olinadi va yodda saqlanib qoladi. Chiziqli oriyentirlar unchalik katta bo‘lmagan kenglikka ega, katta uzunlikdagi mahalliy predmetlar va relyef shakllari bo‘lib, ularga yo‘llar, daryolar, kanallar, elektr uzatish tizimlari, tor pastliklar va boshqalar kiradi. Qoidaga ko‘ra, ulardan harakat yo‘nalishini saqlash uchun foydalaniladi. Nuqtali oriyentirlarga turli shakllardagi qurilishlar, zavod va fabrikalarning quvurlari, retranslyatorlar, ko‘priklar, yo‘llarning chorrahalari, karyerlar, chuqurlar va uncha katta maydonni egallamaydigan boshqa mahalliy predmetlar hamda relyef shakllari kiradi. ishonchli oriyentir olishini ta’minlash ko‘p jihatdan to‘g‘ri oriyentir tanlashga ham bog‘liq. Kunduzgi harakatlanish yo‘nalishini saqlash uchun uzoqdan oson taniladigan oriyentirlar tanlanadi, masalan, alohida kichik o‘rmonlar, minora shaklidagi inshootlar, daraxtlar va shularga o‘xshash nuqtali oriyentirlar. Harakatlanish davomida yangi oriyentirlar tanlanib boriladi. Ko‘rinish cheklangan sharoitlarda harakat yo‘nalishini saqlash uchun chiziqli oriyentir tanlanadi. Qish mavsumida alohida ajralib turuvchi qora rangli predmetlarni oriyentir uchun tanlash lozim, chunki qor qoplamining mavjudligi tufayli relyef shakllarining belgilari sezilmay qoladi. Oriyentirlarni tanlashda har xil nuqtalardan qaralib, ulardagi
ko‘rinishlar, va o‘zaro joylashgandagi o‘zgarishlarni hisobga olish zarur. Bu holat asosan tog‘li hududlarga xos. Oriyentir sifatida tanlangan predmetlar va relyef shakllari ba’zan tog‘ yo‘llari bo‘ylab harakatlanib borilayotganida, ko‘zdan yo‘qotilishi mumkin. Shunday qilib, oriyentir olishda bo‘linmalarning hududda qanday sharoitlarda harakatlanishi hisobga olinishi lozim. Operativ vaziyatlarda oriyentirlardan o‘zi turgan joy va harakatlanish yo‘nalishini aniqlashdan tashqari, nishonlarni ko‘rsatish, bo‘linmalar va o‘t ochishni boshqarishda ham foydalaniladi. Bunday vaziyatlarda oriyentirlar katta boshliqlar tomonidan belgilanadi. Bo‘linmalarning komandirlari zarurat bo‘lganidagina qo‘shimcha oriyentirlarni tanlaydilar. Oriyentir uchun mahalliy ancha barqaror predmetlar va relyef shakllari tanlanishi zarur, masalan,
balandliklar, yo‘llarning ajralish joylari. Bunday joylar jang maydonida ham
saqlanib qoladi. Oriyentirlar iloji boricha old tomondan, bir xil uzoqlikda tanlanadi, bu nishonlarning joylashgan joyini tez va aniq ko‘rsatishga imkon yaratadi. Oriyentir o‘ngdan chapga, marralar bo‘yicha esa o‘zi turgan joydan dushman tomoniga qarab raqamlanadi. Har bir oriyentirga uni yodda saqlash uchun qulay, xos belgilarni hisobga olib, shartli nomlar qo‘yiladi, masalan,
balandlik – «Yassi», kichik o‘rmon – «Uzun», «Sariq jarlik». Katta boshliq tomonidan tayinlangan oriyentirlarning raqamlari va nomlari o‘zgartirilmaydi.
Hududda nishonlarni ko‘rsatish Nishonlarni ko‘rsatishning umumiy qoidalari va usullari. hududdagi nishonlar, oriyentirlar va boshqa obyektlarni tez, to‘g‘ri ko‘rsata bilishning ahamiyati juda katta. Nishonlarni ko‘rsatish bevosita hududning o‘zida, xarita yoki aerofotosuratlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Hududdagi nishonlarning joylashgan joylari qat’iy o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qisqa, tushunarli va aniq ko‘rsatilishi lozim. Nishonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi ham umumiy oriyentirlarga ega bo‘lishi, ularning joylashgan joylarini aniq bilishi, hududlardagi obyektlarning yagona kodlangan nomlariga ega bo‘lishlari zarur.
Hududdagi nishonlarni ko‘rsatish usullari quyidagilar: oriyentir bo‘yicha; azimut va nishongacha bo‘lgan masofalar bo‘yicha; harakatlanish
yo‘nalishi bo‘yicha; azimutal ko‘rsatkich (bashnya burchak o‘lchagichi orqali) bo‘yicha; qurolni nishonga to‘g‘rilash orqali; yonib boruvchi (trassiruyuiy) o‘qlar (snaryadlar) va signal raketalari yordamida. Oriyentir bo‘yicha nishonlarni ko‘rsatish – ancha keng tarqalgan usul.
Dastlab nishonga eng yaqin bo‘lgan oriyentirning nomi, keyin oriyentir
yo‘nalishi va nishon yo‘nalishi oralig‘idagi burchakning kattaligi mingliklarda ifodalanadi, nishon bilan oriyentir oralig‘idagi masofa esa metrlarda ko‘rsatiladi. Masalan, «Oriyentir – ikkinchi: o‘ngga – qirq, uzoqqa – ikki yuz, alohida butada – pulemyot». Azimut va nishongacha bo‘lgan masofa bo‘yicha. Nishonga yo‘nalish azimuti kompas yordamida graduslarda aniqlanadi, nishongacha bo‘lgan masofa esa kuzatish qurilmasi yordamida yoki ko‘z bilan chamalab, metr-larda o‘lchanadi. Bunday usul, ko‘pincha, oriyentirlar kam hududda qo‘llaniladi.
Harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha – bunda harakatlanish dastlab yo‘nalish bo‘yicha, keyin esa yo‘nalishdan to nishongacha bo‘lgan masofa metrlarda ko‘rsatiladi. Azimutal ko‘rsatkich (bashnya burchak o‘lchagichi) bo‘yicha – bunda mo‘ljal uchburchagi nishonga to‘g‘rilanadi, azimutal ko‘rsatkich turgan
shkalagacha bo‘lgan burchak miqdori hisoblanadi, nishonga tomon yo‘nalish,
uning nomi va masofasi haqida axborot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |