Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I


Markaziy osiyo mutafakkirlarining tabiiy fanlar rivojlanishidagi xizmatlari va fanning rivojlanishi



Download 421 Kb.
bet2/8
Sana16.03.2022
Hajmi421 Kb.
#495114
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiatshunoslik fanining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. Yer sayyorasi. Yerning yillik va sutkalik harakati. Joy plani va gorizont tomonlari. Yer qobig’I (litosfera, gidrosfera)

Markaziy osiyo mutafakkirlarining tabiiy fanlar rivojlanishidagi xizmatlari va fanning rivojlanishi
Ma'lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi o‘zining uzoq o‘tmishiga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo‘lmay turib, o‘simlikshunoslik va chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish mumkin emas. Tabiatshunoslik fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon biologiya fanlarining o‘rni beqiyosdir.
Inson g‘or va chaylalarda yashab, o‘zining kundalik ehtiyojlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlab, tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq tabiiyot (ya'ni tabiat) fanining ilk kurtaklari vujudga kelgan va har xil ifodali tasvirlarga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib ov manzaralari, ovlanadigan hayvonlar va o‘simliklar shakllari har xil toshlarga o‘yib yozilgan va mulk sifatida avlodlardan-avlodlarga meros qilib qoldirilgan.
Jamiyat rivojlangan sari turmushni yengillashtirish omillari ham vujudga kela boshlagan.
Mana shunday omillardan biri yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va iste'molbop o‘simliklar urug‘ini ko‘paytirish bo‘lib, ular inson yashaydigan manzilgohlarda doimo topilavermaganligi va ob-havo, iqlim sharoiti salbiy ta'sir etganligi tufayli vujudga kelgan. Bu esa o‘z navbatida chorvachilik, hunarmandchilik va ibtidoiy san'at nishonalarini vujudga keltirgan.
Inson hayot kechirishining zaruriy omili bo‘lib hunarmandchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog‘ochlar bilan hayvonlar ovlangan, tirikchilik qilingan, ularning mahsulotlaridan zarur buyumlar yasagan, bu o‘z navbatida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib kelgan.
Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida oromiy yozuvi, so‘ng sug‘d, baqtriya va urxun-yenasoy yozuvlari vujudga keldi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilg‘or g‘oyalari. Uyg‘onish davridagi tabiiyot ilmining, shuningdek, Garbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o‘sib borish, o‘zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy va sun'iy tanlash masalalari O‘rta Osiyo olimlari tomonidan g‘arbiy Yevropa olimlaridan 800 - 900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.
O‘rta Osiyoda yashab o‘z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo‘shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X - XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815 - 896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ular haqida shunday degan edilar: “Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zlarining yorqin iste'dodlari bilan butun jahonga dong taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak”.
Dong‘i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o‘rab turgan tabiat bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.

Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish