Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик


Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana16.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#378731
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
tabiat qonunlari va geoekologik tamoyillar asosida tabiatdan foydalanish

1.6.Tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlari va 

qonuniyatlarini e`tiborga olish 

 

Inson-tabiatning bir qismidir. Insonning tabiat bilan aloqasi ularning o`zaro ta`sirida 

seziladi. Insonning tabiat bilan o`zaro ta`sirining o`ziga xosligi uni turmushining madaniy 

darajasida  yaxshi  ifodalaydi.  Ma`lumki  ekologik  ong  yoki  savodxonlik  ekologik 

madaniyatni  belgilaydi,  agar  madaniyat  bir  tomonlama  rivojlansa,  u  holda  undan  so`ng 

faqat  cho`l  qoladi,  bu  gapning  ma`nosi  ancha  chuqur,  hozirgi  vaqtda  bu o`tmish  haqida 

darak beribgina qolmay, balkim kelajakka nisbatan ogoh bo`lishlik to`g’risida ham xabar 

beradi. 


SHuni  e`tiborga  olib  inson  faoliyati  jamiyatda  tabiat  qonunlariga  qanchalik  rioya 

qilsa, yoki mos kelsa bu harakat jamiyat uchun ham foydalidir. Va aksincha, uni faoliyati 

tabiat  qonunlariga  mos  kelmas,  u  holda  jamiyat  uchun  ham  yomon,  chunki  bu  holda 

resurslarning  holati  va  sifatiga  ta`sir  etuvchi  noqulay  tabiiy    jarayonlar  tarkib  topishi 

tezlashadi. Fanda shu narsa ravshanki, tabiat va jamiyat bir butun tizimdan  iborat, bunda 

ayrim  hodisalar  bir-birlari  bilan  organik  bog’liqlik  mavjud  bo`ladi.  Tabiat  o`z  tarkibiga 

juda  ham  ko`plab  aniq  shakillarni  birlashtiradi,  ular  bir-birlari  bilan  o`zaro  ta`sirda  va 

bog’liqlikda  mavjud.  Tabiatning  tub  qonunlaridan  biri  moddiy  tizim  va  atrof  muhitning 

birlik  qonunidir,  bu qonun  barcha  hollarda  ham  muntazam  namoyon  bo`ladi.  Jamiyatga 

nisbatan tadbiq qilinganda uni geografik muhit bilan birgalikda ekanligi yaqqol namoyon 

bo`ladi. 

Odatda  tabiatda  har  qanday  hodisa  o`zgarishi  o`zaro  ta`sirida  bo`lgan  boshqa 

hodisalarni  ham  o`zgarishiga  olib  keladi.  Bu  jarayonda  o`zaro  harakat  tizimida  eng 

ta`sirchan bo`lgan hodisalar tarkibida kuchli o`zgarishlar yuz beradi. Binobarin, tabiatda 

bir  nuqtada  yoki  hududda  bo`lgan  o`zgarishlar  mos  ravishda  boshqa  hududlarda 

o`zgarishlarni  sodir  bo`lishini  taqozo  etadi.  Bu  hol,  ayniqsa,  geopara,  paragenetik 

geotizimlarga  xos.  

Tabiiy muhitning tezkorlik bilan o`zgarishida landshaftlarning turli tumanligi qonuni 

ta`siri  jiddiy  ahamiyatga  ega.  Tabiat  bilan  jamiyat  o`rtasida  ma`lum  ma`noda  tabiatning 

xilma-xilligi  ustuvor  ta`sirga  ega.  Tadqiqot  natijalariga  ko`ra,  tabiat  va  resurslarni 




 

34 


xilma-xilligi  qanchalik  ko`p  bo`lsa  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  yaxshi  sharoitlar  vujudga 

keladi va aksin- cha. Bu yo`nalishda moddiy tizimlar birligi va ularni o`rab turuvchi tabiiy 

muhit  va  landshaftning  xilma-xilligi  qonunlari  o`rtasida  bir  paytni  o`zida  baravariga 

harakat  sodir  bo`ladi.  Bu  bilan  murakkab  landshaft  tarkibisiga  ega  bo`lgan  xududlarda 

tabiiy  muhitning  tezkorlik  bilan  katta  areallarda  o`zgarishlarga  uchrashi  yuz  beradi.  Bu 

borada ko`p hollarda o`zaro birgalikda harakat qiluvchi jarayonlarni majburiy mos kelish 

qonuniga ko`ra ekologik  sharoitlarning  o`zgarishi  katta maydonda sodir bo`ladi. 

Rus  olimi  V.A.Anuchinning  ta`kidlashicha,  tabiat  bilan  jamiyat  o`rtasidagi  o`zaro 

ta`sir  qonunlarini  bilmaslik  biosfera  resurslaridan  noto`g’ri  foydalanishga  olib  keladi. 

Uning  fikricha  tabiiy  komponentlarni  o`zaro  bog’liqlik  qonuniga  ko`ra  birorta 

komponentni o`zgarishi  tabiiy  muhitni  o`zgarishiga  sababchi bo`ladi. 

―Tabiat-jamiyat‖  tizimidagi  o`zgarishda ikki  qonuniyatni  kuzatish  mumkin: 

 1) Jamiyatni  tabiatga  ta`siri  borgan sari oshib bormoqda; 

 2)  Jamiyat  borgan  sari  tabiiy  muhitga  qaram  bo`lib  bormoqda.  Bunda  birinchi 

qonuniyatni  kuchayib borayotgani ikkinchi  qonuniyatni  keltirib  chiqarmoqda. 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish