Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar


Tabiat inson jamiyat o’rtasidagi munosatlar



Download 74 Kb.
bet2/7
Sana14.07.2022
Hajmi74 Kb.
#793996
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tabiat va inson o\'rtasidagi munosabat

1. Tabiat inson jamiyat o’rtasidagi munosatlar.
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat- bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir biri bilan chambarchas bog’langan yaxlit borliqning ikki bo’lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o’ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va uning ongi tabiat qonunlariga bo’ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial moxiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo’nalishlarda doim muloqotda bo’ladi.
Tabiiy muxitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog’laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar-ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo’ladi.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalari oqilona foydalanish masalasi xalqaro ahamiyatga molik bo’ldi va umumxalq ishiga aylandi. Shuning uchun bu muammo juda ko’p mamlakatlarning qonunlarida o’z aksini topgan. Jamiyat taraqqiyotning hozirgi bosqichida er shari tabiatini qo’riqlash global olamshumul ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat komponentlaridan birortasining buzilishidan boshqa bir qancha komponentlar muvozanati, tabiiy ekosistemalar o’zgarib ketishiga olib kelmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalasini xalq ommasi o’rtasida targ’ibot qilish hamda uni o’rta maktablarda, oliy o’quv yurtlarida ham o’rganish vaqti ham keldi. Binobarin, bu vazifani amalga oshirishda barcha o’qituvchilar zimmasiga g’oyat mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni iloji boricha tiklash davlat axamiyatiga molik ish bo’lishi bilan har bir kishining muqaddas burchidir. Nabotot va hayvonotni extiyot qilish, har bir gul, novdani yuvishdan, hayvonda o’q uzishdan oldin shu xatti harakat haqida bir bor o’ylab ko’rish; o’z hovlisining toza bo’lishini ko’zlab, shahar havosini iflos qilib axlat tashlayotgan kishiga befarq qaramaslik – tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir. Tabiatni muhofaza qilish deganda butun insoniyat manfaatini ko’zlab, tabiatdan oqilona foydalanish, uni saqlash, qo’riqlash va tabiiy boyliklarni ko’paytirish yo’lida davlatlar, xalqlar amalga oshirilayotgan tadbirlarning ilmiy jihatdan asoslangani mujassami tushuniladi.
Inson bilan tabiat har doim bir butunlikni tashkil qilib kelgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Suv, havo, tuproq, oziq-ovqat bo’lmasa, kishilar yashay olmaydilar. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bevosita aloqasi orqali tabiiy muhitga juda katta ta’sir qiladi. Hozirgi kunda er sharida 6,3-6,5 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, uning tabiiy muhitga qanchalik ta’sir etishinixam nazarda tutish kerak.
XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko’plab tabiiy zaxiralar: Er osti boyliklari, qishloq xo’jaligi erlari, baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari o’simlik dunyosidan kengroq foydalana boshlandi. Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Arktika materiklari atrofidagi orollarni mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okean qirg’oqlariga etib bordilar. Aholi sonining o’sishi, yangi hududlarning egallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchaydi. O’rmonlar kesildi, landshaftlarning tubdan o’zgarishi va ko’plab ov qilishi va ko’plab ov qilish hayvon zaxiralariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho hayvonot-o’simlik turlari yo’q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi.
Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari, atrof-muhitning ifloslanishi muammosini ham keltirib chiqardi. Suv havzalari, atmosfera, tuproq sanoat chiqindilari bilan kuchli ifloslanib borayotgnligi ma’lum bo’lib qoldi. Bular o’simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, odamlar sog’ligiga ham kuchli havf bo’lib qoldi. Bu salbiy omil asta-sekin butun er yuzini o’z ta’siri ostiga olishi XX asr boshlariga qadar sun’iy harakterga ega bo’lsa, endilikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib keldi. Jumladan, Antarktidaning tabiati ham radioaktiv changlar va DDT pestitsidning borligi, yo’qligi mahusulotlari mavjudligi aniqlandi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo’yicha tanqisligi atrof-muhitning dunyo miqyosida ifloslanishi va muvozanatning buzilishi ro’y berdi va tobora keskin tus olib, ekologik sharoitning buzilishi uchun real havf paydo bo’ldi, bu esa quyidagi sabablarga bog’liq bo’lib, insoniyatning kelajakdagi hayoti va faoliyatini murakkablashtirib yubordi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish