Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar
R e j a :
Kirish
1. Tabiat inson jamiyat o’rtasidagi munosatlar.
2. Texnika taraqqiyotining tabiatga salbiy ta’siri: tabiatda va materiallarning kashf etish.
3. Uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiyaning zarurligi.
4. O’zbekistonda ekologik ahvol va uni bartaraf etish chora-tadbirlari.
Kirish.
Hozirgi zamon ekologiyasi shunday asov otki, uni jilovlash va o’rgatish juda mushkul. Shunga qaramasdan uni o’rganish va uni o’rgatish kerak. Buning uchun tabiiy voqeliklarini tushunib, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab,salbiy holatlarni tuzatishga ijobiy yondashadigan, tabiat qonunlarini inobatga olibgina qolmasdan, balki shular asosida o’z hayot- faoliyatini tuzadigan kishilargina ekologlar qatoriga kirish mumkin.
Tabiatning ekologik holati buzilishi- tuproq, havo va suvning tiriklik uchun zararli moddalar bilan ifloslanishi, o’simlik va xayvonlarning foydali turlari kamayib ketishi, o’tloqzorlar, to’qayzorlar va tog’ yonbag’irlaridagi buta hamda daraxtlarning kesilishi kabi holatlar natijasida tabiatni muhofaza qilish hozirgi kunning eng olamshumul vazifalaridan biri bo’lib qoldi.
Xalq xo’jalikning turli tarmoqlari rivojalanishi- tabiiy landshaftlarning tez o’zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo’lishi, aholi sonining ko’payishi, energiya, suv va oziq-ovqatga bo’lgan talabning oshishi natijasida, rivojlanish markazlari tabiatning ichkarisiga, buzilmagan joylariga kirib bormoqda. Bu ijtimoiy, industrial va xo’jalik muammolar, insonning yashash muxiti tubdan o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Tabiatning bir kichkin joyida ekologik holati buzilishi, unga yondosh bo’lgan katta maydonlar tabiiy holatning buzilishiga sabab bo’lib, natijada turli regionlarning axolisi jabr ko’rmoqda. Shu sababli, atrof-muxitni muhofaza qilish, bu bir kichik regionning emas, balki bir katta qit’a, undagi xalqlar, davlatlarning xalqaro muammosiga aylanib qoldi. Masalan, Orol, Orol atrofidagi ekologik fojia butun O’rta Osiyo, Qozog’istonga emas, balki Eron-Turon tuprog’iga joylashgan davlatlarning hamjihatligida hal bo’ladigan global muammodir.
Dunyoning turli joylarida yuzaga kelgan ekologik ofatla Chernobel AESning portlashi, Orolning qurishi, Ufa shahridagi himzavodning yonishi va neftning suvda tushishi, Nevada, Semipalatinskda, Lubnurda o’tkazilgan er usti va er osti yadro portlatishlar ta’siri yil sayin havfli bo’lib bormoqda.
Agar biz tabiat qo’ynida tinch va sog’ yashashni xoxlasak, tabiat qonunlarini o’rganishimiz, o’zlashtirishimiz va uning qonunlari asosda o’z hayot faoliyatimizni, ish rejalarimizni, tuzishimiz shart. Aks holda, bizning harakatlarimiz «Jodugar kampirning supurgi ostiga minib, kosmosga safar qilish»ga barobar bo’lib qoladi.
Tabiatning ekologik qonunlari, organizmlarning bir-birlari va ularning atrof- muhit bilan doim bo’lib turadigan munosabatlarini chuqur o’rganib etgandan keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor, bilimdon sarkor bo’lamiz.
Atrof-muhitga antropogen ta’siri kengayib bormoqda. Tabiiy muhitning eng asosiy elementlari atmosfera, gidrosfera va litosfera ga katta havf tug’ildi, ular tinimsiz ifloslanmoqda. Bu muammo dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy qarama-qarshiliklardan kelib chiqib, inson tsivilizatsiyasining asosiga pand bermoqda. Turli kelishmasliklar, befarqliklar atrof-muhit, havo, dengiz-okeanlar, tabiiy boyliklar manbai ifloslanishiga olib keldi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning eng global ekologik muammosi hisoblanadi va bu muammo 6,3-6,5 mlrd sayyora axolisi, ular yashayotgan davlatlar va mamlakatlar manfaatini o’z ichiga qamrab oladi. Bu muammo xayotning xamma muammolaridan ahamiyatliroq bo’lib, er yuzidagi tiriklikning, shu jumladan, eng avvalo insonlar salomatligini saqlashni ko’zda tutadi. Bu xayrli havf ustida niyatdan orqaga qaytish Er yuzidagi hayot va jamiyat taqdirini havf ostida, tabiiy ofatlar yoqasiga keltirib, kelajak avlodlarning dunyoga keladigan yo’lini oldindan berkitib qo’yishdan iboratdir.
Hozirgi kunning ekologik muammolari murakkab, ko’p qirrali va qaramaqarshi kuchlardan, yo’nalishlardan iborat bo’lib, umuminsoniyat talabiga javob beradigan ekologik strategiya, ekologik ilmiy tadqiqot natijalari asosidagina hal qilinadi. Shuning uchun maxsus va chuqur ekologik bilimlarga ega bo’lgan yuksak qobiliyatli mutaxassislar kerak.
Har tomonlama etuk mutaxassislar maxsus ekologik yo’nalishlarga ega bo’lgan oliy bilimdonlarda, universitetlarda o’ziga xos o’quv dasturlar va rejalari asosida tayyorlanishi kerak. Ekologik muammolarni fan-texnika yutuqlari asosida xal qilish jarayonida ekologiya fani, uning yo’nalishlari jamiyat va tabiat o’rtasidagi ziddiyatlarni xal qilishdagi muxim omil xisobalnadi. Ekologik tangliklarning, halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat o’rtasidagi ekologik ziddiyatlarni echishda ekologiya fanining keyingi yutuqlarini amaliyotda qo’llash katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |