Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o'rni



Download 43,5 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2022
Hajmi43,5 Kb.
#430510
1   2
Bog'liq
Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o

2. Aqliy tarbiya (1 shakl)
Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o'sishiga ta'siri kattadir. Maktabgacha
ta'lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishishda ta'limtarbiya jarayonida ularning ongida atrofni
o'rab olgan dunyo haqida hissiy tajribaga asoslangan aniq bilimlar hosil qilish muhimdir. Haqiqatni
to'g'ri aks ettiruvchi bilimlar berilmasa, bolalarda tabiat haqida noto'g'ri tushunchalar hosil bo'ladi.
Noto'g'ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha
qiyinroqdir. Shuning uchun bolalarda maktabgacha ta'Iim yoshidanoq, his qilish, qabul qilib olish
va zehniy rivojlanish tajribalariga asoslangan holda tabiat haqida ilmiy dunyoqarashlarning
shakllanishi juda muhimdir.
I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra, insonning tabiatdagi narsa va hodisalardan olayotgan ta'siri
birinchi signal sistemasini, ularni ifodalovchi so'z esa, ikkinchi signal sistemasini hosil qiladi. Bilishning hissiy tomoni birinchi signal sistemasi bilan bog'liq, bu ko'rgazmali, ' obrazli tafakkurga asoslangan bo'lib, miya po'stlog'idagi muvaffaqiyatli bog'lanishni o'z ichiga oladi, ya'ni tashqi dunyodagi narsa va hodisaiarni sezishda, idrok qilishda va tasavvurda bevosita aks etadi. Bilimning ratsional tomoni, abstrakt tafakkur, ya'ni tushunchalarning hosil bo'lish jarayoni ikkinchi signal sistemasi bilan bog'liqdir. Ikkinchi signal sistemasi tashqi dunyo bilan faqat birinchi signal sistemasi orqali aloqa olib boradi, shuning uchun tafakkur sezgi va idroksiz bo'lishi, biron narsa haqida aniq tasawurga ega bo'lmay turib tushuncha hosil qilinishi mumkin emas.
«Hissiy bilimning fiziologik asosi — ko'rish, eshitish, hid bilish, teri, harakatlantiruvchi
va boshqa analizatorlarning birgalikdagi faoliyatidir» — degan edi I.P.Pavlov.
O'zlashtirishda qancha ko'p analizatorlar birgalikda ishtirok etsa, tasawur va tushuncha
shunchalik aniq, boy va ma'noli bo'ladi. Demak, bolalarni tabiat bilan tanishtirish asosiga birinchi
navbatda ko'rgazmalilikni qo'yish kerak, ya'ni narsa va hodisalar ularning sezgi a'zolariga
bevosita ta'sir etishi, bolalar narsalarni ko'rib, qo'l bilan ushlab ko'rishlari, eshitib, hidlab
ko'rishlari, ta'mini tatib ko'rishlari, ya'ni ularning xususiyatlarini seza bilish imkoniyatlariga ega
bo'lishlari shart.
Uyda, sayrda, o'yinlarda va mehnatda, tabiatdagi narsa va hodisaiarni bolalarga ta'sir etishi
natijasida ularda seza bilish tajribalari to'planib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
bog'chaga ketayotganlarida ko'chadagi obhavo sharoiti (sovuq, issiq, iliq va namlik)ni seza
oladilar. Qo'llarini yuvganlarida, cho'milish vaqtida, o'yinlarda suvning xususiyatlarini (sovuqligi,
iliqligi, sachrashi, toshlarning suvda cho'kishi yoki yog'ochning suzib yurishi)ni payqay oladilar.
Hayvonlarni parvarish qilishda esa ularning harakatlarini, odatlarini bilib oladilar.
Bola tabiat bilan yaqin munosabatda bo'lishi natijasida, undagi narsa va hodisalarni yaqqol
ko'rib, idrok qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Lekin ko'pincha bola narsalarni payqamay qolishi
yoki muhim bo'lmagan tomonlarga diqqat qilib, idrok qilgan narsalarini noto'g'ri tasvirlashi
mumkin. 34 yoshdagi bola uchayotgan qushlarni hamma vaqt ham sezmasligi mumkin.
Hayvonlarni uchratganda u birinchi navbatda uning kattaligiga e'tibor beradi, akvariumda suzib
yurgan baliqni ko'rsatib uni «yuryapti» yoki «qanotlarini silkityapti», — deb aytadi. Bundan
ma'lum bo'ladiki, bolani tabiat bilan tanishtirishda unga hodisa yoki narsani ko'rsatishning o'zigina
kifoya qilmaydi. O'rgatish jarayonida maqsadga muvofiq rahbarlik qilinishi zarur. Bu esa
tarbiyachining bolaning idrokini yo'lga soladigan, diqqatini ko'rish va eshitishi muhim bo'lgan
narsa va hodisalarga to'g'ri yo'naltiruvchi so'zlarida ifodalanadi.
Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o'ynaydi. Shunga ko'ra
maktabgacha ta'lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go'zalliklarini
ko'ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to'g'ri tushunchalar hosil
q ilish, ularga ekologik ta'limtarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi eng avvalo o'zi
tabiatni sevuvchi, jonli vajonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo'lmog'i lozim.
Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bolajon» tayanch dasturida berilgan
tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim boigan
bilim, ko'nikma, malakalar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda
olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to'g'ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o'simliklar,
tirik burchakdagi xona o'simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish
ko'nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to'g'ri yo'lga
qo'yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini
shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o'rganib, ular haqida dastlabki
tushunchalar beradi.
Pedagogik vazifalar: .fanning maqsad va vazifalari bilan tanishtiradi, fanning tarkibiy
tuzilmasi, o’quv faoliyatini baholash mezonlari, tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro’yxati haqida ma’lumot beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirish
metodikasi fanini o’rganish zarurligini tahlil qiladi.
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish