Tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya fanidan O`qitish materiallari tayyyorlov yo`nalishi
Tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya fanidan O`qitish m
Mavzu: Ekologik ta'lim berishda og’zaki uslublarning o’rni. Reja: 1. Oldindan o’tkaziladigan suhbat va yakuniy suhbatlarni tashkil etish. 2 Suhbatlarning maqsadi, unga qo’yiladigan savollar. 3.Suhbatda didaktik maqsadni tasavvur qilish. 4.Suhbatda xilma-xil ko’rgazmali matеriallardan foydalanish. 1.Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga — oidindan o ‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qollaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o'rtasida aloqa o‘rnatishdir. Yakuniy suhbat o‘rganilgan faktlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: ba’zi kuzatiladigan ob’yektlarning tor doirasini (masalan, issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar haqida, yovvoyi hayvonlarning o‘rmonda qishlashi va shu kabiiar), boshqalari hodisalarning keng doirasini (masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin. Suhbat — bu bolalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotning yakunidir. Uning samaraliligi bolalarning tayyorgarliklariga bog‘liqdir. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiat haqidagi hikoyalar orqali suhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo‘lsa, faqat shu mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 2.Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi ya’ni, uning mazmunini aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat yakunida aniq bir xulosa chiqara olishi lozim. Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo‘lib uchib keladi? Qora qarg‘ani qanday tanib oldik? Biz ulami qayerda ko‘rganmiz? Qora qarg‘alar dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg‘alar nima yeydi?» So‘ng keyingi savol beriladi: «Nima uchun qora qarg‘alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug‘urchuq, qaldirg‘och va shu kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi). Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?» kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin. Ular mazmunan aniq, to‘g‘ri, qisqa bolishi kerak. Har bir savolda bitta likr bo‘lishi shart. Qisqa «ha» yoki «yo‘q» javoblarini talab qiluvchi savollarni berib bo’lmaydi. Bunday savollar tafakkurning o‘sishini, munosabatlarning aniqlanishini ta’minlamaydi. Tarbiyachi suhbat davomida bolalarning xulosa, umumlashtirishlarni o'zlari mustaqil chiqarishlariga g‘amxo‘rlik qiladi. Suhbatda xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan ham foydalanish zarur. Bular tabiat jismlari, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illustratsiyalardir. Bundan tashqari topishmoqlar, she’rlar, qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokama qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg‘otadi. Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish uslubi sifatida, o‘rta va maktabgacha katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta guruhda suhbat, asosan, hodisalarni eslatishga, katta va maktabga. tayyorlov guruhlarida esa mavjud bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishga yo‘naltiriladi.6-7 yosh maktabga tayyorlov guruhi Download 12,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |