Mavzu yuzasidan savollar:
1. “Bolalar dunyosi” kitobing mualifi kim?
2. “Boburnoma” asarida qaysi hayvon ta’riflangan?
3. G’arb olimlaridan tabiatshunoslikka hissa qo’shgan kimlarni bilasiz?
Amaliy mashg’ulot 2.
Mavzu: Qadimgi yozma yodgorliklarda tabiatni asrab avaylashga doir
masalalarni yoritilishi.
Kerakli materiallar va jihozlar: Dars ishlanmasi, jadvallar, slaytlar, allomalarni rasmlari .
Qadimgi yoza yodgorliklarga misol qilib “O’rxun enasoy” yodgorliklarini keltirishimiz mumkin. Ular juda qadimgi va noyob xisoblanadi. Toshga o’tib yozilgan ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari ularda qadimgi hayon va o’simliklar ham o’z ifodasini topgan. Bu ham insoniyatni qadidan tabiat va jonzotlarga bo’lgan qiziqish va qarashlarini, ularni qanchalik muhim ekanligini ifodalaydi. Ma’lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi o'zining uzoq o'tmishiga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo‘lmay turib, o'simlikshunoslik va chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish mumkin emas. Tabiatshunoslik fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon biologiya fanlarining o‘rni beqiyosdir.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta ’limotlar Abu Nasr Farobiy, A1Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu mutafakkirlaming asarlari astronomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, musiqa, metrologiya, topograflya, harbiy fanlar, axloq, siyosat bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik, ov san’ati, tibbiyot va tabiiyot kabi fanlarning rivojlanishiga ilmiy asos bo'ldi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilg‘or g‘oyalari. Uyg‘onish davridagi tabiiyot ilmining, shuningdek, G'arbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari umumiy biologiya, anatomiya,fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo'ldi.
Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o‘sib borish, o'zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signalsistemalari, tabiiy va sun’iy tanlash masalalari O‘rta Osiyo olimlari tomonidan G'arbiy Yevropa olimlaridan 800—900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.
O‘rta Osiyoda yashab o‘z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo'shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunoslik Abu Abdullo Natiliy (X—XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815—896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.
Birinchi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ular hadida shunday degan edilar: “Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishdahamisha faxrlanib kelamiz. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk allomalarimiz o’zlarining yorqin iste’dodlari bilan butun jahonga dong taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak”.
Dong‘i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o‘rabturgan tabiat bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqachatanishib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |