Nazorat savollari
1. Ta‘lim jarayonida tajriba va amaliy darslar qanday ahamiyatga ega?
2. Tajriba deganda nimaga aytiladi?
3. Oddiy va murakkab tajribalarning bir-biridan farqi nimada?
4. Amaliy ishlarga tayyorlanishning bosqichlarini sanang.
5. Amaliy ishlarning asosiy turlari nimalardan iborat?
AMALIY MASHGULOT 1.
Mavzu: Sharq va g’arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o’rni haqidagi qarashlari.
Ishdan maqsad:Talabalarda Sharq va g’arb allomalarining tabiatshunoslikka qo’shgan hissalarini chuqurroq singdirish, ularda tabiat haqidagi tushunchalarni shakillantirish.
Muso ibn Muhammad al-Xorazmiy (780-850) ning tabiiy-ilmiy, matematikaga oid asarlari g‘oyat qimmatlidir. U algebra fanining asoschisidir. Bu fanni nihoyat rivojlantiradi. Uning tabiatshunoslikka oid ―qisqargan sindi hind, ―Trigonometrik jadvallar, ―Quyosh soatlari haqida risola, ―Yer surati kabi asarlari mavjud. Xorazmiy tabiiy jarayonlarni o‘rganishda hisob-sanoq usuli, son munosabatlarini rivojlantirishning tashabbuskori edi. Geografiyaga oid ―Kitobi surat al arz asarida Yerning aholi yashaydigan joylarini ko‘rsatuvchi xaritalar tuzib, har bir joyining uzunlik va tenglik shakllari (koordinatalari) ni asoslab berdi. Shu bois IX asrning birinchi yarmini fanda Xorazmiy davri deb ataldi.
Ahmad al-Farg‘oniy Markaziy Osiyo Uyg‘onish madaniyatining yirik arboblaridan biri edi. U qomusiy bilim sohibi bo‘lib, ilmiy nujum, jug‘rofiya, matematika va tabiatshunoslikning
boshqa sohalarida nafaqat Sharqda, balki Yevropada ham katta shuhrat qozongan edi. 812 yili A. Farg‘oniy quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib aytib berdi.
A. Farg‘oniy osmon diametriga qaraganda Yerning unchalik katta emasligini takidlaydi. Uning nazarida yer shari nuqtaga o‘xshaydi. Osmon harakati ikki yoqlama bo‘lib, butun olam gumbazi harakati va planetalar harakatidan iborat. Ular o‘z yo‘nalishlariga ko‘ra qaramaqarshidir, ularning aylanish o‘qi (qutblari ham) bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy (870-950) o‘zining asarlarida tabiashunoslikka oid qarashlarini bayon qilib, qimmatli fikrlar bildirdi. ―Odam a‗zolarining tuzilishi, ―Hayvonlar a‗zolari va ularning vazifalari haqida kabi asarlarida odam va hayvonlar a‗zolarining tuzilishi, xususiyati, vazifalari, ularning o‘xshashligi va farqlari haqida tushunchalar beriladi. Odam a‗zolarining o‘zaro bog‘liqligi, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlar, kasalliklar ovqatlanish tartiblarini buzilishidan deb sharhlab beradi. Odamni tabiatga ta‗siri katta ekanligini ta‗kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, yerdagi hodisalarni quyoshni ta‗siri bilan ifodalaydi. Uning fikricha inson tabiatdagi borliqni ilmiy ravishda to‘g‘ri o‘rgana oladi.
Beruniyning fikricha yerdagi o‘simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan., ammo o‘simlik va hayvonlar cheksiz ko‘payishga intiladi, kurashadi.
Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi.
Beruniy o‘simlik va hayvonlar hayoti, tarqalishi va ahamiyati haqida ko‘plab ilmiy ma‗lumotlar berdi.
Saydana nomli asarida 1116 tur dori darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750
tasi o‘simliklardan 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinishini ko‘rsatgan.
Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar, ―Hindiston nomli asarlarida o‘simlik va hayvonlarni tuzilishi, ular tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida qiziqarli ma‗lumotlar keltiriladi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) 450 dan ortiq asar yozgan. Entsiklopedist olim. ―Tib qonunlari tibbiyot ilmi bo‘yicha shox asar hisoblanadi. Uning inson sog‘ligini saqlash, parhez gigiena sohasidagi maslahatlari, jismoniy mashqlarni tavsiya etish, asab kasaliklari va uni davolash, odamga tashqi muhitni ta‗siri, barcha kasalliklar suv va havo orqali o‘tishi, yuqumli kasalliklar haqida zaruriy ko‘rgazmalar bergan. Tabobat bilan birga, anatomiya, psixologiya, jarrohlik, gigiena va geologiyaga oid bilimlarni rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) shoir, sarkarda, podsho, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunosdir.
Uning asarlari buyuk bir xazina ―Boburnoma uning yirik asaridir. Bu asarda u tabiat va geogarafiyaga oid bilimlarni keng talqin qildi. U joyning geografik o‘rni, iqlimi, shifobaxsh joylari, o‘simlik va hayvonoti, qazilmalari haqida bebaho ma‗lumotlar beradi.
Bobur ayniqsa gullar, manzarali va mevali daraxtlarni ko‘paytirishga alohida ahamiyat bergan. Uning ta‗kidlashicha, Farg‘ona vodiysida antilopa, tog‘ qo‘ylari, yirtqich qushlar, Samarqandda jayronlar, Buxoroda kiyik, tog‘ echkilari, kakliklar, Hindistonda esa fil, karkidon, maymunlarning ko‘pligi, ularning hayot kechirishi o‘ziga xos sharoitlar bilan bog‘liqdir.
Bobur bir necha bor yer qimirlashi, oy va quyosh tutilishini kuzatgan, ularni tabiiy hodisa, tabiat qonunlari deb hisoblaydi.
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi fani o‘zining 2 asrlik tarixiga ega. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasining tuzilishi XVIII asrda ―Rossiya imperiyasi xalq bilim yurtlari Ustavi-Nizom da tabiatshunoslik va geografiyani o‘quv predmeti sifatida kiritilishi bilan bog‘liq. Unda maktablar tuzilishi va o‘quv jarayonini mazmuni belgilab berildi.
Yekaterina II hukumati kapitalizm tuzumini jadal rivojlantirish uchun ilmli kishilarga muhtoj edi. Shu bois o‘qituvchilar tayyorlash uchun xalq bilim yurtlari hamda o‘qituvchilar seminariyasi tashkil qilindi.Tabiatshunoslik o‘qitishning amaliy maqsadi – o‘qituvchilarni tabiat bilan, turli minerallar,
tog‘ jinslari, o‘simlik, hayvonlar bilan tanishtirish maqsadida ularning inson ehtiyojlarini qondirishda foydalanihdan iborat.
1976 yilda Nizomda barcha o‘simliklarni emas, balki odam tomonidan turli maqsadlarda foydalaniladigan o‘simliklar haqida tabiat boyliklaridan foydalanish uchun zaruriy bilimlar tabiatshunoslikka kiritilishi ko‘rsatilgan.
Xalq bilim yurtlarida dars berish uchun akad. Vasiliy Fedorovich Zuev (1954-1994) taklif etildi. U o‘qituvchilar seminariyasida ham tabiatshunoslikdan lektsiya – ma’ruzalarni olib bordi.
U 1876 yilda ―Tabiat tarixining ko‘rgazmalari nomli darslik nashr qildi, unda tabiatni o‘rganishni quyidagi izchillikda belgiladi: qazilmalar dunyosi; o‘simliklar dunyosi - (botanika), hayvonlar dunyosi - (zoologiya).
Shu 1-darslik bo‘lib, metodikaning tarixi shu davrdan boshlandi. Shu bois V.F.Zuev 1-metodist his0oblanadi. Zuev maktab o‘quvchilarini tabiiy ob‗ektlarni –minerallar, o‘simlik va hayvonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, sezgilar orqali qabul qilish asosida o‘rganishlarini yoqlab, uni yuqori baholadi. U bolalar avvalo o‘z o‘lkasi tabiatini o‘rgansinlar, deb ko‘rsatdi. U o‘qitishda ko‘rgazmalilikni, ularga qarab bolalar fikr yuritishlarini, rasmga qarab tabiatdan mazkur o‘simlikni o‘zlari topishlari kerakligini uqtirdi. Ammo o‘sha davrda fanda sxolastik metod -quruq yodlash usuli hukmron edi. Shu davrda Zuevning ilg‘or qarashlarini amaliyotda qo‘llash mumkin emas edi.
Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824-1870) XIX asrning o‘rtalarida ilg‘or fikrlari bilan maydonga chiqdi. U o‘zining ―Ona tili , ―Bolalar dunyosi, nomli asarlarida kuzatish metodi rolini baland ko‘tarib, u tabiatshunoslikka doir bilimlarini egallash va tabiatni o‘rganishda eng samarali metod ekanligini ta‗kidladi.
U bolalar tabiatiga oid bilimlarini o‘z o‘lkasini kuzatish asosida o‘rganishdan boshlasin, o‘qituvchi axborotidan olgan bilimlarini tabiatda kuzatishlar yordamida tekshira olsin, deb taklif qildi.
Ushinskiy ―Bolalar dunyosi kitobida bolalarni kuchli rivojlanishi asosida oddiy mantiqiy ishlarga o‘rgatish zarurligini ta‗kidlab, kuzatish asosida mustaqil qabul qilingan bilimlari ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi, degan g‘oyani asosladi.O‘qitish jarayonida kuzatishlar, tajriba va sayohatlarni amalga oshirish asosida tabiatshunoslikka doir bilimlar egallanishini birinchi bo‘lib ko‘rsatib bergan metodist Aleksandr Yakovlevich Gerddir (1841-1888). U ko‘rgazmali o‘qitish rolini baland ko‘tardi. Gerd jonsiz tabiat kursini o‘qitish metodikasini ishlab chiqdi. ―Tabiyot qisqa kursi darsligining, ―Yer, havo, suv o‘quv qo‘llanmasi, ―Boshlang‘ich maktabda predmetli darslar nomli (1883) qo‘llanmalarni yozdi. Bu metodik qo‘llanmalar uzoq vaqtgacha jonsiz tabiat kursi bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |