Nazorat ishlarini bajarilishi va jihozlash
Nazorat ishi bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yigʻish va ularni jamlashda, yozma ravishda oʻzining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida oʻzining ravon nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi.
Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, moliya organi, gʻaznachilik, budjet tashkilotlari, jurnal, roʻznoma va internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanishini bilish lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma’lumot va axborotlarni toʻgʻri va aniq tahlil qilishi muhimdir. Nazorat ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir. Taqdimotni adabiyotlarni oʻrganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, oʻz kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |