ÕTA 2-kurs 206-guruh talabasi Ravshanova Gulnoza
7-topshiriq
Mavzu: Fraziologik gradonimiyani aniqlash
1-topshiriq. Nuqtalar oʼrniga iboraning maʼnosi teng keladigan soʼzlarni ilovadan olib yozing va nechta soʼzda tovush oʼzgarishi sodir boʼlganini aniqlang.
1. Koʼngli joyiga tushdi –xotirjam bo’ldi;ko’ngli-tovush tushishi;
2. Tepa sochi tikka boʼldi –qo’rqdi;
3. Xamirdan qil sugʼurganday –oson;
4. Tekkanga tegib tegmaganga kesak otadi –tegajoq,qitmir;tekkanga-tovush almashishi;
5. Tutgan yeridan kesadi –abjir;
6. Аravani quruq olib qochadi –aldaydi;quruq-tovush almashishi;
7. Eti suyagiga yopishgan –ozg’in;suyagiga-tovush almashishi;
8. Yerga ursa koʼkka sapchiydi –sho’x;ko’kka-tovush almashishi;
9. Qoʼy ogʼzidan choʼp olmagan –yuvosh;og’zidan-tovush tushishi;
2-topshiriq. Berilgan birikmalarni soʼz birikmasi va ibora sifatida qoʼllab ikkitadan gap tuzing. Gapda nechta soʼzda tovush almashinish hodisasi sodir boʼlganini aniqlang.
1. Boʼyniga ilmoq.
a)Oyimlar kecha olgan sharflarini bo’ynlariga ilib ketdilar.
b) Qoralovchi sudda jinoyatni boshqa odamning bo’yniga ildi.
2. Tarvuzi qoʼltigʼidan tushmoq.
a)Hikmat bobo bozordan olib kelyotgan tarvuzini qo’ltig’idan tushirib yubordi.
b)Alisher negadir darsdan tarvuzi qo’ltig’idan tushgan holda keldi.
3. Toʼnini teskari kiymoq.
a)Bobom shoshganlaridan to’nlarini teskari kiyib olibdilar.
b)Bugun negadir do’stim to’nini teskari kiyib olibdi.
4. Qoʼli ochiq.
a)Qo’shnimiz negadir doim qo’lini mushtlab yurard,lekin bugun qo’li ochiq.
b)Bu dunyoda qo’li ochiq insonlar ham ko’p.
5. Tosh otmoq.
a)-Bolam,birovning ekiniga tosh otma,-dedilar buvim.
b)Bu hayotda hammaga tosh otishdan charchamadingmi?
6. Oʼz yogʼida qovrilmoq.
a)Agar go’shtni o’z yog’iga qovursangiz taom mazali chiqadi.
b)Otam o’sha voqeadan keyin o’z yog’lariga o’zlari qovurilib yuribdilar.
7. Qulogʼiga quymoq.
a)Buvimlarni qulog’lariga quyish kerak bo’lgan dori narxi ancha qimmat ekan.
b)Mening gapimni qulog’ingga quyib ol.
3-topshiriq. Berilgan iboralarni teng kelgan soʼzlari bilan birga yozing.
1. Gap tashiydi-chaqimchi;
2. Gap koʼtarmaydi-arazladi;
3. Gapning tagiga yetdi-aniqladi;
4. Jonini hovuchladi-qo’rqdi;
5. Boshi qotdi-o’ylandi;
6. Peshonasi tirishdi-g’azablandi;
7. Yuzi shuvut boʼldi-uyaldi;
4-topshiriq.
Belni boğlamoq
Tosh bağr
Qahri qattiq
Beli oğrimagan
Besh qôlini oğziga solmoq
Yuragi tosh
Och biqin
Boshi aylanmoq
Beti qattiq
Oğzi kuygan
Òpka qaynatmoq
Biror oğiz
“Inson”
Bu dunyoning eng oliy zoti bu insondir.Borliqni, olamni,insonni olloh yaratdi.Tabiatni,undagi barcha narsalarni qôli gul insonlar yaratdi.Dunyo insonlari ham hammasi bir hil emas,ular ichida eng oliyjanoblari,zukkolari,aqilli,bilimlilari ham bor,afsuski guruch kurmaksiz bólmaydi deganlaridik,yuqorida keltirilgan insonlarning aksilari ham bor.A Navoiy bobomiz aytganlaridek “Odam borki odamlarning naqshidir,odam borki hayvon undar yaxshidir”.Haqiqatda ham dunyoda shunday insonlar borki kôrib,havas qilasan,kóklarga kôtarilasan,ularning yaxshiligini kôrib boshing aylanadi.Shunawa vaziyatlar keladiki,ular yaqinlari uchun ham boshiga qilich kelsa ham yolğon gapirishmaydi.Unday insonlar boshing yerga tekkuncha ta’zim qilsang arziydi.Ikkinchi toifa insonlarni kôrib,hafsalang pir bôladi.Ular burni kôtarilgan,qahri qattiq,yuragi tosh,besh qõlini oğziga tiqadigan insonlardir.Xech kimni gapini olmaydigan gap õng quloğidan kirib,chap quloğidan chiqib ketadi.Kimdir gapirsa tomdan tarasha tushgandek, joyida qotib turaveradi.Bunday insonlarga bir gap gapirsang,sen boğdan kelsang, u toğdan keladi, gaplaringa e’tiboram bermaydi.Bunaqa insonlar ôzlarini yettinchi osmonda deb hisoblaydilar.Ôzlariga juda katta baho beradilar.Bunaqa insonlar qani edi birinchi toifa insonlaridek bôlishsa, yanada kôklarga yuksalardik.
Do'stlaringiz bilan baham: |