T. Xudayshukurov



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

6.2.1. Tabassum 
 
Agar  eshitgan  bo’lsalaringiz  “hamma  narsa  uning  yuzida  yozilgan” 
deyishadi,  chunki  odamning  chehrasiga  qarab  uning  tabiati  va  kayfiyati 
to’g’risida aniq xulosa chiqarish mumkin. 
Chehrasining  holatiga  qarab  odamlarni  uch  xilga  bo’lish  mumkin: 
beparvo chehrali, serjahl chehrali va tabassum chehrali. 
Chehradagi  beparvolik  insonga  xos  eng  yomon  xususiyatlardan  biri 
hisoblanadi.  Beparvolik  hamkor  yoki  suhbatdoshga,  uning  gaplariga  va 
fikriga hyech qanday qiziqish yo’qligidan darak beradi. Buni tajribasiz va 
mohir  bo’lmagan  yoki  quyilgan  masalaning  mohiyatini  yaxshi 
tushunmaydigan  kishilarning  suhbati  davrida  yoki  ularning  o’tkazayotgan 
majlislarida  kuzatish  mumkin.  Bundan  tashqari  beparvo  chehra  uning 
sohibining  manmanligidan  darak  beradi,  o’zini  hamkoriga  yoki 
suhbatdoshiga  nisbatan  ustun  tutish  belgisi  hisoblanadi.  Albatta,  bunday 
kishilar suhbatidan ijobiy natija kutish qiyin. 
Serjahl  chehra  u  sohibining  nimadandir  yoki  kimdandir  norozilik 
yoki  jahli  chiqib  turganlik  belgisi  hisoblanadi.  Bunday  vaqtlarda 
madaniyatli  hamkor  yoki  suhbatdosh  undan  kayfiyatingiz  qanday  deb 
so’ramasligi  kerak.  Odamlar  jahlining  chiqishiga  va  chehralarining 
o’zgarishiga  olib  keluvchi  sabablar  juda  ham  ko’p.  Uning  asosiy 
sabablaridan  biri  hamkor  yoki  suhbatdoshning  madaniyatsizligi,  sabr–
toqatsizligi  va  munosabat  qilishning  boshqa  etiket  qoidalariga  rioya 
qilmasligi  hisoblanadi.  Albatta,  badjahlli  chehra  masalaning  yechilishini 
qiyinlashtiradi va ikkinchi tomonning ham kayfiyatini buzadi. Madaniyatli 
biznesmen,  birinchidan,  o’zining  badjahl  holatini    hamkoriga  yoki 
suhbatdoshiga bildirmaslikka harakat qiladi, ikkinchidan, bildirmaslik iloji 
bo’lmasa, kechirim  so’rab, o’zining holatini aytishi va xafa bo’lmasligini 
hamkoridan yoki suhbatdoshidan so’rashi lozim. 
Tabassumli  chehra  sohibi  hamkorlarini  va  barcha  suhbatdoshlarini 
o’ziga  moyil  qiladi  hamda  ularning  diqqatini  tortadi,  ishonchli  harakat 
qilishga va ishonchli gaplashishga imkon beradi. 


 
 
44 
Hozirgi kosmos va xalqaro munosabatlar asrida chehradagi tabassum 
biznesmenlar  uchun  juda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Tabassum  dunyo 
mavjudodlaridan  faqat  insonga  tortiq  qilingan  va  katta  ruhiy  kuchga  ega 
bo’lgan  qobiliyat  bo’lib,  o’zaro  va  xalqaro  munosabatlarda  hamkorlik 
ko’prigi,  ko’ngli  ochiqlilik  va  xushmuomalalik  belgisi  sifatida  xizmat 
qiladi. U katta masofa va qiyinchiliklarni “bosib o’tib”, o’z sohibiga faqat 
foyda  keltiradi,  muammo  va  mushkullarning  yechilishini  osonlashtiradi. 
Shu  sababdan  bo’lsa  kerakki,  xalqimizning  “Yuzingizdan  tabassum 
arimasin” degan gapi bejiz emas.  
Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlardan  ko’rinib  turibdiki,  biznesmen 
chehrasining munosabatlar davridagi holati unga foyda keltiradi yoki unga 
qarshi  “ishlaydi”.  Lekin  foyda  keltirar  ekan  deb,  har  joyda  va  har  qaysi 
vaziyatda ham doimo jilmayish kerak emas, chunki ba’zi bir vaziyatlarda u 
o’rinli  bo’lmasligi  mumkin.  Esingizdan  chiqmasinki,  boshqa  barcha 
vaziyatlarda  tabassum  hamkor  va  suhbatdoshlarga  kuchli  ijobiy  ta’sir 
ko’rsatadi va ularning kayfiyatini ko’taradi. 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish