T. Xudayshukurov


 Ho’l mevalarni iste’mol qilish qoidalari



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

12.8. Ho’l mevalarni iste’mol qilish qoidalari  
 
 
Mehmondo’stlik  ziyofatlarida  va  restoranlarda  ho’l  mevalar  desert 
taom o’rnida beriladi. Ular o’zlarining nafis ranglari, shakllari va xushbuy 
hidlari  bilan  stol  atrofida  o’tirganlarning  kayfiyatini  yaxshilaydi  va  bazm 
yoki  ovqatlanish  jarayonining  yaxshi  kechishiga  imkoniyat  yaratadi. 
Shuning uchun ham mevalar stolni bezashda gazaklar bilan birga qo’yiladi 
va  ularga  ovqatlanish  stoli  dizaynining  asosiy  elementlaridan  biri  deb 
qaraladi. 
 
Mevalar  ham  nafis  idishlarga  4–6  kishiga  mo’ljallab  chiroyli  qilib 
qo’yiladi.  Ularning  ba’zi  birlariga,  ayniqsa  kichik  va  shirador  mevalarga, 
xo’randa  va  mehmonlar  tomonidan  o’z  laganchalariga  olishlari  uchun 
umumiy  instrumentlar  beriladi.  Usti  quruq  va  kattaroq  o’lchamli  mevalar 
xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z tarelkalariga qo’l bilan olinadi. 
 
Shaxsiy  tarelkalarga  olingan  mevalarni  iste’mol  qilishdan  oldin 
ularning  aksariyatiga    mehmon  tomonidan  qo’shimcha  ishlov  beriladi. 
Ho’l  mevalarni  iste’mol  qilishning  o’ziga  xos  xususiyatlari  ham 
qo’shimcha  ishlov  berishdan  va  ularning  danak  va  urug’larini  likopcha 
yoki  laganga  olib  qo’yishdan  iborat.  Ushbu  bandda  ba’zi  bir  urug’li  va 
danakli  mevalarni  yevropacha  qoida  bo’yicha  iste’mol  qilishning  o’ziga 
xos xususiyatlari ko’rib chiqilgan. 
 
Olma,  nok  kabi  katta  o’lchamli  urug’li  mevalar  shaxsiy  tarelkalarga 
qo’l  bilan  olinadi  va  iste’mol  qilishdan  oldin  ularga  qo’shimcha  ishlov 
berishda  individual  pichoq  va  sanchqilardan  foydalaniladi.  Uning  uchun 
desert laganchalar ustida desert pichoq yordamida to’rt bo’lakka bo’linadi 
va  urug’i  urug’doni  bilan  olinib  tashlanadi.  Keyin  har  bir  bo’lakchasi 
po’stlog’idan  tozalanadi  va  kichik  bo’lakchalarga  bo’linadi.  Bo’lakchalar 
sanchiqi yordamida olib iste’mol qilinadi.  
 
Sitrus  mevalari  ham  umumiy  idishdan  individual  laganchalarga  qo’l 
bilan  olinadi  va  keyin  ularga  qo’shimcha  ishlov  beriladi.  Uning  uchun 
apelsin  mevasining  ustidagi  po’sti  desert  pichoq  yordamida  aylana 
shaklida  kesib  olinadi  va  kesilgan  tomonidan  pastga  qaratib  pichoq  bilan 
kesiklar qilinadi. Keyin esa qo’l va pichoq yordamida pusti olib tashlanadi 


 
 
102 
va  pallachalarga  ajratiladi.  Pallachalar  esa  qo’l  yordamida  olib  iste’mol 
qilinadi.  Mandarin  esa  qo’l  yordamida  shaxsiy  desert  lagan  ustida 
po’stlog’idan  tozalanadi  va  pallalarga  ajratiladi.  Ular  pallalari  ham  qo’l 
yordamida  olib  iste’mol  qilinadi.  Limonning  po’stlog’i  ham  desert 
lagancha  ustida  qo’l  bilan  tozalanadi.  Keyin  shaxsiy  desert  pichoq  bilan 
bo’lakchalarga kesiladi va desert sanchqi yordamida olib iste’mol qilinadi. 
 
O’rik,  shaftoli  va  olxo’ri  kabi  danakli  mevalar  ham  umumiy 
idishlardan shaxsiy desert laganchalarga qo’l bilan olinadi. Keyin mevalar 
chizig’i  bo’yicha  kesik  qilinadi  va  qo’l  yordamida  ikki  pallaga  ajratilib, 
danaklari olib tashlanadi. Danaksiz meva pallalari qo’l bilan olib iste’mol 
qilinadi. 
 
Anor  ham  umumiy  idishlardan  qo’l  bilan  olinadi.  Keyin  shaxsiy 
desert lagan ustida, xuddi mandarindek, po’stlog’idan aylana kesib olinadi 
ko’ringan  qatlam  bo’yicha  pastga  qaratib  anorning  po’stlog’i 
donachalarigacha  kesiladi  va  ikki  qo’l  yordamida  anor  mevasi  po’stlog’i 
bilan pallalarga bo’linadi. Pallalarga bo’lingan anor donachalari qo’l bilan 
olib iste’mol qilinadi. 
 
Amalda  qabul  qilingan  etiket  qoidalariga  ko’ra  mayda  danakli, 
urug’li  va  urug’siz  mevalar  (gilos,  olvoli,  tut,  qulupnay  kabilar)  umumiy 
idishlardan  asosan  umumiy  instrumentlar  yordamida  olingandan  keyin 
shaxsiy  laganchadan  shaxsiy  desert  qoshiq  bilan  olib  iste’mol  qilinadi. 
Mevalar  danagi  va  urug’i  yutilmasligi  va  desert  laganchasining  bir 
chekkasiga  chiqarib  qo’yilishi  kerak.  Uning  uchun,  boshqalarga 
sezdirmasdan  ular  og’izdan  desert  qoshig’iga  olinadi  va  maxsus  yoki 
umumiy desert laganchasining bir chekkasiga qo’yiladi. 
 
Yevropa  mamlakatlari  restoranlarida  qovun  va  tarvuz  etlari 
xo’randalarga  po’choqsiz  beriladi.  Iste’molchi  o’zining  desert  pichog’i 
yordamida  tarvuzning  urug’larini  etidan  ajratib  olib  tashlaydi.  Tarvuz  eti 
va  qovun  desert  lagancha  ustida  mayda  bo’lakchalarga  kesiladi.  Keyin 
desert sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. 
 
Ma’lumki, 
Markaziy 
Osiyo 
respublikalari 
restoranlarida 
mehmondo’stlik  ziyofatlarida  qovun va  tarvuzlar  bo’lakchalarga  bo’linib, 
po’chog’i bilan beriladi. Bunday hollarda ham ularning eti desert sanchqi 
yordamida iste’mol qilinadi. 
 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish