T. Xudayshukurov


Umumiy  idishlarda  berilgan  gazak  va  mahsulotlarni  iste’mol



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

12.7.Umumiy  idishlarda  berilgan  gazak  va  mahsulotlarni  iste’mol 
qilish qoidalari  
 
 
Bundan oldingi bandda har bir odam oldiga qo’yilgan taom,  issiq va 
sovuq  ichimliklarni  iste’mol  qilishning  umumiy  qoidalari  ko’rib  chiqildi. 
Lekin tanish kishilar bilan birga restoranlarga ovqatlanish uchun borganda 
va  uy  sharoitida  tashkil  qilingan  ziyofatlarda  aksariyat  gazak  va 
mahsulotlar  4  –  6  kishiga  mo’ljallanib  umumiy  idishlarda  stol  ustiga 
qo’yiladi.  Ushbu  bandda  umumiy    qo’yilgan  gazak  va  mahsulotlarni  olib 
yeyishning asosiy qoidalari qo’rib chiqiladi. 
 
Umumiy  berilgan  gazak  va  tayyor  mahsulotlarning  aksariyatiga 
ularni  olish  uchun  umumiy  instrumentlar    beriladi.  Umumiy  instrument 
berilgan  taom  va  gazaklarni  bevosita  umumiy  idishlardan  iste’mol  qilish 
mumkin  emas.  Umumiy  idishlardan  mahsulotlarni  umumiy  instrumentlar 
yordamida  har  bir  kishi  o’ziga  qarashli  laganga  oladi  va  keyingina 
individual instrumentlar yordamida iste’mol qiladi. Umumiy instrumentlar 
berilmagan mahsulot shaxsiy lagan va likoplarga qo’l yordamida olinadi. 
 
Umumiy  idishlardan  shaxsiy  idishlarga  qo’l  yoki  umumiy 
instrumentlar  yordamida  olish  mahsulotlarning  turiga  bog’liq  bo’ladi. 
Masalan,  nok  va  olma  kabilar  umumiy  idishdan  qo’l  bilan  olinadi,  lekin 
uni har bir kishi kichik bo’lakchalarga  o’zining idishi ustida bo’lib,  keyin 
iste’mol  qiladi.  Sharqona  etiket  qoidalariga  ko’ra  non,  umuman  hamma 
mahsulotlar,  faqat  o’ng  qo’l  bilan  olinadi;  xuddi  shuningdek,  umumiy 
idishda  berilgan  katta  o’lchamli  buterbrodlar  ham  shaxsiy  idishlarga  qo’l 
bilan  olinadi  va  kichik  bo’lakchalarga  shaxsiy  pichoq  bilan  bo’linib,  qo’l 
bilan  ushlab  iste’mol  qilinadi;  buterbrodlarga  maxsus  umumiy  kurakcha 
ham berilishi mumkin. 
 
Umumiy  idishda  berilgan  salat  va  pashtetlar  ham  umumiy 
instrumentlardan  foydalanib  xo’randaning  individual  idishiga  olinadi  va 
keyin  individual  instrumentlar  (sanchqi,  pichoq)  yordamida  iste’mol 
qilinadi.  Xuddi  shuningdek,    umumiy  laganda  kesib  berilgan  kolbasalar 
ham umumiy sanchqi yordamida iste’molchi tarelkasiga olingandan keyin, 
shaxsiy likopchada  o’zining sanchqisi va pichog’i yordamida kesilib, non 
bo’lakchalari ustiga qo’yilib iste’mol qilinadi. 
 
Ba’zi  bir  paytlarda  tayyor  buterbrod  o’rniga  umumiy  idishlarda 
alohida  sariyog’,  ikra  va  non  beriladi.  Bunday  holda  buterbrodni 
xo’randaning o’zi tayyorlaydi. Uning uchun shaxsiy tarelkalarga sariyog’, 
ikra  umumiy  idishlardan  ularga  berilgan  umumiy  pichoqlar  yordamida, 
non  esa  qo’l  bilan  olinadi.  Shaxsiy  tarelkalarda  xo’randalar  o’zining 


 
 
100 
pichog’i  yordamida  yog’  va  ikrani  nonning  yostiga  surtib  buterbrod 
tayyorlashadi. 
Tayyor 
buterbrod 
shaxsiy 
pichoq 
bilan 
kichik 
bo’lakchalarga  kesilib  qo’l  yoki  shaxsiy  sanchqi  yordamida  iste’mol 
qilinadi. 
 
Kattaroq  bo’lakchalarga  kesilgan  va  ustidan  sardoq  quyilgan 
dudlangan  baliq,  keta  va  semga  kabi  dudlangan  baliq  go’shtlari  ham 
umumiy idishlardan xo’randalar shaxsiy laganlariga umumiy instrumentlar 
(maxsus  kurakcha,  sanchqi)  yordamida  olinadi  va  keyin  shaxsiy  laganlar 
ustida kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Amaldagi xalqaro etiket qoidalariga 
ko’ra,  ular  kichik  bo’lakchalarga  pichoq  yordamida  emas,  shaxsiy 
sanchqilar yordamida maydalanadi. 
 
Xo’l  sabzavot,  meva  va  ko’katlar  vitaminlarning  asosiy  manbai 
ekanligi  hisobga  olinib,  oxirgi  yillarda  ularni  maydalamasdan  yuvib, 
umumiy  idishlarda  stol  ustiga  qo’yish  qoidasi  shakllangan.  Xo’l  meva, 
sabzavot  va  ko’katlar  ham  shaxsiy  tarelkalarga  qo’l  yordamida  olinadi. 
Sabzavotlar  va  mevalar  shaxsiy  laganchalarda  kesilib,  bo’lakchalarga 
bo’lingandan  keyin  sanchqi  yordamida,  ko’katlar  esa  maydalanmasdan 
qo’l bilan olib iste’mol qilinadi. Shuningdek, murabbo, povidlo, jem kabi 
shirinliklar  ham  umumiy  idishdan  shaxsiy  likopchaga  umumiy  pichoq 
bilan  olinadi  va  keyin  shaxsiy  pichoq  yordamida  kesilgan  non 
bo’lakchalari ustiga surtilib, qo’l bilan ushlab iste’mol qilinadi. 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish