T. Xudayshukurov


 Ziyofat stolini bezatish qoidalari



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

12.3. Ziyofat stolini bezatish qoidalari  
 
 
Ma’lumki, mehmondo’stlikka kelgan kishilar bundan oldingi bandda 
ko’rsatilgan  tartibda  o’z  joylarini  oldindan  bezatilgan  ziyofat  stollari 
atrofida  egallaydi.  Bezatilgan  ziyofat  stoli  deganda  ustiga  dasturxon 
to’shalgan,  zaruriy  barcha  idish–tovoqlar,  ichimlik  ichish  idishlari, 
ovqatlanish  instrumentlari,  ziravorlar,  salfetkalar  va  gullar  qo’yilgan  stol 
tushuniladi. 
 
Restoranlarda  ziyofat  stollarini  maxsus  bilimga  ega  bo’lgan  va 
dizayn  talablaridan  xabardor  mutaxassis  xodimlar  bezatadi.  Lekin 
mehmondo’stlik doimo restoranlarda tashkil qilinmaydi, u ofislarda, uyda 
va    sayr  qilib  dalaga  chiqgan  joylarda  ham  tashkil  qilinishi  mumkin. 
Ofislarda, dalaga sayr qilish joylarida va uy sharoitida mehmon kutadigan 
biznesmenlar aksariyat hollarda stolni o’zlari bezatishadi. Shu sababli ham 
har  bir  biznesmen  ziyofat  stolini  bezatishdan  xabardor  bo’lishi  shart. 
Ko’rsatilgan sabablarga ko’ra ziyofat stollarini bezatish bo’yicha qisqacha 
ma’lumot berish maqsadga muvofiq deb topildi. 
 
Ziyofat  stoli  nafis  bezatilgan  bo’lishidan  tashqari  uning  ustiga 
to’shaladigan  dasturxon,  qo’yiladigan  idish–tovoqlar,  ichimlik  idishlari, 
ovqatlanish instrumentlari va xizmat ko’rsatishda foydalaniladigan barcha 
inventar  va  instrumentlar  toza  yuvilgan  bo’lishi  va  sanitariya  talablariga 
to’liq javob berishi shart. 
 
Ustiga  qo’yiladigan  idish–tovoqlar,  ichimliklar  idishlari  va  boshqa 
inventarlarning bir–birlariga tiqilib qolmasligini bartaraf qilish maqsadida 


 
 
88 
bezatish uchun kengroq standart stol tanlanadi. Uning ustiga to’shaladigan 
dasturxon kraxmallangan va juda ham yaxshi dazmollangan bo’lishi kerak. 
 
Ziyofat  stoli  quyida  ko’rsatilgan  tartibda  bezatiladi.  Avval  polga 
qimirlamaydigan  qilib  o’rnatilgan  va  tozalangan  stol  ustiga  dasturxon 
solinadi.  Uning  markaziy  taxi  stolning  markaziy  o’qiga  to’g’ri    kelishi, 
uchlari  esa  stol  qopqog’idan  25  –  30  sm  pastga  tushib  turishi  lozim. 
Furshet  stolini  bezatishda  dasturxonning  pastga  tushib  turgan  uchidan 
polgacha  (yergacha)  bo’lgan  masofa  5  –  10  sm  dan  ko’p  ham    kam  ham  
bo’lmasligi kerak. 
 
Stol  atrofidagi  joylar  mehmonlar  uchun  tor  bo’lib  qolmasligini 
hisobga  olib,  har  bir  mehmonga  mo’ljallab  60  –  70  sm  joy  ajratiladi  va 
shunga  qarab  stullar  o’rnatiladi.  Qo’yilgan  har  bir  stul  o’rtasining 
qarshisida stol chekkasidan 2 sm joy qoldirib, ustidan taom solingan idish 
qo’yiladigan katta yassi lagan va uning ustidan diametri 20 sm. lik gazak 
uchun lagan qo’yiladi. Uning chap tomonidan 5 – 15 sm masofada pirojka 
tarelkasi  joylashtiriladi.  Uning  markaziy  o’qi  ustiga  taom  idishi 
qo’yiladigan  laganning  markaziy  o’qiga  yoki  stol  chekkasidan  2  sm 
masofaga  to’g’rilab  o’rnatiladi.  Restoran  va  mehmondo’stlik  qilishda 
ishlatiladigan laganlar turlari rasmda 1 da ko’rsatilgan. 
 
Keyin  gazak  yoki  pirojka  likopchasining  ustiga  har  xil  shaklda 
buklangan mato salfetka (rasm 2) qo’yiladi.  
 
Ustiga  taom  solingan  idish  qo’yiladigan  yassi  laganning  o’ng 
taomnida 0,5 sm masofada tig’i laganga qaratilgan holda pichoqlar va chap 
tomonida  xuddi  shunday  masofada  tishi  osmonga  qaratib  sanchiqlar 
joylashtiriladi. Pichoq sanchqi va qoshiqlar soni ziyofat stoliga beriladigan 
taomlar  turi  va  sonlariga  bog’liq  bo’ladi.  Pichoq  va  sanchiqlar  o’z 
navbatida  quyidagi  tartibda  qo’yiladi:  tarelkaning  o’ng  tomonidan  go’sht 
va baliq taomlari uchun pichoqlar, keyin esa gazaklar uchun pichoq, chap 
tomonida  esa  ketma–ket  (tarelkadan  boshlab)  go’sht,  baliq  taomlarini  va 
gazaklarni  iste’mol  qilish  sanchiqlar  qo’yiladi.  Agar  birinchi  taom  stolga 
tortilishi  kerak  bo’lsa,  gazak  va  baliq  taomini  iste’mol  qilish  pichoqlari 
o’rtasiga  osh  qoshig’i,  agar  bulon  yoki  pyuresimon  sup  berilishi  nazarda 
tutilgan bo’lsa, osh qoshig’ining o’rniga desert qoshig’i joylashtiriladi.  
 
Ziyofat  stoli  ustiga  qo’yiladigan  desert  priborlar  soni  mehmonlarga 
beriladigan  faqat  desert  taomlar  soniga  bog’liq  bo’ladi  va  ular  ham  stol 
ustida joylashtiriladi. Agar desert (shirin taom) sifatida mehmonlarga faqat 
kompot  taklif  qilinadigan  bo’lsa,  uning  uchun  desert  qoshiq  ustiga  taom 
solingan  idish  qo’yiladigan  yassi  laganning  orqa,  ya’ni  qarama–qarshi, 
tomonida  stol  chekkasiga  parallel  holda  dastasi  o’ng  tomonga  qaratilib 


 
 
89 
qo’yiladi.  Agar  mevalar  ham  berilsa,  ularni  iste’mol  qilish  uchun  zarur 
bo’lgan  disert  qoshiq  va  sanchiqi  ham  kompot  yoki  muzqaymoq 
qoshig’ining  orqa  tomonida  birin–ketin  holda  joylashtiriladi:  desert 
sanchqisi chap tomonda bandi (dastasi) bilan chap qo’l, desert pichoq esa 
dastasi  (bandi)  bilan  o’ng  qo’l  tomonga  qo’yiladi.  Taom  iste’mol  qilish 
instrumentlari turlari rasm 3 da ko’rsatilgan 
 
Ikkinchi go’sht va baliq taomlari, gazaklar, birinchi va shirin taomlar 
uchun  priborlar  qo’yilgandan  keyin  ichimliklar  uchun  quyidagi  tartibda 
idishlar qo’yiladi: mehmonning chap qo’li tomonidan unga qaratib birinchi 
qatorda  aroq  uchun  ryumka,  keyin  vino  uchun  ryumka,  mineral  va  meva 
suvlari  uchun  fujer,  ikkinchi  qatorda  ko’rsatilgan  tartibda  oq  osh  vinosi 
uchun reynvey ryumkasi, qizil osh vinosi uchun laft ryumkasi va shampan 
vinosi uchun bakal.   Mehmonning  chap  qo’li  tomonidan  sanchiqilar 
qarashisida tuz va ziravorlar solingan pribor qo’yiladi. 
 
Mehmoning  chap  qo’li  tomonida  ziyofat  stoli  chekkasidan  4  sm 
qoldirib,  ustiga  kofe  yoki  choy  uchun  chashka  qo’yilgan  likopcha 
joylashtiriladi.  Likopcha  ustidagi  chashka  dastasi  (bandi)  mehmonning 
chap  qo’li  tomoniga  qaratilgan  bo’lishi  kerak.  Likopchaning  ustiga 
chashkaning o’ng tomonidan desert qoshig’i joylashtiriladi.  
 
Kofe yoki choy likopchasining o’ng tomonida pirojnoye yoki pirogni 
iste’mol qilish uchun zarur bo’lgan desert qoshiq yoki sanchqi qo’yiladi. 
 
Yuqorida  ta’kidlangan  tarzda  bezatilgan  ziyofat  stolining  tasviri  
rasm 4 da keltirilgan. 
 
 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish