T. Xudayshukurov


 Biznes va mehmondo’stlik



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

12. Biznes va mehmondo’stlik 
12.1. Mehmondo’stlik va uning biznesmenlar uchun ahamiyati 
 
 
Mehmondo’stlik  biznes  faoliyatining  asosiy  elementlaridan  biri 
bo’lib, biznes aloqalari mustahkamlanishining va biznesmen ishi tez bitish 


 
 
83 
garovi  hisoblanadi.  Bunday  deyishning  boisi  shundaki,  birinchidan, 
aksariyat  biznes  masalalari  bugungi  kunda  ovqatlanish  stoli  atrofida  hal 
qilinadi;  ikkinchidan,  hamkorlar  bilan  tanishishda,  bitimlar  tuzilgandan 
keyin  yoki tuzilish  arafasida hamda  hamkorlar xayrlashishida ovqatlanish 
stoli  atrofida  uchrashiladi.  Bundan  tashqari  o’zbeklarning  “Yegan  og’iz 
uyalar”  degan  dono  gapi  bor.  Bu  degani  biznesmenni  mehmon  qilgan 
korxonadan kelgan kishilarni javob tariqasida mehmon qilish kerak degan 
ma’noni  bildiradi.  Mehmondo’stlik  ba’zi  bir  millatlarga  xos  asosiy 
xususiyatlardan biri hisoblanadi. O’zbeklar ana shunday xalqar turkumiga 
kiradi.  Bunday  millatlar  vakili  bo’lgan  biznesmenlar  o’zlarining 
faoliyatiga  aloqador  bo’lgan  kishilarni  hyech  qanday  sababsiz  ham 
mehmonga taklif qilishadi. 
 
Yuqorida 
ta’kidlab  o’tilgan  fikrlardan  ko’rinib  turibdiki, 
mehmondo’stlik  qilish  sabablari  juda  ham  ko’p  va  biznesmen  faoliyatiga 
xos  xususiyatlardan  biri  hisoblanadi,  chunki  mehmondo’stlik  qilishning 
biznesmenlar  uchun  ahamiyati  juda  ham  katta:  birinchidan,  ovqatlanish 
davrida bo’lajak hamkorlar bir–birlarining fe’l–atvorlarini, muomala qilish 
uslubini  o’rganishadi;  ikkinchidan,  bo’lajak  hamkorlar  o’rtasida  shaxsiy 
aloqalarning  mustahkamlanishiga  imkon  beradi;  uchinchidan,  bir–
birlarining  tashqi  ko’rinishiga,  stol  atrofida  o’tirishiga  va  o’zini  tutishiga, 
ovqatlanishiga,  muomala  qilishiga  va  yurish  –  turishiga  qarab  bo’lajak 
hamkor  mansub  bo’lgan  millatning  va  biznesmenning  madaniyati 
to’g’risida  ma’lum  bir  fikrlar  shakllanadi  va  ular  kelajakda  hamkorlik 
ishlarini olib borishda fundament bo’lib xizmat qiladi. 
 
Rus  xalqining  “Ovqatlandi  va  yuragi  yumshadi”  degan  ajoyib  bir 
maqoli  bor,  chunki  yaxshi  kampaniyada  ovqatlanishda  odam  bahra  oladi, 
ko’ngli  yoyiladi,  bir–birlariga  bo’lgan  izzat–hurmati  oshadi,  bir–birlariga 
ishonch paydo bo’ladi, uning natijasida dil yumshaydi. Shu sababdan ham 
hamkorlik  masalalari  tez  yechiladi.  Agar  siz  mehmondo’stlik  davrida 
bo’lajak  hamkorlaringiz  va  o’rtoqlaringizda  o’zingiz,  millatingiz  hamda 
davlatingiz madaniyati to’g’risida ijobiy taassurot qoldirmoqchi bo’lsangiz 
mehmondo’stlik qoidalarini yaxshi bilishlaringiz shart. 
 
Mehmondo’stlikning  etik  poydevorini  mehmonlarni  mansabiga, 
jinsiga va yoshiga qarab ovqatlanish stoli atrofida o’tirg’izish, stol atrofida 
o’zini  tutish,  taomni  bevosita  iste’mol  qilish,  taom  iste’mol  qilish 
instrumentlaridan  va  salfetkalardan  foydalanish  hamda  mehmonlarga 
xizmat  ko’rsatish  qoidalari  tashkil  qiladi.  Ushbu  bobning  kelgusi 
bandlarida ko’rsatilgan qoidalarning asosiylari ko’rib chiqiladi. 
 


 
 
84 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish