standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta’lim
muassasalari
uchun majburiydir,
Oliy ta’limning Davlat ta'lim standartlari - ta’limning bakalavriat
muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘yiladigan
malaka
talablari,
ta’lim
mazmuni,
bakalavr
yoki
magistr
tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash
sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasidir. Oliy
ta’limning DTS o‘quv jarayonini, ta’lim
muassasalari faoliyatini,
kadrlar, darslik va o‘quv qo'llanmalari tayyorlash sifatini baholashni
tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (bakalavriyat ta’lim
yo'nalishlari va magistratura mutaxxasisliklari uchun Davlat ta’lim
standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturi va boshqalar)
yaratish uchun asos hisoblanadi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga kadrlar tayyorlash
milliy dasturi bosqichlarini
amalga oshirish jarayonida, shuningdek
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat
ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya
va mehnat yutuqlari, kadrlar
tayyorlash borasida jahon tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda
tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Muayyan bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi
davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
- zarvaraq (titul);
-
mundarija;
-bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining
umumiy tasnifi;
-b a k alav r yoki magistr tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
talablar:
- t a ’lim dasturi mazmuni va komponentlari;
- kadrlar tayyorlash sifatini baholash.
0
‘qish jarayoni tashkiliy va uslubiy shakllardangina iborat bo'lib
qolmasdan, u keng va ko'p qirralidir: o'quv rejalari, o'quv dasturlari,
dars
jadvallari, nazorat sinovlari, maslahatlar, turli xil tajriba va
boshqa shu kabilarni ham qamrab oladi. Uning har bir boiagi o'z
mazmuni va yo'nalishiga egadir.
->?
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim oldida
shakl va mazmunni birga
qo‘shib borishning samarali yoilarini izlab topish va uni o‘qish
jarayoniga joriy qilish vazifasi turibdi. Ana shunday imkoniyatlardan
biri o‘qitish jarayonini ilmiy asosda tashkil etishdan iborat bo'lib, u
g‘oyaviy jihatdan mustahkam fikr yurita oladigan yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlab yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.
0
‘quv rejasi davlat hujjati bo‘lib, o‘quv ishlari tartibi, mazmuni,
shakllari (turlari)ni aniq belgilab
berishda, shuningdek, talabalarning
bilimini nazorat qilish hamda baholashda alohida ahamiyatga egadir.
0
‘quv rejalari davlat ta’lim standartlari asosida tuziladi.
0
‘quv
rejasida nazariy va amaliy, ta’tillar, malakaviy amaliyotlar, BMI
(bitiruv malakaviy ish)lar, davlat atestatsiyasi va ta’til
jarayonlarni
olib borish va o‘tkazishning muddatlari aniq ko‘rsatiladi.
0
‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich kurslarda ko‘proq umumiy
fanlar o‘qitiladi, yuqori kurslarda esa mutaxassislik bo‘yicha
ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
0
‘quv rejalari
asosida tegishli kafedralar tomonidan ishchi o‘quv rejalar ishlab
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: