Auditoriyada tinglovchilarga yetkaziladigan o‘quv material
larining yo‘nalishi va ularni talabalar qabul qilib olishi turlicha
xarakterda bo'ladi. Bu, so‘zsiz,
talabalarning umumiy bilimi,
o‘rta maktabdagi va o‘rta maxsus ta’limdagi mashqi, ularga ta’lim
bergan o‘qituvchilarning mahoratiga bogliqdir. Chunki ular oliy
maktabgacha bilim asoslarini egallagan boiadi.
0
‘qituvchi ma’ruza o‘qir ekan, talabalarga mavjud materiallarni
yetkazish bilan birga, ularga ba’zi vazifalarni berib, kutubxona,
laboratoriya va arxivlarda yoki internetda ishlash uchun yo‘llanma
berishi ham kerak.
Talabalar oliygohda 4-yil ta’lim oladilar. Ularga birinchi kursdan
boshlab
ma’ruza
o‘qiladi.
Talabalar ma’ruzalarni tinglaydilar
va konspektlashtirib boradilar. Har bir talaba ma’ruzani yaxshi
o‘zlashtirib olishi uchun uning quyidagicha bosqichlariga rioya
qilishi
lozim: ma’ruzani tinglash, uni konspektlashtirish va yozib olingan
tekstni o‘rganish - qayta ishlab chiqish. Talabalar bu davrda ko‘p
narsalarni egallaydilar. Ular mustaqil fikrlaydigan, masalalarni to‘g‘ri
hal eta oladigan bo'lib boradilar. Shuning uchun yuqori kurslarda
an’anaviy ma’ruzalar bilan bir qatorda, ma’ruza-suhbat, ma’ruza-
munozara kabilarni tajriba qilib ko‘rish foydadan xoli boTmaydi.
Chunki talabalar ta’lim jarayonida ko‘p narsalarni o‘qiydilar, ko‘proq
mustaqil ishlab, dasturdagi va dasturdan tashqari materiallarni
o‘zlashtirib oladilar. Shuning uchun ham ma’ruzada ayrim masalalarni
o‘rganishni talabalarning o‘zlariga havola etish o‘rinli boTadi. Shunday
yo‘l bilan muammoli ma’ruza yuzaga keladi.
Talabalar ma’ruza tinglayotganlarida ma’ruzachi tomonidan
beriladigan
materiallarni diqqat bilan,
avvalo, tarixiy-davriy
materiallarni, undagi tarixiy voqealarni o‘tmish tarixida ayrim
shaxslarning rolini, diagramma va sxema materiallarini, miqdoriy
ko‘rsatkichlarni, ko‘chirmalarni aniq manzili bilan yozib borishlari
kerak. Ma’ruza davomida talabalar barcha imkoniyatlardan (ko‘rish,
eshitish, yozib olish kabi) mumkin qadar toTaroq foydalanishga
erishishlari zarur. Ma’ruzani yozib olishda hamma o‘quv qurollar,
asboblari - daftar, ruchka, qalam, musavvirlik va chizmachilik
27
uchun zarur bo‘lgan materiallar taxt qilib qo‘yiladi.
Stolda ortiqcha
narsalar bo‘Imasligi kerak. Talabadan ma’ruza davomida aytilgan
fikrlar va materiallarning hammasini sabr-toqat bilan tinglash
va eslab qolishga harakat qilish talab qilinadi. Yuqorida aytilgan
tayyorgarlik ishlari tinglovchilarga katta ruhiy-fiziologik kayfiyat
baxsh etadi.
Ma’ruza talabalarni tarbiyalashning muhim usullaridan biri
hisoblanadi. Darsxonada o‘qituvchi o‘zining jonli nutqi va ko‘rgazmali
qurollari, zamonaviy texnik vositalar bilan tinglovchilarga ilmiy
tafakkur qilishning asl mohiyatini ochib beradi, talabalarning
dunyoqarashini
kengaytiradi, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini
va o‘quv madaniyatini oshiradi. Gap iandagi ilg‘or tajribalar, so'nggi
yangiliklarni tinglovchiga yetkaza oladigan, o'zining ilmiyligi va
pishiqligi bilan uzoq vaqtgacha esda saqlab qoladigan ma’ruzalar
haqida borayapti. Ma’ruza o‘qituvchilar bilan talabalarning aloqasini
mustahkamlaydi. Bu jarayon seminar, amaliy va laboratoriya
mashg'iilotlarida davom ettiriladi,
ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs
va BMI larini bajarishda yuqoridagi aloqalar yanada mustahkamlanadi
va mustahkamlashib boradi. Talabalarga ma’ruza o‘qish va amaliy
mashg‘ulotlarni o'tkazishda oliy maktab hayotidagi tajriba ham
nazariy ham amaliy jihatdan umumlashtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: