O’QUV-USLUBIY MAJMUA FIZIKA
––––––––––––––––––––––––––––––{ 312 }––––––––––––––––––––––––––––––
5 – rasm. Xlorli tseziy moddasining yutilish spektri.
Bu rasmda spektrning ultrabinafsha qismi tasvirlangan. Egri chiziq cho‘qqilari
yutilish sohalariga tegishlidir.
Tiniq jismlarda, spektrning ko‘zga ko‘rinadigan qismida, yutilish sohalari bo‘lmaydi,
ultrabinafsha va infraqizil sohalarida yutilish kuzatiladi. Yorug‘lik spektrining ko‘zga
ko‘rinadigan qismida yutilish sohalari jismning rangini bildiradi. Masalan, qizil shisha qizil
nurlarni deyarli yutmaydi va qolgan nurlarni yaxshi yutadi. Shuning uchun, qizil shishani oq
nur bilan yoritsak, qizilga o‘xshaydi, Yashil nur bilan yoritsak qora, ya’ni Yashil nurga
tiniqmasligini ko‘rsatadi.
Metallar, ko‘p erkin elektronlarga ega bo‘lgani uchun, yorug‘likni kuchli yutadi,
elektronlar esa yorug‘lik to‘lqinining o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’sirida, amplitudasi
katta bo‘lgan tebranma harakatga keladilar. Elektronlarni tebranma harakatga keltirish uchun
zarur bo‘lgan energiya, yorug‘lik to‘lqinining energiya zahirasidan sarflanadi. Ammo
tebranayotgan elektronlar ham shu chastotalarda to‘lqin nurlatadi, bu esa yorug‘likning
qaytishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, metallar yorug‘likni kuchli yutadi va kuchli sochadi. Yarim
o‘tkazgichlar yorug‘likni kamroq yutadilar, dielektriklar esa undan ham kam yutadilar.
Yorug‘lik to‘lqinlarining, muhit atomlari elektronlari bilan o‘zaro
ta’sirlashuvida, elektronlar tebranma harakatga kelib yorug‘lik chiqaradilar. Tabiiy nurlarda
tebranishlarning
barcha
yo‘nalishlari
teng
ehtimolli
bo‘lganligi
uchun,
atomlar
chiqarayotgan yorug‘lik barcha yo‘nalishlarda sochilishi mumkin. Agarda muhit atomlari bir
tekis taqsimlangan bo‘lsa, sochilgan nurlar kogerent bo‘ladilar va interferentsiya tufayli bir-
birini yo‘qqa chiqaradilar. Bu holda muhit optik jihatdan bir jinsli bo‘lib, nurlarni
sochmaydi.
Agarda, muhitda zarrachalar tartibsiz taqsimlansalar, u holda, ular sochgan yorug‘lik
nokogerentdir va sochilish barcha taraflarda o‘rinli bo‘ladi. Ammo, amalda, kimyoviy bir
jinsli bo‘lgan muhit molekulalari ham, issiqlik harakati va betartib hosil bo‘lgan quyuqlik
yoki siyrakliklar hisobiga nur sochadilar.
Agarda, bir jinsli bo‘lmagan quyuqlik yoki siyrakliklar o‘lchamlari to‘lqin uzunligiga
nisbatan kichik bo‘lsa, u holda istalgan yo‘nalishdagi sochilgan yorug‘lik jadalligi
tushayotgan to‘lqin uzunligiga quyidagicha bog‘langan bo‘ladi (Reley qonuni):
Do'stlaringiz bilan baham: |