T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Alohidalik,  xususiylik,  umumiylik



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Alohidalik,  xususiylik,  umumiylik. 
Ular  narsa  va  hodisalar­
ning  rivojlanish  jarayonidagi  makon-zamon  munosabatlarini 
konkret  tarzda  namoyon  qiladi.  Umumiylik  -   olamdagi  alohi­
da,  individual  tarzda  namoyon  bolayotgan  narsa-hodisalarning 
turfa,  xilma-xil  umumlashtiruvchi  xossa  hamda  xususiyatlar- 
ning  mushtaraklashgan  holda  namoyon  bolishidir.  Alohidalik 
va  umumiylik  o‘rtasidagi  bog‘lanish,  aloqadorlik  va  munosa­
bat  «xususiylik»  kategoriyasi  orqali  ifodalanadi.  Birinchidan, 
bu  kategoriyalarning  mazmuni  olamning  birligi,  ularning 
mantiqiy  ifodasi  konkretlik  bo‘lib  hisoblanadi.  Ikkinchidan, 
«alohidalik»,  «xususiylik»,  «umumiylik»  narsa  va  hodisalarning 
makon-zamon  konkretligini  ifodalaydigan,  nisbatan  mustaqil 
mantiqiy  tushunchalar  tarzidagina  namoyon  b o lish i  mumkin. 
Zero,  ularning  nisbatan  mustaqilligi,  ichki birligining  namoyon 
bo‘lish  shaklidir.
Falsafiy  adabiyotlarda,  bilishning umumiy tendensiyasini  alo- 
hidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish 
tarzida  yoki  aksincha,  izohlash  keng  tarqalgan.  Vaholanki,  fal­
safiy bilishning  asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohida- 
likning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan ibo- 
ratdir.  Masalan,  bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o lish  jamiyat 
taraqqiyotining  umumiy  qonuniyati  b o lsa  ham,  bu jarayon  turli 
ijtimoiy-tarixiy  makon  va  zamonda  har  bir  davlat  uchun  o‘ziga 
xos bolgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan 
farqini  aniqlash  asosida,  maxsus  usul va vositalarini  qollash bo­
zor strategiyasi va taktikasining  milliy xususiyatlarini belgilashga 
yordam beradi.
Alohidalik  yoki,  ba’zi  falsafiy  adabiyotlarda  ko‘rsatilganidek, 
yakkalikni  muayyan  xossa  hamda  xususiyatga  ega  bolgan  narsa 
va  hodisalarning  makon  va  zamondagi  chegaralangan  konkret 
holati,  boshqacha  qilib  aytganda,  har  qanday  hodisa  va  narsa- 
ning  ichki  sifat  muayyanligi,  individualligi  deyish  mumkin.
Antik  falsafada  alohidalik  kategoriyasining  mazmuni  muay­
yan  turg‘unlikka  ega  bolgan  birlik  sifatida  qaralgan  (Aflotun,
124


Arastu).  Hegel,  alohidalikni  voqealarning  zaruriy  shakli,  makon 
va  zamondagi  tafovutlarning  namoyon  b o lish  momenti  sifatida 
qaraydi.
Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik  masalasida  alohida- 
likning  umumiylikdan  farqini  mutlaqlashtirish  natijasida  muay­
yan  qarashlar  vujudga  kelishi  mumkin  (bu  haqda  «Osiyotsen- 
trizm»  va  «Yevropatsentrizm»  to‘g‘risida  eslash kifoya).
Vaholanki,  umuminsoniyat  sivilizatsiyasining  tadrijiy  rivojla- 
nishida muayyan ichki birlik mavjud bolib, madaniyat tarixida har 
bir xalq,  millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi.  Shuning 
uchun  umuminsoniyat  sivilizatsiyasi  tarkibidagi  milliy  madani- 
yatni  mutlaqlashtirish,  muayyan  siyosiy  manfaatlarga  asoslangan 
bolib,  buyuk davlatchilik,  shovinistik  qarashlardan boshqa narsa 
emas.  Bu XX asrning  30-yillarida fashizm  mafkurasini shakllan- 
tirgan  asosiy  sabablardan  biri  edi.
Alohidalikni,  umumiy  qonuniyatlar  tarkibidagi,  elementlar- 
ning  individual  rivojlanish  jarayoni  sifatida  olib  qarash  kerak. 
Chunki  har  qanday  umumiylik,  dastlab  voqelikning  alohidaligi 
tarzida  vujudga  keladi.  Shunga  k o la,  har  qanday  sistema  o‘z 
tarkibidagi nisbatan yangi,  alohida hodisalarning individual rivoj- 
lanishisiz  sodir  b o la   olmaydi.  Shunday  qilib,  alohidalik  voqelik 
rivojlanishining xilma-xil  shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa  va  hodisalarda  alohidaliklarning  konkret  xususiyatlari 
oltasidagi  boglanishlar,  bir  tomondan,  umumiylikni  namoyon 
qilish bilah bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham 
belgilaydi.  Ikkinchi  tomondan  esa,  umumiylikning  konkretligi 
alohidaliklar  sistemasi  tarzida  namoyon  boladi.  Bu  sistemaga 
strukturali  yondashish  bilishning  nisbatan  tolaqonli  bolishini 
ta’minlaydi.  Masalan,  muayyan jamiyatdagi  kishilarning  ijtimoiy 
munosabatlari o‘ziga xos bolgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. 
Ya’ni,  iqtisodiy,  huquqiy,  siyosiy,  diniy,  ekologik  va  boshqa  shu 
kabi  ijtimoiy  munosabatlar  umumiy  madaniyat  tarkibida  «iqti­
sodiy  madaniyat»,  «huquqiy  madaniyat»,  «siyosiy  madaniyat», 
«ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mi staqil yo‘nalishlarga 
asos bolgan.  Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bolsa 
ham,  bir-birini taqozo qiladi.  Ularning ichki birligi va rivojlanish
125


tendensiyasi  umuminsoniyat  sivilizatsiyasi  manfaatlaridan  kelib 
chiqqan bolib,  umumiy taraqqiyot  darajasiga mos  keladi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish