T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Temuriylardan  keyingi  ijtimoiy jarayonlar  va  falsafiy  tafakkur



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Temuriylardan  keyingi  ijtimoiy jarayonlar  va  falsafiy  tafakkur.
XVI  asrdan  boshlab  Movarounnahrda  o‘zaro  urushlar,  nizo- 
lar  avjga  chiqdi,  Temuriylar  davlati  inqirozga  yuz  tutib,  mayda 
davlatlarga  bo‘linib  ketdi.  Natijada  Shayboniylar  davlati  tuzildi, 
1510-yilda  Shayboniyxon  Ismoil  Safaviy  lashkarlari  tomonidan 
o'ldirilganidan so‘ng,  markazlashgan  davlat inqirozga yuz tutdi.
Shayboniylardan Abdullaxon va uning o‘g‘li Abdulmo‘min va- 
fotidan so‘ng,  XVI  asr oxirida bu  davlat barham topib,  hokimiyat 
ashtarxoniylar sulolasiga o‘tdi.  Imomqulixon (1611—1642)  davrida 
davlat  birmuncha  mustahkamlangan  bolsa-da,  keyingi  davrlar- 
da  taxt  uchun  kurashlar  davom  etdi.  Bu  esa  iqtisod,  madaniyat, 
ilm-fan,  adabiyot,  san’at ravnaqiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, 
tabiiy-ilmiy  fanlar  rivoji  zaiflashdi,  dunyoviy  bilimda  tanazzul 
ro‘y berdi.
XVI—XVII  asrlarda  falsafiy  va  axloqiy  fikr  sohasida 
Poshshoxo‘ja,  Mirzajon  ash-Sheroziy  al-Bag‘naviy,  ibn  Muham- 
madjon  Yusuf  al-Qorabog‘iy,  Muhammad  Sharif  al-Buxoriy  va 
boshqalarning  asarlarini  ko‘rsatish  mumkin.  Bundan  keyinroq 
xalqimiz  falsafiy  tafakkuri  tarixida  Boborahim  Mashrab,  So‘fi 
Olloyor,  Turdi  Farog‘iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarash­
lari muhim  o‘rinni  egalladi.
Ular  orasida  Mashrabning  ijtimoiy-falsafiy  va  axloqiy  fikrlari 
e’tiborga  sazovordir.  Boborahim  Mashrab  (1640—1711)  Naman- 
ganda  tavallud  topadi.  U   Mulla  Bozor  Oxunddan  diniy-tasav- 
vufiy  ta’limot  sirlarini  o‘rganadi.  Keyinchalik  esa  Ofoq  Xo- 
jaga  muridlik  qiladi,  1675-yilda  Namanganga  qaytadi.  Mashrab 
o‘zining  ma’naviy  ustozlari  sifatida  Boyazid  Bistomiy va  Mansur 
Hallojlarni  e’tirof  etadi,  keyingi  hayotida  Yaqin  va  0 ‘rta  Sharq 
mamlakatlarining  ko‘p  joylarida  xususan,  Toshkent,  Turkiston, 
Samarqand,  Buxoro,  Andijon,  Xo‘jand,  Be daxshon  va  boshqa 
yerlarda  bo‘ladi.  U   um rining  oxirida  Balxda  bo‘lib,  Qunduzda 
Mahmud  Qatag‘on tomonidan  qatl  qilinadi.
57


0 ‘zining  ijtimoiy-falsafiy  fikrlari  bilan  Markaziy  Osiyo 
madaniyatiga  katta  ta’sir  ko‘rsatgan  shoir  va  faylasuf M irza  Ab- 
dulqodir Bedildir (1644—1721).  Bedil ilmning ko‘p sohalari, xusu- 
san falsafa,  adabiyot,  san’atshunoslik bo‘yicha  ijod  qildi.  U  hind, 
arab,  eron,  ko‘plab  Osiyo  xalqlarining  ilmiy  merosini  chuqur 
o‘zlashtirgan  yetuk  olimdir.  Bulardan  tashqari,  Bedil  Sa’diy,  At- 
tor, Jomiy,  Hofiz,  Navoiylarning she’riyati,  dunyoqarashini puxta 
bilgan.  Vaxdati-mavjud  oqimi  tarafdorlari  sirasiga  kirgan.  Uning 
muhim  asarlari  «Chor unsur»,  «Irfon»,  «Ruboiyot»,  «G‘azaliyot» 
va boshqalardir.
Mirza  Bedil  ijtimoiy-siyosiy  qarashlarida jamiyat,  inson,  dav­
lat  va  uning  kelib  chiqishi,  uni  boshqarish  yollari,  dehqonchilik 
va  uning  foydasi  haqida  fikr  yuritdi.  Ayniqsa,  u  insonni  yuksak 
darajaga  kolardi,  uning  irqi,  dini  va  millatidan  qat’i  nazar  hur- 
matga  sazovor  ekanligini  uqtirdi.  U  odamlardagi  vatanparvar- 
lik,  mehnatsevarlik,  vafodorlik,  sahiylik,  samimiylikni  qadrladi, 
dangasalik,  takabburlik,  ochko‘zlik,  yolg‘onchilik,  makkorlikni 
qoraladi.  Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ijtimoiy 
va  falsafiy  g‘oyalari  o‘sha  davrda  muhim  ahamiyatga  ega  boldi. 
Olim  o‘zining  falsafiy  qarashlari  bilan  0 ‘zbekiston va  Hindiston 
oltasidagi  madaniy,  ilmiy  va  do'stlik  aloqalarini  mustahkam- 
lashga katta hissa qo‘shdi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish