T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Tasavvuf va uning  tariqatlari



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Tasavvuf va uning  tariqatlari. 
Tasavvuf falsafiy  oqim  va  diniy- 
m a’naviy  hodisa  sifatida  islom  dini  doirasida  (ko‘pgina  ichki  sa­
bablar  va  ba’zi  tashqi  unsurlar  —  buddaviylik  va  hindiylikning 
ilk  diniy  tasavvurlari,  sharqiy  xristian  tarkidunyochiligi,  neopla- 
tonizm   kabilarning  ta ’siri  ostida)  paydo  bo‘ldi.  Tasavvuf  uchun 
vahdoniyat  —  Ollohning  birligi,  Olloh  va  olam ning  porlab  turi- 
shi,  fano  b o lish ,  o rif  shaxsining  Tangri  taolo  bilan  ru h an   bir- 
lashib  ketishi  kabi  m ushohadalar  m uhim   aham iyat  kasb  etadi. 
Bu  oqim   nam oyandalari  va  tarafdorlarini  so'fiylar  deb  ataganlar 
va  «so‘fizm»  atam asi  shundan  paydo  bo'lgan.  Rasmiyatchilik, 
aqidachilikni  tasavvuf  ahli  qabul  qilmagan.  U larning  fikricha, 
iymon- e ’tiqodning  mohiyati  O llohdan  boshqa  narsaga  muhtoj 
bolm aslik,  hech  qanday  m ulkning  quliga  aylanmaslik,  boriga 
sabr-qanoat  qilib yashashdir.  Ollohga yetishish uchun qalbni pok- 
lash,  nafs  balosidan  ozod  b o lish   darkor.  A na  shundagina  inson
42


dili  nur  bilan  to la d i,  nuqsonlarni  boshqalardan  emas,  o'zidan 
izlaydigan  darajaga  ko‘tariladi,  H aq  sari  yaqinlashadi,  bem a’ni 
qarash  va  tushunchalarning  qullik kishanidan  o‘zini  ozod  qiladi, 
C hunki  inson  qalbi  hurdir.
Butun  islom  olam ida  keng  tarqalgan  tasavvufning  yurtim iz- 
dagi  eng  keng  tanilgan  yo‘nalishlari  kubraviya,  yassaviya,  naqsh- 
bandiya  tariqat-suluklaridir.
Kubraviya  tariqatining  asoschisi  Najmiddin  Kubro  (1154—1226) 
Xevada  tug‘ilgan,  asarlari  orasida  «Sharxus-sunna  val-masolix», 
«Usuli  ashara»,  «Favoixul-jamol»  kabilar  mashhurdir.  Kubraviya 
tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan.  Bular — Tang- 
riga  o‘z  xohishi bilan yuzlashish,  zuxd  fl  dunyo  —  har qanday laz- 
zatdan o‘zini  tiyish,  tavakkul —  Ollohga e’tiqodi pokligi uchun bar­
cha narsalardan voz  kechish,  qanoat,  uzlat  —  xilvatni  ixtiyor qilish, 
mulozamat  az-zikr  —  uzluksiz  zikr,  tavajjux  —  Haqqa  muhabbat 
qo‘yish,  sabr — nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba — tafakkurga 
g‘arq boiish,  rizo  —  Tangri xushnudligini qozonishdan iborat.
Kubro  m o‘g‘ullar bilan  bo‘lgan janglarda jasorat  k o lsatg an  va 
shahid  b o lg an .  M o‘g‘ullar  Kubroning  nom i  ulugligi,  obro'si  ba- 
landligini  hisobga  olib,  unga  ozod  b o lish i,  om on  qolishi  m um - 
kinligini, buning uchun esa qam al qilingan qal’adan chiqib ketishi 
kifoya  ekanini  bildirgan.  A m m o  Kubro  bunday jo n   saqlagandan 
k o la ,  o‘z xalqi bilan birga yu rt himoyasi y o lid a jo n  berishni afzal 
k o lg an .  Rivoyat qilishlaricha,  ul zot qartayib  qolganiga qaramay, 
jangchilarga faol ko‘m ak bergan.  Buni k o lg a n  shogirdlaridan biri 
«Ustoz,  anchadan beri bayroq k o la rib   charchadingiz,  uni  menga 
bering»,  deganida,  u  «Agar kuchim  bolg an id a  qilich yoki kamon 
olgan  b o la r  edim.  Bayroqni  bizga  qo‘yingda,  siz  yo  qilich  yoki 
nayza  bilan  yoglyga  qarshi  kurashing»,  degan  ekan.  U  bayroqni 
shunchalik  m ahkam   ushlagan  ekanki,  halok  b o lg an id an   keyin, 
q o lid a n  bayroqni olishning iloji bolm aganidan, bir m o‘g‘ul K ub­
roning  q o lin i  kesib  olgan  ekan.
Yassaviya  tariqatining  asoschisi  Xoja  A hm ad  Yassaviy  (1166- 
yilda  vafot  etgan).  Turkistonning  Sayram  n uzofotida  tugllgan, 
m ashhur  m utasavvif  Yusuf  H am adoniyning  (1140-yilda  vafot 
etgan)  ta ’lim-tarbiyasi  bilan  voyaga  yetgan,  o rif  maqomiga
43


erishgan.  Yassaviy  ustozining  vafotidan  keyin  muayyan  bir  m ud- 
dat  uning  m aqom ida  turgan,  so‘ng  esa  bu  m aqom ni  Abduxoliq 
G ‘ijduvoniyga qoldirib,  Yassi  —  Turkiston  shahriga qaytadi va  o‘z 
tariqati,  yo‘l-yo‘riqlarini  tashviq  etish bilan  m ashg‘ul  boladi.
Yassaviyning  oddiy  xalq  tushunadigan  uslubda  yozilgan, 
tasavvufiy  qarashlarini  aks  ettirgan  hikm atlari  devonida  o ‘z  ak- 
sini topgan.  U nda ilohiy ishq,  H aq vasliga yetishish,  uning ishqi- 
da  parvona  b o lis h ,  u n dan  boshqa  narsaga  ko‘ngil  qo‘ym aslik 
haqida  fikr  yuritilgan.  Yassaviy  riyozat,  chilla,  zikrga  alohida 
aham iyat  berib,  hayotining  aksariyatini  chillaxonada  o ‘tkazgan. 
Yassaviy  tariqati  Turkiston  o lk a si,  Ozarboyjon,  Turkiya,  Shi- 
m olda  —  Q ozon  shahrigacha,  G ‘arbda  —  Bolqongacha  keng 
tarqalgan.
M ashhur  mutasavvif Yusuf H am adoniyning  (1140-yilda  vafot 
etgan)  ta ’lim -tarbiyasi  bilan  voyaga  yetgan  yana  bir  ulug‘  zot  - 
Bahouddin  Naqshband  (1318—1389-yillar)  naqshbandiya  tariqa- 
tining  asoschisidir.  Bu  ta ’lim otning  mohiyati  «Dil  —  ba  yoru 
dast  —  ba  kor»  shiorida  yaqqol  ifodasini  topgan.  Unga  k o la   in ­
son  Olloh  inoyati  natijasi  b o lib ,  bu  dunyoni  unutib  qo‘ymasligi 
lozim,  uning  qalbi  doimo  Ollohda,  q o li  esa  m ehnatda  b o lm o g l 
lozim.  U   tasavvufning  barcha  tariqatlari  singari  shariat,  tariqat, 
m a’rifat va  haqiqat  m aqom larini  e ’tiro f etadi.
N aqshbandning  ta ’kidlashicha,  shariat  —  ahdga  vafo,  islom- 
ning  beshta  asosiy  talabiga  rioya  qilish,  dil  va  til  birligi.  Tariqat 
esa,  o‘zidan  kechish,  fano  bolishdir.  Haqiqat  —  behuda  ishlar- 
dan uzoqlashish,  haq  ishlarga  boglanish.  Dem ak,  shariat  —  qo ­
nun,  tariqat  —  yo‘1,  qonun  vujud  va  qalbni  tarbiyalaydi.  Yo‘1  esa 
ko‘ngilni  poklab,  ru h n i  ilohiy  q u w atd an  bahram and  qiladi.
Kubraviya, 
yassaviya 
va 
naqshbandiya 
ta ’lim otlari 
m a’naviyatimiz  tarixida  juda  katta  o l i n   tutgan  va  o‘z  ta ’sirini 
haligacha  saqlab  kelmoqda.
Vatanim iz  sivilizatsiyasining  sharq  xalqlari,  arab  m adaniyati 
va  islom  falsafasi  rivojiga  ta ’siri  nihoyatda  katta  b o lg an .  U ning 
hududida  arab  xalifaligidan  nisbiy m ustaqillikka  erishgan  davlat- 
larning  tashkil  topishi,  xalqim izning  baglikengligi  tufayli  yangi 
m arralarga  erishildi.  Dunyoviy  va  diniy  sohalardagi  m adaniy-
44


m a’naviy yuksalish m azkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir. 
«Avesto»  an ’analari,  tabiatni  o ‘rganishdagi  yutuqlar,  gum anitar 
sohadagi  ijobiy  siljishlar,  Sharq  xalqlari,  arab  m adaniyati  va  is­
lom  falsafasi  rivojiga  sam arali  ta ’sir  ko‘rsatdi.  0 ‘sha  davrda  ja ­
hon  miqyosida  V atanim izning  m a’naviy-intellektual  nufuzi  ortib 
bordi.  U jahondagi yirik m adaniyat va ilm -fan markaziga aylandi.
Afsuski,  bu  m adaniy  uyg‘onish  m o‘g‘ul  bosqini  tufayli  tanaz- 
zulga yuz tutdi. A m ir va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar,  no- 
ahillik Chingizxon bosqiniga qo‘l keldi.  Bu bosqin m o‘g‘ullarning 
1218-yilda  0 ‘tror  shahrini  bosib  olishi,  uning  hokim i,  Xorazm- 
shohning  qaynog‘asi,  Inolchiqni  bandi  qilishi  va  qulog‘iga 
qaynab  turgan  kum ushni  quyib  yuborishdek  xunrezlikdan  bosh- 
landi.  Mo‘g‘ullarning hukm ronligi davrida ana shunday qonxo‘rlik 
tinim siz  davom  etdi.  K o‘rkam   shahar  va  qishloqlar  vayronaga 
aylandi,  iqtisodiyot  tanazzulga  yuz  tutdi.  Ilm -fan,  m adaniyat, 
jum ladan  falsafa  ilm i  ham   inqirozga uchradi.
G archand uquvsiz  hukm dor M uham m ad  X orazm shoh  salta­
natn i  saqlab  qola  olm agan  bo‘lsa-da,  xalqim izning  bosqinchi- 
larga  qarshi kurashi  aslo to ‘xtagani yo‘q.  Ba’zi tarixiy m anbalar- 
ga  ko‘ra,  o ‘sha  davrda  nihoyatda  katta  hududdan  600  m ingga 
yaqin qo‘shin to ‘plash  m um kin  edi.  Bu  qo‘shin to ‘planganida va 
tajribali  lashkarboshiga  topshirilganida  C hingizxon  saltanatni 
bosib  olishi  gum on  edi.  Insoniyatning  o‘tm ish in i  yaxshi  biladi- 
gan b a ’zi  olim  va  m utaxassislarning  fikricha,  agar shoh  o‘zining 
yovqur o‘g‘li  Jaloliddinni  avval boshdanoq taxt vorisi  etib  tayin- 
laganida  va  qo‘sh in in in g   ixtiyorini  unga  topshirganida,  nafaqat 
Osiyo  tarixi,  balki  jah o n   tarixi  boshqacharoq  yo‘ldan  ketishi 
m um k in   edi.
Afsuski,  tarix  «Agar unday bo‘lm aganida  edi...»  qabilidagi  ta- 
m oyillarni  tan   olmaydi.  Chingiziylar bosqini Vatanim iz  madaniy 
taraqqiyotini  bir  necha  asrlar  orqaga  surib  yubordi.  0 ‘sha  davr­
da  bosqinchilarga  qarshi  kurashning  eng  atoqli  vakili  Jaloliddin 
M anguberdi  esa  m illatim iz  ozodligi  uchun  olib  borgan  kurashi- 
ning  timsoli  sifatida  tarixim iz  sahifalarida  al  adiy  qoldi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish