Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili.
M usulmon
Sharqi, jum ladan islom joriy etilganidan keyin V atanim iz hudu-
didan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, in
son va tabiat m asalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning m uhim
m uam m olaridan biri bo‘lib kelgan. Bironta buyuk alloma va m u-
tafakkir islomiy qadriyatlar m avzuini chetlab o lm ag an .
D iniy ilm lar sohalarida im om Buxoriy, imom Termiziy, imom
M oturidiy va im om Burxoniddin M arglnoniylar peshqadamlik
qilganlar. Im om Buxoriy (810—870-yillar) yirik ilohiyotchi, m u-
haddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to ‘plagan, ulardan ishonchli
deb topganlarini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu to‘plam
«Saxixi Buxoriy» nom i bilan mashhurdir. Im om iso Termiziydan
(824—892) «Sunani Termiziy meros b o lib qolgan. Bu m azhab-
ning m uhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu
M ansur M oturidiy (vafoti 944-y.)ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asar-
larida va Burhoniddin al-M arglnoniy (1123—1197)ning «Hidoya»
to‘plamida o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Dunyoviy ilm lar sohasida M uham m ad al-Xorazmiy (783—850)
va A hm ad al-Farg‘oniy (taxm. 797—865) butun m usulm on Sharqi
va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan
buyuk allomalardir. M uham m ad al-Xorazmiy arab xalifaligining
poytaxti Bag‘dodda «D onishm andlik maskani» («Bayt ul-hikma»)
ga rahbarlik qilgan. U ning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi
to‘g‘risida risola», «Quyosh soati to ‘g‘risida risola», «Musiqa haqida
risola», «Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid m uxtasar kitob»
kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor
b o lg a n A hm ad al-Farg‘oniy (taxm. 798-y.da Quvada tugllgan)
39
astronomiya va m atem atika sohalarida nom taratdi. U ning
«Samoviy jism lar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida
kitob», «Astronomiya asoslari» asarlarida koinot xaritasi tuzil-
di. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo ‘g‘rofiy kenglik-
lar to ‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi m a’lum otlar
berilgan, ilm -fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. Q o‘lga
kiritilgan m a’lum otlarni um um lashtirish, tadqiqotda hissiy va
aqliy m ushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida
dunyoqarashni shakllantirishning m uhim om illari bo‘lib keldi va
undan keyin yashagan ilm ahliga ta ’siri sezilib turdi.
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy
va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bolm aydi. Abu N asr Forobiy (873—
950) — m usulm on Sharqida A rastudan keyin «ikkinchi ustoz»
unvoniga muyassar b o lg an yirik m utafakkir va alloma. U ning
qalamiga 160 dan ziyod asar m ansub b o lib , ular asosan qadimgi
yunon olim lari asarlaridagi tabiiy-ilm iy va falsafiy m uam m olar
sharhlash ham da bu sohalarning dolzarb m asalalarini tahlil qi
lishga baglshlangan. M utafakkir olam ni ikki k o lin ish d a: «Vu-
judi vojib» (Olloh) va «Vujudi mum kin» (barcha moddiy va ruhiy
narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib»
tufayli yashash huquqiga ega b o lad i. U lar o‘zaro bir-biri bilan sa-
babiy tarzda boglanadi. Sababsiz oqibat bolm aganidek, oqibatsiz
sabab ham bolm aydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, javhar,
aksidensiya (m uhim b o lm ag an xossa), imkoniyat, zaruriyat va
tasodifiyat, m akon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushun-
chalarda ifodalanadi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yu-
zaga keladi. Bilishda aql va m antiq ilm ining m aqom i beqiyosdir.
Aql vositasida inson ilm -fanni yaratadi. M utafakkir o‘z asarlarida
komil inson, fozil fuqaro, odil hukm dor, baxt-saodat, unga eri-
shish y o llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya,
ijtimoiy istiqbol to ‘g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Foro-
biyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga b o lg a n ta ’siri
sezilarli bolgan.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) deyarli barcha fan sohalari
da ijod etgan buyuk qomusiy alloma va m ashhur mutafakkirdir.
U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning
40
tabiatni o ‘rganishdagi xizm ati kattadir. Alloma jism larning o‘zaro
tortishuvi, Quyosh va O yning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy
tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa’rida ro‘y beradigan
geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o‘zgarib
turishi, xilma-xil olam lar to ‘g‘risida ilm iy bashoratlarni ilgari
surgan. U ning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta ’sirida
shakllandi. U m odda va zam on, qonuniyat, zaruriyat va tasodifi-
yat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy
muammolarga katta e’tibor bergan.
Beruniyning asarlarida bilish m asalalari m uhim maqomga
egadir. Bilishga bo‘lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birin-
chidan, bu o‘ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad
odam lar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan
m a’lum otlardan boshlanadi. U lar bilishning yuqori bosqichi aqliy
bilish uchun o‘ziga xos ko‘m akchi va asos bo‘lib xizm at qiladi.
B ilim ning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali belgilanadi.
U lar tufayli ashyolarning m uhim jihatlari o ‘rganiladi, ularning
miqdoriy tom onlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi
oshib boradi.
Beruniyga ko‘ra, inson qiyofasi tabiat ta ’sirining natijasidir.
U ning ichki qiyofasiga kelsak, un i inson cheksiz sa’y-harakatlar
oqibatida tubdan o‘zgartirishi m um kin. H ar bir kishi o‘z xulq-
atvorining sohibidir. Jam iyat tadrijiy o ‘zgarishlar orqali rivojlanib
boradi. Adolat, fuqaro uchun g‘amxo‘rlik, zulm ni bartaraf etish,
jam iyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish m utafakkirning
idealidir.
Abu AH ibn Sino (980—1037) buyuk allom a va m utafakkir.
U Buxoro yaqinidagi A fshona qishlog‘ida tu g ‘ilib, H am adonda
vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan m a’naviy m eros tax m in an 280
nom dan ziyodroqdir. U lar tibbiyot, falsafa, m antiq, psixologiya,
axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag‘ishlangan.
O lim ning «Shifo kitobi», «Tib qonunlari», «Bilim lar kitobi», «Ta
biat durdonasi» kabi asarlari m ashhurdir. Borliqni talqin etishda
Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujuc i vojib» va «vujudi
m um kin»dan iborat, deb e’tiro f etadi. «Vujudi vojib» birinchi sa
bab vazifasini bajaradi. «Vujudi m um kin» esa uning oqibatidir.
41
Yaratilishi doim iy bo‘lganligi uchun yaratilgan «vujudi m um kin»
ham abadiydir. O lim ning sababiyatga oid m ulohazalari e’tiborga
molikdir. U nga k o la , sabablar m oddiy (m uayyan holatni keltirib
chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab),
shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallov-
chi (barcha sabablarning pirovard m aqsadi) sabablardan iborat-
dir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va B eruniy kabi jah o n falsafiy
tafakkuri tarixida birinchilardan b o lib kuzatuv va tajribaga
m uhim e ’tibor qaratdi. M asalan, allom a ular ko‘m agida xas-
taning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, d o ri-d arm o n lar
tarkibi, inson va atrof-m uhit o ‘zaro m unosabati m uam m olarini
hal etishga urindi.
Xullas, M arkaziy Osiyoda ilk o‘rta asrlar davrida keng tar-
qalgan islom dini, islomiy ta ’lim otlar, tasavvuf falsafasi, im om
Abu H anifa, im om Buxoriy, im om Termiziy, im om M oturidiy va
imom Burxoniddin M arg‘inoniylar g‘oyalari, Muso al-Xorazmiy
va A hm ad al-Farg‘oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy
g‘oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy qarash
lari, fandagi yangi yo‘nalishlar birinchi galda m usulm on Shar-
qi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilm iy va falsafiy tafakkurining
ravnaqiga hayotbaxsh ta ’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |