T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Ingliz  falsafasi. 
0 ‘sha  davr  falsafasining  asosiy  vakillaridan 
biri  F.  Bekon  (1561—1626)  yuqoridagi masala haqida shunday de­
gan  edi:  «Moddiy  dunyo,  mamlakatlar,  dengizlar,  planeta  juda 
keng  bo‘lgani holda insonlarning m a’naviy dunyosini  eski  chega-
76


ralar bilan  o‘rab  qo‘yilishi  sharmandalikdan boshqa  narsa  emas» 
(«Yangi  Organon»  kitobi).  Bekon  ingliz  falsafasining  o‘rta  asr- 
lardagi  taraqqiyotiga  eng  katta  hissa  qo‘shgan  olimlardan biridir. 
Uning  ta’limoticha,  fanning  yangi  binosini  ko‘rish uchun,  to‘g‘ri 
fikrlashga  o‘rganish  kerak.  Bekon  ta’limoticha,  tabiatni  bilishda 
bir necha «idollar»  insonga xalaqit beradi.  Ular inson aqlini o‘rab 
tashlaydi.  Ular  asosan  to‘rtta.  Birinchisi  urug‘  idollari,  bular  in­
son  zotiga,  butun  odamlarga  xosdir.  Masalan,  Bekon  shunday 
deydi:  «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o'xshaydi.  U  narsalarning 
tabiati  bilan  o‘z  tabiatini  aralashtirib  yuborib  narsalarni  qiyshiq, 
buzuq  ko'rsatadi.  Ikkinchisi,  qor idollari.  Bu  har bir odamnning 
o‘z  spetsifik  xususiyatlari  natijasida  yanglishishi.  Ular  fikrlash 
ufqining  cheklanishidan  tug‘iladi.  Bu  narsa  hamma  narsani  o‘z 
nuqtayi  nazari bilan ifodalash,  o‘zinnig tor doirasi bilan  olchash 
natijasida  vujudga  keladi.  Uchinchisi,  maydon  idollari  bolib,  u 
ma’lum  bolgan  tasavvurlarga  tayanish  odati,  noto‘g‘ri  yoki  no- 
aniq termonologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujud­
ga  keladi.  Bu  rrmsalaga  Bekon juda  ham  katta  ahamiyat  beradi. 
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki 
uni  noaniq,  mavhum  ifodalaydigan  so‘zlar  soxta  tushunchalarni 
tug‘diradiki,  ular  tafakkurga  teskari  ta’sir  qiladi.  Toltinchisi, 
teatr  idollari:  ular  avtoritetlar  fikriga  ko‘r-ko‘rona  ergashib  qa- 
dimgilarning  falsafiy sistemalarini davom  ettiraveradilar.
Bekon  tomonidan  sxolastikaga  qarshi  qaratilgan  idollarning 
tanqidi katta  metodologik  ahamiyatga  ega.  U  ijtimoiy-siyosiy qa­
rashlari  bo‘yicha  kuchli  markazlashgan  davlat  tarafdori  bolgan. 
Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivoj- 
lanishi  o‘ynaydi.
Uning  ta’lim otini  Tomas  Gobbs  (1588—1679)  takomillashtir- 
gan  va  rivojlantirgan.  Gobbs  moddiylikni  asosiy  substansiya  deb 
hisoblagan,  materiyaning  abadiyligi,  harakatning  esa  mexanistik 
tarzda  amalga  oshishining  tarafdori bolgan  olimdir.  U  matema­
tik sifatida borliqning namoyon bolishini geometriya fani nuqtayi 
nazaridan  tushuntirgan.  Bilish  nazariyasida  Gobbs  ko‘proq  em­
pirik jihatlarga o‘z  e’tiborini qaratgan,  sezgilarning bilimlar hosil 
qilish jarayonidagi  ahamiyatini  tahlil  qilgan.  Jamiyat  taraqqiyoti
77


va unda  davlatning  o‘rni  hamda kelib  chiqishi  masalasida  Gobbs 
ko‘proq  xususiy  mulkchilikka  asoslanadi.  Shu  bilan  birga  uning 
fikricha,  davlatning  monarxiya  shakli  maqsadga  muvofiq  bo‘lib 
hisoblanadi.
Ingliz  falsafasida  Jon  Lokk  (1632—1704)  qarashlari  alohida 
o‘rin  tutadi.  U  tajribani bilishning  asosiy manbai  deb  hisoblaydi. 
Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib  ko‘rsatiladi.  1690-yilda  Lokk 
tomonidan  yozilgan  «Inson  aqli  haqida  tajriba»  nomli  asarida 
R.  Dekartning  «tug‘ma  g‘oyalar»  to‘g‘risidagi  qarashlariga  qar­
shi  chiqadi.  Lokkning  fikricha  bilish  tabiat  va  inson  o‘rtasidagi 
munosabatlardan  iborat  bo‘lib,  haqiqatlar  esa  kishilarning  bu 
jarayonda  hosil  qilgan  tushunchalari,  g‘oyalari  va  xulosalarining  " 
olamga  mos  kelishidan  iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy  qarashlariga  ko‘ra  Lokk  davlatning  o‘ziga  xos 
quyidagi  tamoyillarini  ta’riflaydi:  1.  Hokimiyatni  qonun  chiqa- 
ruvchi  tizimi.  2.  Hokimiyatning  ijro  etuvchi  organlari.  3.  Ittifoq 
federativ  hokimiyati.  Ana  shu  tamoyillar  uyg‘un  bo‘lganida  dav­
latning  faoliyati  samarali  amalga  oshadi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish