T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Realizm.
  Uning  yirik  vakillaridan  biri  Angelm  Ketterberiy 
(1038—1109)  dir.  U   Shimoliy  Italiyada  tugllgan,  1093-yilda 
Ketterberiy  shahrining  arxiepiskopi  etib  tayinlanadi.  Angelm 
o‘zining  ikki  asari  bilan  mashhur.  Birinchisi  «Monopoliya»  — 
Xudoning  borligini  sabab  oqibat  munosabatlari  tizimida  isbot 
qilish.  Bu  isbot  —  kosmologik  isbotning  shakli  sifatida  shunday 
talqin  qilinadi:  inson  hayotda  ko‘p  ne’matlardan  foydalanadi.  Bu 
ne’matlar  esa  eng  oliy  ilohiy  ne’matlarning  aksidir.  Ular  orqali 
hamma  narsalar  mavjuddir.  Uzluksiz  tanazzulni  tasavvur  qilib 
bolm agani  sababli,  hamma  narsaning bir  sababchisi bolishi  ke- 
rakki,  biz uni Xudo  deb  ataymiz.
Angelmning  ikkinchi  asari  «Prologion»  Xudo  borligining 
deduktiv isbotidir.  Uning ta’kidlashicha,  har bir odam uchun oliy 
va  komil  mohiyat  haqida  g‘oya  mavjuddir.  Bu  g‘oya  esa  obyektiv 
mavjudlikka ega bolgan reallikka mos keladi.  Chunki agar borliq 
mavjud  bolm aganda  edi,  narsa  komil  bolm as  edi.  Agar  Xudo- 
dan  yuqoriroq  oliy  narsani  tasavvur  qilish  mumkin  emas  ekan, 
demak,  Xudo  reallikda  mavjuddir.
Arastu  ta’limotining  ko‘p  tomonlarini  qabul  qilgan  o‘rta  asr 
sxolastlarini  m oladil  realistlar  deb  atalgan.  Ularning  yirik  va- 
killari  Pyer  Abelyar  va  Akviniyalik  Fomlar  bolgan.  Britaniyada 
tugllgan  P.  Abelyar  (1079—1142)  juda  yoshligidanoq  o‘z  bi- 
limi  bilan  mashhur  edi.  Abelyar  —  m olad il  realistdir.  Uning 
ta’kidlashicha,  reallik yoki  universally  dastlab  Xudo  aqlida  mav­
juddir,  undan  keyin  narsalarning  o‘zida  mavjuddir  va  nihoyat, 
odamlarning  ongida  mavjuddir.  Abelyar  «Men  e’tiqod  qilish 
uchun  bilaman»  degan  g‘oyani  ilgari  surgan.  Ya’ni  bilmaydigan,
71


bilimsiz  kishidan  ko‘ra,  din  va  uning  asosiy  tamoyillarini yaxshi 
o‘rgangan  kishi  afzal.  Bunday  kishi  aqidaparast  emas,  balki  o‘zi 
bilgan  narsaning  qadrini biladigan  insondir.
Abelyar  haqiqatni  topishda  tafakkurning  xizmatini  ta’kidlab, 
unga  hamma vaqt  murojaat  qiladi.  Uning  ta’kidlashicha,  shubha 
hamma  vaqt  tadqiqotga  yollaydi,  tadqiqot  esa  haqiqatni  topadi. 
Uning fikricha,  insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, 
balki  odamlarni  Xudoga bolgan muhabbat bilan  taajjubga  solish 
va odamlarga axloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir boladi.  Bu 
bilan  odamlar  o‘z  hayotini  Xudoga  bo‘ysundiradilar.  Bu  qarash 
axloqiy ta’sir qilish nazariyasi  deb  ataladi.
Akviniyalik Foma  (1224—1292)  m o lad il realizmning yana bir 
yirik  vakili  b o lib  hisoblanadi.  Foma  o‘sha  davr  uchun  Arastu 
natur  falsafasini  ilohiyot  bilan  birlashtirishga  harakat  qilgan. 
Bunda  u  m olad il  realizm  pozitsiyasida  turgan  va  sxolastikaning 
eng yirik namoyandasi bolgan.  Uning  fikricha,  natural falsafada 
tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo mavjudligi 
haqidagi haqiqatga  erishishi  mumkin.
Fomaning  «Ilohiy  summalar»  asari  3000  maqoladan  iborat 
bolib, 600 masalani yoritishga baglshlangan. U ilohiyotning siste- 
mali  bayon  qilinishi  vazifasini  bajaradi.  «Ilohiy  summalar»ning 
birinchi  qismi  Xudoning  mavjudligi  va  borligl  masalasida  bahs 
yuritadi.  Ikkinchi  qismi  «Xudoga  qarab  harakat»  haqida  hikoya 
qiladi.  Foma ta’limotidan keyinchalik «tomizm»  oqimi shakllan- 
di va u  «neotomizm» tarzida G ‘arbda hozir ham saqlanib  qolgan.
0 ‘sha  davrning  mashhur  faylasuflaridan  biri  Vilyam  Okkam- 
dir  (1309—1349).  Uning fikricha,  ilohiyot aqidalari ratsional  (aql) 
y o l bilan isbotlanishi mumkin emas.  Ular faqat Tavrot nufuzi tu- 
fayligina qabul qilinishi mumkin.  Bu qarash e’tiqod va tafakkurni 
bir-biridan  ajratardi,  ularni  omuxta  qilishni  qoralardi.  Okkam, 
Shuningdek,  universaliylarning  obyektiv  mavjudligini  inkor  qila­
di.  Uningcha,  universaliylar  tafakkur  tushunchalari  uchun  faqat 
ismdirlar.  Bu  tushunchalarni  odam  o‘z  ongida  yaratgan.  Uning­
cha,  alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir.
Rodjer Bekon  (1214—1292)  ham   Okkam mansub bo‘lgan oqim 
vakillaridandir.  U   o‘z  hayotini  ilmiy  tajribalarga  baglshlagan.
72


Ular  yordamida  u  tajribaviy  fanga  asos  soldi.  Bunday  metodni
XVII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi.  Haqiqatni topishda tabi­
atni  tajribaviy  o‘rganish  metodini  qollash  nominalistlar  qarash- 
lariga  to liq   mos  kelardi.  Nominalistlar  va  realistlar  o‘rtasidagi 
qarama-qarshilik o‘rta  asr sxolastikasining  muhim muammolari- 
dan  biri  edi.  Butun  o‘rta  asrlarda  sxolastikaning  bu  ikki  oqimi 
o‘rtasida  kurash  ketgan.  Sxolastikaning  avjga  chiqqan  davri  — 
1150 va  1300-yillarda — Foma Akviniyskiyning m oladil realizmi 
nominalizm  ustidan  g‘alaba  qozondi.  Lekin  1300-yildan  keyin 
cherkov  ilohiyotchi lari  tafakkurida  nominalizm  yuqori  mavqeni 
egallay boshladi.  Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir 
ko'rsatdi.  Shuningdek,  haqiqatga  erishishning tajribaviy metodini 
(ratsionalizm)  vujudga  kelishida katta xizmat  qildi.
Yevropa falsafasining rivojida universitetlar m uhim  o‘rin tu ­
tadi.  U lar bilim   va  m a’rifatning  o‘chog‘i  sifatida  1200-yillarda 
vujudga  keldi.  1400-yillarga  kelib,  Yevropada  23  ta  universitet 
mavjud  bolgan.  Universitet  dasturining  juda  katta  qismini 
sxolastika  bilan  shug‘ullanish  tashkil  etar  edi.  Universitetlar- 
ning  vujudga  kelishining  sababi  m ashhur  olim larning  faoli- 
yatidir.  X II  asrda  Iteriy  Rim   huquqining  buyuk  tadqiqotchi- 
si  sifatida  m ashhur  bo‘ladi  va  talabalar  uni  eshitish  uchun 
Bolonya  shahriga  oqib  kela  boshlaydilar.  Natijada  Bolonya 
shahri  universiteti  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko'rsata  boshlaydi. 
Abelyarning  o‘qituvchi  sifatidagi  shuhrati  ko‘p  jihatdan  Parij 
universitetining  vujudga  kelishiga  sabab  b o ld i.  Universitetlar, 
Shuningdek,  talabalarning  chiqishlari  natijasida  ham   vujudga 
kelgan.  Masalan,  X II  asrda  Angliya  va  Fransiya  qirollari  ora­
sidagi  nizo  oqibatida,  Angliya  talabalariga  yaxshi  munosabat 
bildirilm aganligi ularning  Parijdan Angliyaning  Oksford shah­
riga  ko‘chib  o‘tishlariga  sabab  b o ld i.  Buning  natijasida  m ash­
hur  Oksford  universiteti  tashkil  topdi.  Kembridj  universiteti 
esa  Oksford  universiteti  talabalarining  qo‘zg‘olon  ko‘tarishi  va 
1209-yilda  ularning  Oksforddan  Kembridjga  ko‘chib  o‘tishlari 
natijasida vujudga  keldi.
Universitetlar  qadimgi  Yunoniston  va  Rirnda,  shu  bilan  birga 
bizning mamlakatimizda ham mashhur bolgan ustoz va shogird-
73


lar to‘planib ilm o‘rganadigan,  o‘rgatiladigan va ilmiy bahslar olib 
boriladigan  maktablar  tarzida  shakllangan  bo‘lsa-da,  ammo  fan 
sohalarining  ko‘pligi  tufayli  alohida  ilm  o‘chog‘iga  aylanib  qoldi. 
Ularning tajribasi  keyinroq butun  dunyoga tarqalib  ketdi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish