T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Gnostiklar.
  Bu  davr falsafasida  o‘z  o‘rniga ega bolgan gnostit- 
sizm  eramizning  150-yillarida  o‘zining  yuksak ravnaqiga  erisha- 
di.  U lar  shunday  falsafiy  ta’limot  yaratdilarki,  ularning  fikricha 
Xudo  ruh  sifatida  yovuzlikda  mutlaqo  sof,  inson  esa  o‘z  tabiati- 
ning ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan.  Bu masalada gnostit- 
sizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga 
harakat qildilar.  Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa,  xris- 
tianlik  qadimgi  dunyoning  navbatdagi  falsafiy  dini  b o lib  qolar 
edi va shunday b o ld i ham.  354-yilda Pompey sobori xristianlikni 
Rim   imperiyasining  asosiy  dini  deb  e’lon qildi.
Dualizm  —  gnostitsizmning  asosiy yo‘nalishi,  bu  oqim taraf- 
dorlari  moddiy  va  ruhiy  dunyo  o‘rtasida  mustahkam  chegara 
mavjud  deb  ta’kidlaydilar.  Ular  ta’limotida  materiya ‘ hamma 
vaqt  yovuzlik  timsolidir.  Bundan  ular  Xudo  hech  mahal  mod-
69


diy dunyoni yaratishi  mumkin  emas,  deb  hisoblaydilar.  Gnostik- 
lar tomonidan  e’lon  qilingan  darveshlik  (asketizm)  o‘rta  asrlarda 
monaxchilikning vujudga kelishiga  sabab bo‘ldi.
Apologetlar xristianlik tarixida  I va  III  asrlarda vujudga keldi. 
Apologetika  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi  «himoya  qilish»  —  de- 
makdir.  Apologetlar  hukumatning  xristianlikka  bo‘lgan  dush- 
manligini  bartaraf qilishga,  Rim   davlatining  xristianlikni  ta’qib 
qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat 
qilganlar,  o‘z  asarlarida  mushriklik  (ko‘p  xudolik)  adabiyotlari- 
dan  olingan bahslashish  (dialog)  shaklidan,  yoki  apologetikaning 
mumtoz  shaklidan  foydalanganlar.  Apologetlar  asarlarida  ikki 
an’ana yaqqol sezilib turadi.  Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash.  Ular 
eng avval  mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — 
g‘ayriodatiy  harakatlar,  dabdababozlik  kabilarni  inkor  qilganlar. 
Xristianlikning  sofligini  esa  tasdiqlaganlar.  Bu  sohada  Yustin- 
ning  «Birinchi  apologeya»,  «Ikkinchi  apologeya»  asarlarini,  Tu- 
lean va Anaksagor kabi  faylasuflar faoliyatini ta ’kidlash lozim.
«Patristika»  so‘zi  «ota»  («padre»)  so‘zidan  kelib  chiqqan.  Bu 
nom  bilan  odatda  G ‘arbda  yepiskoplarni  ularga  hurmat  sifatida 
ataganlar.  Mashhur bolgan cherkov otalaridan biri  loan Zlatoust 
(347—407) edi.  Uning 640 ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel 
nomalarining sharhi  edi.  Uning  asarlarida  Injilni  amaliy qollash 
sof axloqiy masalalar bilan  qorishib  ketgan.
G ‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Рок»  degan unvon- 
ga sazovor bolgan Avreliy Avgustin  (354-430)  bolib  hisoblanadi. 
U  faylasuf va  islohiyotchi  bolgan.  Avgustin  o‘z  hayotini  yepis- 
koplikka,  tadqiqotchilikka,  adabiyotga  baglshlaydi.  U  100  ga 
yaqin kitob,  500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi.  Uning 
o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Siglnish»  401-yilda 
yozilgan.  Bu  asarda  u  o‘zining  xristianlikkacha  bolgan  hayotini 
yozadi.  Unda  Tavrot  oyatlari  ramziy  —  timsoliy  bayon  qilinadi. 
U  mushriklik  falsafasini  qoralaydi.  Uningcha,  bu  falsafa  insonni 
xristian  dinichalik hech mahal haqiqatga olib  kelmaydi.  Avgustin 
bahs  shaklida boshqa  (dialog)  falsafiy  asarlar ham yozgan.
«Sxolastika»  so‘zi  yunoncha  «shkola»dan  («shola»)  olingan 
bolib,  «o‘qish joyi»,  «maktab»  ma’nolarini anglatadi.  Buyuk Karl
70


saroyida  o‘qituvchilik  qilganlarni,  yoki  umuman  saroy  maktabi- 
dagi  o‘qituvchilarni  sxolastlar  deb  ataganlar.  Shuningdek,  dinni 
o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolast­
lar  deb  ataganlar.  Sxolastikani  ma’lum  darajada  ilohiyotni  aqlga 
moslashtirish,  dinni  tafakkur  yordamida  quvvatlashga  bo‘lgan 
intilish  deb  ham  baholash  mumkin.  0 ‘sha  davrda  ilohiyotni 
muqaddas  kitoblar  aqidalari  asosida  emas,  balki  falsafiy  nuqtayi 
nazardan  tadqiq  qilish  taqozo  qilinardi.  Sxolastlarning  maqsadi 
e’tiqod  aqlga  muvofiqmi  degan  savolga javob berish  bo‘lgan.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish