T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 - Bob. Chet el valyutasidagi operatsiyalami hisobga olish



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

6 - Bob. Chet el valyutasidagi operatsiyalami hisobga olish
6.1. 0 ‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini tashkil etish
Bozor munosabatlari sharoitida 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliy 
aloqalari o'sishi banklararo valyuta savdosi hajmlari ortishiga olib kelmoqda. Mazkur 
bozorda mijozlarga malakali xizmat ko'rsatish asosiy o‘rin tutadi. Bu ishni yuqori 
darajada bajarish uchun banklar doimo bozorda xizmatga hozir bo'lishlari kerak. Ular 
valyuta kurslarining o'zgarishini kuzatib borishlari, dolzarb iqtisodiy va siyosiy 
voqealardan xabardor bo'lib turishlari zarur.
Banklaming tashqi iqtisodiy faoliyati tovar va xizmatlami eksport-importida 
milliy va chet el valyutalarida amalga oshiriladigan bank operatsiyalari, ulami 
O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasiga sotish, nosavdo operatsiyalar, 
norezidentlaming mamlakat ichidagi harakati va boshqa chet el valyutasidagi 
operatsiyalar bilan bog'liqdir.
Valyuta operatsiyalari 
- bu valyuta boyliklariga nisbatan bo'lgan egalik 
huquqining o'tishi bilan bog'liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan to'lov vositasi sifatida foydalanish, 
valyuta boyliklarini xorijdan olib kirish va jo'natish hamda xorijga olib chiqish va 
jo'natish, shuningdek, xalqaro ko'lamda pul o'tkazish ishlarini amalga oshirish bilan 
bog'liq operatsiyalardir. Ushbu operatsiyalar amaldagi qonuniy va me'yoriy hujjatlar 
bilan tartibga solib turiladi17.
O'zbekiston 
Respublikasining 
rezidentlari 
va 
norezidentlari 
valyuta 
munosabatlarining sub’ektlari bo'lib hisoblanadilar. Valyuta boyliklari bilan amalga 
oshiriladigan operatsiyalar valyutani tartibga solish ob’ekti bo'lib hisoblanadi. Chet 
el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar, chet el valyutasidagi to'lov 
hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.Amaldagi qonunga 
muvofiq valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga hamda kapital harakati 
bilan bog'liq valyuta operatsiyalariga bo'linadi.
Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi: tashqi savdo, boshqa joriy 
faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar ko'rsatilishi munosabati bilan, mollami 
eksport va import qilish, valyuta boyliklarining oldi-sotdisi bo'yicha hisob-kitoblami 
amalga oshirish, intellektual mulkka bo'lgan huquqni ro'yobga chiqarish bilan 
bog'liq, hisob-kitoblari to'lov muddatini kechiktirmaslik sharti bilan amalga 
oshiriladigan, zayom mablag'lari berilishi yoki jalb etilishini nazarda tutmaydigan 
operatsiyalar; bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya 
operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda o'zga daromadlami xorijga va xorijdan 
o'tkazish; savdo bilan bog'liq bo'lmagan mablag'lami, shu jumladan ish haqi, 
pensiya, aliment, meros pullami o'tkazish, shuningdek shunga o'xshash boshqa
,7Ўэбекистон Республи каси ни нг "В алю тан и тартибга солиш тўғрисидаиги қонуни. 0 4 .1 2 .2 0 0 3 й; ЎзРМ Б нақц 
ч е т эл валю тасига оид операцияларни амалга ошириш коидалари. Ў зР А В 1 5.04.2004 йилда 957-1-со н билан 
р ўйхатга олинган.


operatsiyalar kiradi. Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan 
bog'liq holda sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Kapital 
harakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalariga joriy xalqaro 
operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, shu jumladan: investitsiya 
faoliyatini amalga oshirish; kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga 
oshirish; ko'chmas mulkni sotib olish va sotish; xorijiy davlatlardan mablag'lami 
hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablag'lami 
hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
bir yildan 
ortiq 
faoliyat 
ko'rsatayotgan tijorat banklariga bank iltimoslariga asosan chet valyutasidagi 
operatsiyalami amalga oshirish uchun bu operatsiyalaming iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqligi va bankning ulami amalga oshirishga tayyorlik darajasiga 
qarab litsenziyalar beradi. Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va chet el 
banklarining filiallariga belgilangan muddatdan ilgari, xususiy tijorat banklari uchun 
esa olti oy to'lishi bilan berilishi mumkin.
Litsenziyalar Bosh litsenziya, ichki litsenziya va bir marta foydalanadigan 
litsenziyalarga bo'linadi. 
Bosh litsenziya tijorat banklariga 
O'zbekiston 
Respublikasi hududida hamda chet elda chet el valyutasidagi operatsiyalami amalga 
oshirish uchun berilgan huquq hisoblanadi. Ichki litsenziya tijorat banklariga 
O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi operatsiyalami to'la yoki 
cheklangan doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir. Bir marta 
foydalanadigan litsenziya chet el valyutasida muayyan bank operatsiyasini amalga 
oshirish huquqini beradi.
Tijorat banklari tomonidan litsenziya olish uchun O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy 
bankiga 
taqdim 
etilgan 
iltimosnoma 
zarur 
hujjatlar 
to'plami 
topshirilgandan so'ng 30 kun mobaynida ko'rib chiqilishi lozim. Chet el 
valyutasidagi operatsiyalami amalga oshirishga berilgan litsenziya uchun Banklardan 
so'mda 5000 AQSH dollariga teng miqdorda haq olinadi. Chet el valyutasidagi 
operatsiyalar o'tkazish uchun Bosh yoki ichki litsenziya olgan banklar vakolatli 
banklar deb ataladi va o'z mijozlarining valyuta aperatsiyalarini nazorat qiluvchi 
vakil (agent) vazifasini bajaradi.
Vakolatli banklar O'zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqei 
limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha, shu jumladan xosila 
moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha bevosita 
o'zaro, o 'z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek, xalqaro 
bozorlarda operatsiyalami amalga oshirishlari, O'zbekiston Respublikasining 
banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa 
hisobvaraqlarga ega bo'lishlari, naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi 
to'lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini 
amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishlari mumkin.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish