T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banrlarda xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobi



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

6.4. Banrlarda xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobi
Tovar va xizmatlami eksport-import qilish bilan bog'liq xalqaro hisob-kitob 
operatsiyalari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro savdo palatasining bir 
xillashtirilgan qoida va tamoyillari hamda tegishli me'yoriy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi. Tovar va xizmatlami eksport-import qilish bilan bog'liq xalqaro hisob-kitob 
operatsiyalari vakolatli tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday 
operatsiyalar amalga oshiriladigan ish uchastkasi mijozlar va xorijiy banklar bilan 
to'g'ri munosabat o'mata oladigan, tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklami 
xalqaro qoida va taomillarga muvofiq hal qilish yo'llarini topa oladigan, yuqori 
malakali xodimlar bilan ta'minlashni talab qiladi. Shuni hisobga olish zarurki, hisob- 
kitoblami amalga oshirish vaqtida bank yo'l qo'ygan har qanday xato jarima va 
burdsizlik to'lovi shaklidagi valyuta yo'qotishlariga olib keladi.
Tovar va xizmatlami eksport-import qilish bilan bog'liq xalqaro hisob-kitob 
operatsiyalarida hisob-kitob shakli eksportchilar va importchilar tomonidan 
shartnoma tuzish vaqtida belgilanadi. Hozirda quyidagi xalqaro hisob-kitob shakllari 
qo'llanilmoqda: inkasso, akkreditiv, bank o'tkazmalari (o'tkazma topshiriqnomalari).
Inkasso - bu eksportchining o'z bankiga importchidan ma'lum miqdordagi 
summani olishni yoki ushbu mablag'lami belgilangan muddatda to'lab berilishi 
haqida tasdiq (aktsept)ni olish to'g'risidagi topshirig'idir. Xalqaro amaliyotda inkasso 
quyidagi turlarga bo'linadi: sof inkasso va hujjatli inkasso. Sof inkasso - bu pul


majburiyatlari (masalan cheklar va veksellar) bo'yicha mijozga tegishli bo'lgan 
mablag'lami olishdir. Hujjatli inkasso - bu mijozga tegishli bo'lgan mablag'lami 
tijorat hujjatlari (tovarlar etkazib berilganligi, ish va xizmatlar bajarilganligini 
tasdiqlovchi transport, sug'urta hujjatlari va boshqalar) bo'yicha olishdir. Quyidagi 
chizmada eksport operatsiyalari bo'yicha oldindan aktseptlab to'lanadigan hujjatli 
inkasso bilan hisob-kitoblar tartibi keltirilgan (3-chizmaga harang):
3-chizma. Eksport operatsiyalari bo'yicha oldindan aktseptlab to'lanadigan hujjatli inkasso bilan 
hisob-kitoblar bo'yicha hujjatlar aylanishi.
Bu yerda,
Tovarlar etkazib beriladi; 2) Inkasso banka taqdim etiladi; 3) Inkasso chet el 
bankiga jo'natiladi; 4) Importchi korxonaga to'lov hujjatlari kelib tushganligi haqida 
xabar beriladi; 5) Inkasso importchi tomonidan aktseptlanadi; 6) Chet el banki 
tomonidan mablag'lar eksportchining banki vakillik hisobvarag'iga kirim qilinadi; 7) 
Vakolatli banki mablag'lami mijozi - eksportchi korxonaning valyutadagi tranzit 
hisobvarag'iga kirim qilinish i izohlangan.
Hozirgi xalqaro savdoni kredit vositasi hamda to'lovlami ta'minlash va amalga 
oshirish chorasi bo'lgan akkreditivsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Akkreditiv -
bankning tovarlarni yoki xizmatlami sotuvchiga muayyan pul summasini tovar 
jo'natilganligi yoki shartnomadagi xizmatlar bajarilganligini tasdiqlaydigan tegishli 
hujjatlar o'z vaqtida taqdim etilgan hollarda to'lash haqidagi qat'iy majburiyatidir. 
To'lovning bajarilishini ta'minlash darajasiga qarab akkreditivlar qaytarib olinadigan 
va qaytarib olinmaydigan akkreditivlarga bo'linadi. Xalqaro banklar amaliyotida 
hujjatli 
akkreditivlaming quyidagi turlari mavjud: 
tasdiqlangan 
akkreditiv, 
tasdiqlanmagan akkreditiv, aktseptli akkreditiv, to'lov muddati kechiktirilgan 
akkreditiv, muddatli akkreditiv, bo'nak to'lanadigan akkreditiv va revolver 
akkreditivlar ( 4-chizmaga qarang).
4-chizma. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar bo'yicha hujjatlar aylanishi tartibi 
96


Bu yerda,
1) 
eksportchi va importchi o'rtasida akkreditiv shartnomasi tuziladi; 2) 
eksportchining foydasiga akkreditiv hisobvarag'ini ochish to‘g‘risida ariza beradi; 3) 
bank-emitent akkreditivni xat orqali yoki telekommunikatsiya vositalari orqali 
sotuvchi turgan mamlakatdagi banka topshiriqnoma bilan yoki akkreditivni 
tasdiqlashga vakolat berish bilan jo ‘natadi; 4) bank-benefitsiar akkreditiv 
hisobvarag'ini ochib, bu haqda sotuvchiga xabar beradi: 5) sotuvchi 
tovarlarni 
jo ‘natadi; 6) akkreditiv shartnomasiga muvofiq tovarlar jo'natilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlami taqdim etadi; 7) chet el banki mablag'lami sotuvchining hisobvarag'iga 
kirim qiladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: 8) akkreditiv 
muddati tugagandan keyin yoki amaldagi qonunchilik bo'yicha boshqa hollarda 
ishlatilmagan summa sotib oluvchining bankiga qaytariladi: 9) bank-emitent kelib 
tushgan mablag'lami mijozining hisobvarag'iga kirim qilinishi izohlangan.
6.5. Naqd chet el valyutalariga oid operatsiyalam i amalga oshirish 
va ularni hisobga olish
Vakolatli banklar bo'linmalari almashlash punktlari orqali rezidentlar va 
norezidentlar bo'lmish jismoniy shaxslardan chet el valyutasining sotib olinishini 
amalga oshiradilar. Bank bo'linmalari ish boshlaguniga qadar almashlash 
punktlarining kassirlarini qat'iy hisobot blanklari va kun davomida punktning faoliyat 
yuritishi uchun etarli bo'lgan miqdordagi so'mlar va chet el valyutasidagi bo'nak 
bilan ta'minlaydilar. Bo'nakning berilishi va naqd chet el valyutasi va chet el 
valyutasidagi to'lov hujjatlarining xarid qilinishi chog'ida quyidagi buxgalteriya 
yozuvlari amalga oshiriladi.
So'mlardagi naqd pullar summasining almashlash punkti xodimiga hisobot 
uchun berish: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Almashlash punkti tomonidan sotib olingan naqd chet el valyutasi summasiga: 
faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
Faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Naqd pullar qoldig'ining bank kassasiga kirim qilinishi: faqat Bosh daftarda 
milliy valyuta bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Vakolatli banklaming bo'linmalari rezident jismoniy shaxslarga chet el 
valyutasini sotishni almashlash punktlari orqali amalga oshiradilar. Naqd chet el 
valyutasini sotishga oid operatsiyalaming amalga oshirilishi chog'ida quyidagi 
buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: almashlash punktining xodimiga naqd chet 
el valyutasining hisobot uchun berilishi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,


Dt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Sotilgan chet el valyutasi summasiga: faqat Bosh daftarda AQSh dollari 
bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
Chet el valyutasining qoldig'i bank kassasiga kirim qilinadi: faqat Bosh daftarda 
AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Undiriladigan komission taqdirlash summasiga: faqat Bosh daftarda milliy 
valyuta bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 45405- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Sotish kursi bilan sotib olish kursi o'rtasidagi musbat kursdagi farq summasiga, 
ya’ni daromad summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Markaziy bank kursi bilan sotish kursi o'rtasidagi musbat kursdagi farq 
summasiga nisbatan: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Markaziy bank kursi bilan sotish kursi o'rtasidagi manfiy kursdagi farq 
summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 55302- “Spot” bitimlari bo’yicha xorijiy valyutalarda ko’rilgan zararlar,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
Bank bo'linmalari ham o'zining, ham boshqa (shu jumladan, xorijiy va xalqaro) 
banklar, tashkilotlar, uyushmalar va to'lov tizimlari jamiyatlari tomonidan 
emissiyalangan, rezident va norezident jismoniy shaxslaming debet va kredit 
kartochkalari bo'yicha naqd chet el valyutasining berilishi va qabul qilib olinishiga 
oid operatsiyalami amalga oshiradilar. Mazkur vakolatli bank tomonidan 
emissiyalangan debet va kredit kartochkalariga oid hisobvaraqlarga kirim qilinishi 
uchun rezident va norezident jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasining qabul 
qilib olinishi mijozning arizasi bo'yicha uning talab qilib olingunigacha depozit 
hisobvarag'iga asosan amalga oshiriladi, keyinchalik debet va kredit kartochkalariga 
kirim qilinadi. Operatsiyalar quyidagi provodkalar asosida rasmiylashtiriladi: faqat 
Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 20206- “Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlari”.
Vakolatli banklar debet va kredit kartochkalari bo'yicha hisobvaraqlardan 
mablag'laming berilishini mijozning arizasiga asosan chet el valyutasidagi to'lov


hujjatlari asosida amalga oshirishlari mumkin. Bir vaqtning o‘zida mijozning iltimosi 
bo'yicha 09006-son sh. bo'yicha (3-son ilova) xorijga naqd chet el valyutasining olib 
chiqib ketilishiga ruxsatnoma ham berilishi mumkin. Vakolatli banklar naqd chet el 
valyutasini yuridik va jismoniy shaxslaming depozit hisobvarag'iga qabul qilib 
olishni amalga oshiradilar. Naqd valyutaning kassaga qabul qilinishi: faqat Bosh 
daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
Banklar yuridik shaxslarga xizmat safarlariga oid harajatlarga doir naqd chet el 
valyutasining berilishini, ulaming arizalariga va amaldagi qonunchilikka binoan, 
tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiradilar. Bunda quyidagi buxgalteriya 
yozuvlari amalga oshiriladi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Vakolatli banklar naqd chet el valyutasini qonunchilikda va O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining me'yoriy hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa 
maqsadlar uchun ham berilishini amalga oshirishlari mumkin. Mijozning iltimosiga 
ko'ra naqd chet el valyutasining chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishi uchun 
ruxsatnoma beriladi. Rezident jismoniy shaxslaming hisobvaraqlaridan mablag'lar 
ulaming arizalariga binoan naqd chet el valyutasi ko'rinishida belgilangan tartibda 
ariza taqdim etilgan kundan keyin keluvchi kundan kechiktirmasdan (chet el 
valyutasidagi to'lov hujjatlari asosida) to'lanishi mumkin. Operatsiya quyidagi 
buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari 
bo'yicha,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Hisobvaraqlardan mablag'lar ular egalarining xohishlariga ko'ra "VISA " 
xalqaro plastik kartochkalari, yo'l cheklari bilan berilishi yoki naqdsiz tartibda 
chegaradan tashqariga hisoblab o'tkazib berilishi mumkin. Naqd chet el valyutasining 
chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishiga oid ruxsatnomalar fuharolaming 
iltimoslari bo'yicha ular tomonidan vakolatli banklardan naqd chet el valyutasidagi 
kreditlaming olinishi chog'ida berilishi ham mumkin.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish