xaiq ko‘p azob chekardi. U ia r kambag'allashar va sogiiqlariga
puturyetardi. Bu esa aholi o rtasida har xil ommaviy kasalliklaming
kelib chiqishi va tarqalishiga sabab hoiardi.
Bundan tashqari aholi
o rtasida oik a g a xos kasalliklar ham tarqalgan edi. Am m o, ularni
davolash uchun mamlakatda tibbiy muassasalar yo‘q edi. Tabib-
larning soni juda oz, ularning bilim va tajribalari esa o'rta asr
sxolastik fan darajasidan yuqori emasdi. U larbu davrda tez rivojlanib
ketgan Yevropa ilmiy tibbiyotidan bexabar edilar. Faqat bitta-
ikkita bilimdon tabib zamonaviy Yevropa tibbiyoti bilan qisman
tanish edi, xolos. Shundaylardan bizga Solih ibn M uham m ad
Qandaxoriy, Junaydullo Hoziq, Ja'farxo'ja Hazoraspiy, M ah m ud
Yaypaniy, Atoullo tabib m a'lum , xolos.
Solih ibn M uham m ad Qandaxoriy Hirotda tavallud topgan.
O 'sh a
yerda bilim olib, yaxshi hakim bo'lib yetishgan. Kasallarni
muvaflaqiyatli davolab aholi o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lgan.
M uham m ad Qandaxoriy ko'proq bolalar kasalliklari bilan
shug'ullangan. Shuning uchun uning ko‘pchilik asarlari pediatriya
masalalariga bag'ishlangan. O lim ning eng yirik asari «Tuhfat ul-
shoista» («Arzigulik sovg‘a») kitobdir. Kitob bolalam ingsog'lig'ni
saqlash va uiam ing kasalliklarini davolash haqida. U kirish qism
va ikki boM im dan iborat. Kitobda m u allif dastlab bolalar
organizm ining o'ziga xos xususiyatlari, ularning nozikligi va har
xil kasalliklargaoson berilishi ko'rsatilgan.
Qandaxoriy bola oiganizmining rivojlanishini ikki daviga bo‘lgan.
Birinchi davr olti yoshgacha bo'lgan davr.
Ikkinchi davr olti
yoshdan balog'atga yetgunga qadar bo'lgan davr. Shu davrlarning
har birida bolada kasallik turlicha kechishini ta'kidlagan.
Qandaxoriyning yozishicha bola organizmi kattalar organizmidan
o 'zin in g kichikligi bilangina emas, balki o'ziga xos fiziologik
xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Bu fikr hozirgi zam on ilmiy
tibbiyotida ham isbotlangan.
Q an d a x o riy n in g ik k in ch i kitobi «Tuhfat u l-m a 's u m in *
(«Begunohlarga sovg‘a»), deb ataladi. Kitob kirish qismi, ikki
bo‘lim va xulosadan iborat. Kitobda pediatriya masalalari
bilan bir
qatorda ayollar organizmining o ‘ziga xos xususiyatlari va kasalliklari
haqida ham ma'lumot berilgan.
Kitobning kirish qismida havo, suv va turar joylam i ozoda
saqlash sog‘liq uchun m uhim ahamiyatga ega ekanligi alohida
ta'kidlab o'tilgan. Kitobning birinchi bo‘limida homiladorlikning
80
www.ziyouz.com kutubxonasi
kechishi, hom ilador va tuqqan ayolga qanday sharoitlar yaratib
berilishi zarurligi haqida tavsiyalar berilgan.
Kitobning ikkinchi
bo'limida bolalar kasalliklari va ulami davolash usullari ko'rsatilgan.
Solih Qandaxoriyning bu kitoblari 0 ‘rta Osiyo tibbiyoti tarixida
maxsus bolalar fiziologiyasi va patologiyasi haqida dastlabki asardir.
Bu haqda muallifning o ‘zi bunday, deb yozgan: «M eni mazkur
kitobni yozishga shu narsa majbur qildiki, deyarli hamma tibbiy
asarlarda bolalar kasalligiga o ‘rin berilmagan yoki bu haqda
shunchaki «yol-yolakay» sozlab o ‘tilgan. Ko'pincha esa bu masalada
noaniqliklarga yo‘l qo'yilgan. Agar bolalarga tibbiy yordam yaxshi
tashkil qilinsa, bevaqt o ‘lib kelgan holalarning k o'p ini saqlab
qolish m u m kin b o ‘lar edi. S h u n in g
uchun men bolalarga
bag'ishlangan mazkur tibbiy asami yozdim».
Solih Qandaxoriyning dorishunoslikka oid asari ham mavjud.
U nda m uallif har xil dorivor moddalar, ulam ing xususiyatlari va
ulardan foydalanish usullarini bayon etgan.
Shunday qilib, Solih ibn M uham m ad Qandaxoriy O 'rta Osiyo
hududida birinchilardan b o 'lib pediatriya masalalari bilan
shug'ullangan hakimdir. U n i 0 ‘rta Osiyoda pediatriya ilmiga asos
solgan olim deb atash mumkin.
Junaydullo Hoziq (Junaydullo ibn Islomshayx Hoziq) X V I1 1-
asrning oxiri X I X asrning birinchi yarmida yashagan mashhur
hakimlardan biri bo‘igan. Bu hakim ham Hirotda tavallud lopib.
o'sha yerda ta'lim olgan.
Junaydullo H oziq ko‘p bilimlar bilan shug'ullangan, badiiy
adabiyotga ham qiziqqan, she’rlar ham yozgan. Am m o, uning
asosiy kasbi tabiblik bo'lgan.
Junaydullo Hoziq X lX -a sm in g boshida Buxoroga ko‘chib kelib,
shu yerda tabiblik qilgan. Hoziq o'zining chuqur bilimi va tajribasi
bilan bemorlami juda
muvaffaqiyatli davolab, katta hurmatga sazovor
bo‘lgan.
Junaydullo o ‘sha vaqtdagi ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan
adolatsizlik va har hil jinoiy ishlarni qattiq qoralagan. Xatto Buxoro
amiri N asm lloxonningo‘zimi ham tanqid qilgan. Buning natijasida
amirning g ‘azabiga uchrab, Buxorodan kctishga majbur bo'lgan.
Q o'qo nga ko'chib borib, shu yerda tabiblik bilan shug'ullangan.
Am m o, bu shaharda ham uzoq yashay olmay Xorazmga ko'chgan.
Lekin, Xorazm xonining ham g'azabiga duchor bo‘lgan. Xivada
xonning farmoni bilan bir hammom qurilgan ekan. Saroy shoirlari
6 — O'zbekhnon lihhjyoli
81
www.ziyouz.com kutubxonasi