T o s h k e n t a b L a L l I b n s I n o n o m I d a g L



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana06.06.2022
Hajmi3,83 Mb.
#641977
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
O\'zbekiston tibbiyoti (Asadulla Qodirov) (1)

Abu Ali ibn Sino 
(
980
-
1037
)
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


sazovor bo‘1gan. Shahardagi nufuzli kishilar ham kasal bo'lib 
qolganlarida ibn Sinoda davolanganlar. Buning natijasida uning 
obro‘e’tibori yana oshgan. N ihoyat bu «Yosh m o‘jizakor tabib» 
haqidagi xabar, Shoh saroyiga ham yetib borgan. B ir kun esa Ibn 
Sinoni shohn ingo‘zini davolashga chorlaganlar. Ibn Sino o‘zining 
chuqur mulohazalari bilan saroy tabiblariga foydali maslahatlar 
bergan. Buning natijasida u shohning hurmatlariga sazovor bo‘lib, 
«saroyga yaqin kishilar» qatoriga kiritilgan. Bu haqda lbn Sinoning 
o ‘zi taijimaiy holida bunday deb yozgan: «Buxoroning podshosi 
N u h ibn M an su r edi. Ittifoqo u shunday bir kasallikka duchor 
bo ‘libdiki, tabiblar uning kasalligi haqida bir fikrga kelisha 
olmabdilar. 0 ‘qishga qattiq kirishganim tufayli nomim ular o'rtasida 
mashhur b o lih qolgan ekan. Podshoh huzurida mening haqimda 
gapirishib, undan meni ham chaqirishni so'rashibdi. Podshoh 
bunga rozi ho'lihdi. M en borib boshqa tabiblar bilan birgalikda 
shohni davolashda ishtirok etdim, va shu orqali unga tanildim»*.
Buxorodagi shoh saroyida nodir kiloblaiga boy katta kutubxona 
bo'lgan. Bu Ibn Sinoga m a'lum cdi. Am m o, bu kutubxonadan 
faqat saroy amaldorlari va shohga yaqin kishilargina foydalana 
olardilar. Ibn Sino «saroyga yaqin kishilar» qatoriga kirganidan 
so 'n g uning uchun ham kutubxonadan foydalanish imokniyati 
paydo b o ‘ldi Ibn S in o bu kutubxonadagi nodir kitoblarni 
o 'q ish n i juda istardi. B ir kuni qulay fursat topib, u shohdan 
saroy kutubxonasiga kirib, u ycrdagi kitoblarni 
0
‘qish uchun 
ruxsat so'raydi. Xususan, tibga oid kitoblami o'qim oqchi ekanini 
bildiradi.
Shoh ruxsat bcrgach, Ibn Sin o kutubxonaga kirib, u yerdagi 
kitoblaming ko‘pligi va xilma-xilligini ko‘rib, hayratda qoladi. Bu 
ycrda olimga ilgari nomlari ham m a'lum bo'lmagan kitoblar ko‘p 
ekan. Ibn S in o bu kutubxona va undagi kitoblar haqida bunday 
m a'lum ot beigan: « M e n ko‘p xonalardan iborat kutubxonaga 
kiidim, harbirxonada kitob sandiqlari turardi, kitoblaresa ustma- 
ust taxlab qo‘yilgan cdi.
Xonalam ing birida arab tiliga oid kitoblar, she'rlar, boshqasida 
flqhga oid asarlar turardi. Shu tartibda har bir xonada fanning 
ayrim birsohasiga oid kitoblar (o'plangan edi... U yerda shunday 
kitoblarni ko'rdim ki, ko'pchilik hatto ularning nomlarini ham
* Abu Ali ibn Sino, ‘lar|imai holi, loshkcnl ISXU, 11 bet.
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


eshitmagan b o 'ls a kerak. 0 ‘zim ham ulam i bundan ilgari 
ko'rm agan edim, keyin ham uchratmadim.**
Ibn Sino o'ziga xos tirishqoqlik va qunt bilan kutubxonadagi 
nodir kitoblarni o'qishga kirishadi. Am m o, u bu yerda tibga oid 
qanday kitoblami ko‘rgaiii va o‘qigani haqida hech narsa yozmagan. 
Lekin, bunday kitoblarbolgan, albalta. Chunki, o ‘sha vaqtlarda 
yozilgan va taijima qilingan kitoblar orasida tibga oid asarlar 
ko'pchilikni tashkil etgan.
Ibn Sino kitob o'qishga shu qadar beriladiki, kutubxonadan 
chiqmay kecha- kunduzo‘sha yerda qolih keladi. Bundan xabardor 
bo'lgan kishilaming yozishlaricha, faqat shohning o ‘zi yoki saroy 
amaldorlaridan biri betob bo‘lib qolib, Ibn Sinoni chaqirtiiganlari- 
dagina u o'qishdan boshini ko'tarar ekan. Shunday matonatli 
mehnat tufayli ibn Sino kutubxonadagi kitoblaming ko'pini o qib 
chiqa olgan. Buning natijasida ibn Sinoning bilimi tenggi yo'q
darajada oshib ketgan. Bu vaqtda Ibn Sino endigina o ‘n sakkiz 
yoshga to' Igan edi, xolos.
X asr oxirida (999 yil) O llo y va Yettisuv tomonlaridan kelgan 
qoraxoniylar Buxoroni zabt etdilar. Som oniylar davlati tugatilib, 
qoraxoniylar hokimiyati o'rnatildi. Qoraxoniylar mamlakatda 
o'zgacha siyosat va yangicha tartib o'matdilar. Bu Ibn Sinoga unchalik 
yoqmaydi. Am m o, shunday bo'lsa ham u qoraxoniylar saroyida 
xizmat qilishga majbur bo'ladi. Bu haqda olim ning o 'z i bunday 
deb yozgan: «Otam vafot etib ahvolimda o'zgarish yuz berdi. Sulton 
huzuridagi vazifalardan birini o 'z zimmamga oldim. Keyin zarural 
yuzasidan Buxorani tark ctdim». Ma'lumotlarga ko'ra Ibn Sinoning 
otasi 1002-yilda vafot etgan. Demak, bu voqealar shu yillarda 
sodir bo'lgan. 1004-yil kecli kuzida yoki 1005-yil boshida Ibn 
Sinn Buxorodan yashirincha chiqih ketadi. Olim huning sababini 
ochiq ko'rsatmay «zamrat yuzasidan Buxoroni tark etdim» dcb 
qo'yaqolgan. Bu iboralardan Buxoroda Ibn Sino uchun noxush 
holatlar yuz berganligi m a 'lu m bo'ladi. Llning Buxorodan 
yashirincha chiqib ketganligi ham shuni ko'rsatadi.
Fikrim izcha, qoraxoniylar Ibn Sinoga nisbatan unchalik 
d o 'slon a munosabatda bo'lmaganlar. U lar um um an oldingi 
hukmdorlar(somoniylar)ga yaqin bo'lgan kishilarni yoqtirmaganlar. 
Bunday vaziyatdan chiqish uchun ibn Sino zohidlar ridosini 
kiyih, Buxoroni tark etadi va Xorazm davlatining poytaxti Urganchga *
* Abu Ali ibn Sino, Turjimai holi, Toshkeni, I9fl0, ll-hei.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


jonaydi. Bu vaqtda Xorazmningqadimgi madaniyati tiklanib, uning 
poytaxti U rg a n c h S h a rq n in g yuksak darajada rivojlangan 
shaharlaridan biri bo'lib qolgan edi. 0 ‘sha vaqtda hukmronlik qilgan 
M a'm u n iyla r fan ahllarini qo'llab-quvvatlardilar Bu Ibn Sinoga 
m a'lum edi. Shuning uchun u Xorazmga yo‘l oladi;
Ibn Sino yo‘lda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirib, 1005 
yil boshlarida Urganchga yetib boradi. Bu yerda olim ni yaxshi 
kutib oladilar U nga saroydan joy berib, yashashi va ilmiy-ijodiy 
ishlari uchun zamr sharoit yaratib beradilar. Bu haqda Ibn Sinoning 
o ‘zi taijimaiy holida bunday deb yozgan: «Keyin zarural yuzasidan 
Buxoroni tark etib, Urganch tomoniga ko'chishim ga to‘g‘ri keldi. 
U yerda ilmni sevuvchi Abul H usayn* as-Sahliy vazir edi. U
yemungamiri huzuriga kirdim. A m ir lbn M a 'm u n edi. M e n uchun 
menga o'xshaganlarga beriladigan yetarli miqdorda oylik tayin 
qilishdi».
Ibn Sino o ‘z taijimaiy holida Xorazmda yashagan yillari haqida 
juda kam yozgan. Lekin, tarixdan ma'lumki, olim ning bu o‘lkada 
yashagan yillari uning hayotida eng samarali yillar bo‘lgan. Xorazm 
shohi ibn M a 'm u n m a'rifatparvarshoh bo'lgan. U ilm ahllarini 
qadrlagan va doim ulami qo‘llab- quwatlagan
Ali ibn M a'm u nd a n keyin shohlik qilgan Abu Abbos M a 'm u n
ibn M a 'm u n ham ilm ahllarini qo'llab-quwatlashni davom ettitgan. 
M ashhur Xorazm Akademiyasi shu shoh davrda tashkil etilgan 
edi. Ibn Sinoni ham Akademiyadagi olimlar qatoriga kiritdilar. 
Akademiyaga o ‘sha davming mashhur olimi Abu Rayhon Beruniy 
rahbarlik qilardi. Akademiyada to'plangan olimlar Bem niyning 
rahbarligida fanning har sohalari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borganlar. lbn Sino Abu Rayhon Beruniy bilan juda do'stlashib 
oladi. U lar ko‘p ilmiy masalalami birgalikda o'rganib, birgalikda 
yecharkanlar. Bem niyning o ‘zi ham bir jihatdan tibbiyotga yaqin 
kishi bo'lgan. U turli dorivor o'sim liklar va m oddalam i yaxshi 
bilgan.
Ibn Sino Xorazm da o 'zining tibga oid birinchi asarini yozadi. 
Bu asar « D a fa l- mador al-kulliya an al-abdan al-insoniya bi- 
tadomk anva'-xata at-tadbir» («Tadbirda yo‘ 1 qo'yilgan xatolami 
bartaraf qilish yo'li bilan inson tanasiga yetgan zararlami tugatish») 
deb ataladi. Bu kitob keyin qisqaroq qilib, «Tadom k anva’ al-xata 
al-vaqe’ fi-t-tadbir at-tibbiya» («Tibbiy qoidalarda uchraydigan

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish