T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  0 ‘zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

3.  0 ‘zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror 
topishi va  rivojlanishi
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
mustahkamlangan 
saylovlar  o ‘tkazishning  demokratik  tamoyillari  ham  fuqarolik  jamiyati 
yashovchanligini  ta’minlay olish qobiliyatini o‘zida ifodalaydi. Ayniqsa, 
u  mamlakatda  demokratik  saylov  tizimining  shakllanishi  uchun  qulay 
huquqiy  shart-sharoitlar yaratib berishi  bilan ajralib  turadi. Mamlakatda 
shakllangan  saylov  tizimiga  doir  huquqiy  asoslar  parlament,  xalq 
deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
kengashlarini 
shakllantirish 
tamoyillari  va  fuqarolaming 
saylovlarda  qatnashish  huquqini, 
mamlakatda 
xalq 
hokimiyatini 
amalga  oshirish 
va 
davlatning 
umuminsoniy  manfaatlar  tamoyillari  asosida  tashkil  etishning  muhim 
demokratik  poydevoridir.
Respublikada  saylov  tizimining  huquqiy  asoslari  parlament  va 
boshqa 
vakillik  organlariga  saylovlarda  jamoatchilik  fikrini  har 
tomonlama 
aniqlash,  nomzodlaming  shaxsiy  fazilatlarini  bilish, 
saylovchilaming  faqatgina  ovoz  berishgina emas,  balki  ulaming saylov 
kampaniyasida  bevosita  ishtirok  etishi  uchun  ham  demokratik  muhit 
yaratishga yo'naltirilgandir.
0 ‘zbekistonda  shakllangan 
demokratik  saylovlaming  muhim 
demokratik  tamoyillaridan  biri  shuki,  mamlakat  Prezidenti  muqobillik 
asosida,  bevosita  saylovchilar  tomonidan  saylanadi.  Shuningdek,  Oliy 
Majlisning  quyi  palatasi  -   Qonunchilik  palatasi  deputatlari  bevosita 
saylovchilar  tomonidan  saylanishi  an’anaga  aylandi.  Shuningdek, 
QoraqalpogMston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi,  viloyat,  shahar  va 
tuman xalq deputatlari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq tomonidan saylanadi.
0 ‘zbekistonda  saylovlar  xalq  hokimiyatchiligini  amalga  oshirish 
zaruriyatidan  kelib  chiqib,  unda  xalq  tomonidan  davlat  hokimiyatini 
shakllantirish  va  uning  faoliyatini  nazorat  etishni  xalqchi 11 ik  asosida 
amalga  oshirish  maqsadlari  mujassamlashgan.  Shuningdek,  saylovlar 
davrida  “xalq  davlat  hokimiyatining  birdan-bir  manbayidir”  degan 
demokratik tamoyilni amalga oshirish imkoniyatlari tugMladi.
Fuqarolaming  davlat  va  jamiyatni  boshqarishdagi  ishtiroklari 
saylovlar  davrida  aniq  va  ravshan  namoyon  boMadi.  Shu  bilan  birga,
140


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  32-moddasida  “bunday 
ishtirok  etish  o'zini  o'zi  boshqarish,  referendumlar  o'tkazish  va  davlat 
organlarini  demokratik tarzda tashkil  etish  yo‘li  bilan  amalga oshiriladi” 
deyiladi. 
Mazkur  Konstitutsiyaviy  qoidadagi 
“davlat  organlarini 
demokratik tarzda tashkil  etish”  so'zining  asl  ma’nosi  davlat organlarini 
xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri  saylanishini anglatadi.
0 ‘zbekistonda 
saylovlardagi 
tenglik 
huquqi 
tamoyili 
Konstitutsiyaning 
117-moddasida 
quyidagicha 
mustahkamlangan: 
“0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  davlat  hokimiyati  vakillik 
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir 
ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va 
erkinligi  qonun  bilan  kafolatlanadi.  ...Saylovlar  umumiy,  teng  va 
to‘g‘ridan  to‘g‘ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan 
o'tkaziladi”.
0 ‘zbekistonda 
saylovlaming 
huquqiy 
asoslari 
rivojlangan 
mamlakatlarda  keng  yoyilgan  demokratik  tamoyillar  asosida  shakllandi.
2003-yil 29-avgustda Oliy Majlis tomonidan  1993-yil 28-dekabrda  qabul 
qilingan “O ‘zbekiston  Respublikasi Oliy  Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi 
Qonunning  yangi  tahriri  qabul  qilinishi  natijasida  unga  demokratik 
qadriyatlarga  xos  bo‘lgan  yangi  toMdirishlar  va  o‘zgartishlar  kiritildi. 
1994-yil  5-mayda  parlament  tomonidan  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
“Fuqarolar  saylov  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonuni  qabul 
qilindi.  Shuningdek,  2003-yil  29-avgustda  Oliy  Majlis  tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  (1994-yil  5-may)  ham 
o‘zgartishlar  va  to‘ldirishlar  kiritildi.  Mazkur  qonunlar  demokratik 
saylovlami  amalga  oshirishning  demokratik  tamoyillari  asosi  sifatida 
katta sinovlardan o‘tdi.
О  zbekistonda Senatni shakllantirishda mahalliy vakillik organlariga 
Senat  a’zoligiga  nomzodlar  ko‘rsatish  vakolatlari  berilishi  hududiy 
manfaatlaming  qonunlarda  ifodalanishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratdi. 
Shu bilan  birga,  mahalliy  xalq deputatlarining Senat a’zolarini  saylashda 
bevosita  ishtirok  etishi  vakillik  demokratiyasining  shakllanishiga, 
shuningdek,  ulaming  umummilliy  davlat  boshqaruvi  faoliyatlarida 
bevosita ishtirok etishlari uchun huquqiy imkoniyatlar yaratdi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va 
shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  binoan  xalq 
deputatlari Kengashlariga “saylov kuni  yigirma bir yoshga to‘lgan hamda 
kamida 
besh 
yil 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
muqim
141


yashayotgan” 
fuqarolar  saylanish  huquqiga  egadirlar.  Oliy  Majlis 
umumdavlat ahamiyatiga ega oliy qarorlar qabul qiluvchi  organ boMgani 
uchun  ham  Konstitutsiyada  (77-modda)  uning  har  ikkala  palatasi  -  
Qonunchilik palatasiga deputat va Senatga a’zo boMib saylanish huquqini 
25 yoshga toMgan  fuqarolarga berilishi mustahkamlandi.
0 ‘zbekiston  saylov  tizimidagi  teng  saylov  huquqi  quyidagilami 
anglatadi:  “har bir  fuqaro  bir ovozga  ega.  Fuqarolar jinsi,  irqiy  va milliy 
mansubligi,  tili,  dinga  munosabati,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi, 
shaxsiy  va  ijtimoiy  mavqeyi,  ma’lumoti,  mashg‘ulotining  tun  va 
xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadirlar”.
To‘g‘ridan  to‘g‘ri  saylov  huquqi  hokimiyat  vakillik  organlariga 
saylov  to ‘g‘ridan  to‘g‘ri  o'tkazilishini  anglatadi:  beistisno  barcha 
Kengashlaming deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
“0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g ‘risida”gi 
(yangi  tahriri)  Qonunning 5-moddasida  saylovlarda yashirin  ovoz berish 
qoidasi  quyidagicha  ifodalangan:  “Qonunchilik  palatasi  deputatlari 
saylovida erkin  va  yashirin  ovoz beriladi.  Ovoz beruvchilaming xohish- 
irodasi nazorat qilinishiga yo‘l  qo'yilmaydi”. 0 ‘zbekistonda boshqa quyi 
vakillik organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarda ham yashirin ovoz 
berish tamoyili mustahkamlandi.
Milliy mustaqillik yillarida mahalliy vakillik organlariga saylovlarga 
doir  huquqiy  asoslar  ham  takomillashdi.  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
“Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 
to‘g‘risida”gi  Qonunining (1994-yil  5-may)  1-moddasida  0 ‘zbekistonda 
mahalliy  vakillik  organlariga  saylov  o'tkazishning  asosiy  tamoyillari 
demokratik  qadriyatlar  talablari  darajasida  belgilab  qo'yildi:  “Xalq 
deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  hududiy  bir 
mandatli  saylov  okruglari  bo'yicha  ko'ppartiyaviylik  asosida  besh  yil 
muddatga  o ‘tkaziladi.  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlari  deputatlari  umumiy,  teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri  saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar”.
Demak,  0 ‘zbekistonda  vakillik  organlariga  saylovlaming  huquqiy 
asoslari  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  talablari  darajasida 
ifodalanmoqda.
Vakillik  organlari  deputatligiga  nomzodlar  siyosiy  partiyalar 
tomonidan  ko‘rsatilishi  bu  organlaming quyidagi  demokratik  qadriyatlar 
asosida faoliyat ko'rsatishiga shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratadi:

ulaming  nisbatan  mustaqil  qarorlar  qabul  qilishlari  va  mahalliy 
ijroiya hokimiyati  faoliyatini xolisona baholashlari;
142


-  jamiyatdagi  turli  ijtimoiy  qatlamlar  va  guruhlar  manfaatlari  va 
siyosiy  irodalarini  vakillik  organlarida  ifodalash,  ular  qarorlarida  aks 
ettirish;
-  vakillik  organlaridagi  turli  partiyaviy  fraksiyalar  o'rtasidagi 
muloqotlar,  bahs  va  munozaralar  asosida  pishiq  va  puxta  qarorlar  qabul 
qilish;
-  saylovchilaming  nomzodlar  orasidan  o'zlariga  munosiblarini 
tanlash huquqini ro'yobga chiqarish;
-  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  siyosiy 
Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish