2. Saylovlaming demokratik prinsiplari
Demokratik saylovlami vakillik mexanizmi sifatida amal qilishini
betakror qadriyatga aylantirgan, umume’tirof etgan qator prinsiplar
mavjud. Bu prinsiplar saylov qonunchiligida o 'z ifodasini topadi va ular
muhim inson huquqlaridan biri bo'lgan - saylash huquqi yoki ovoz
berish huquqini ta’minlaydi.
Parlament
demokratiyasiga
asoslangan
konstitutsiyaviy
mamlakatlarda, aw alo, vakillik organlarini saylanish prinsipi va ulami
shakllantirishdagi xalqning hech bir bo'linmas huquqi har tomonlama
mustahkamlanadi.
Bu
mamlakatlar
konstitutsiyalarida,
odatda,
136
saylovlaming umumiyligi prinsipi mazmuni ochib beriladi. Umumiylik
prinsipi barcha aholini saylovchi sifatidagi faol huquqi, hokimiyat
organlariga saylanish uchun saylovlarda nomzod sifatidagi passiv saylov
huquqini anglatadi.
Bundan mustasnolik bir qancha senzlar bilan chegaralangan:
balog'atga yetmaganlaming yoshi, nomzodlaming yoshi sal kattaroq
bo‘lishi; sud qarori bilan mustahkamlangan saylovlarda ishtirok etish
qobiliyatiga ega boMmagan ruhiy kasal fuqarolar. Shuningdek, ma’naviy
senzlar ham mavjuddir: sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilgan
shaxslar huquqi ham cheklanadi. Umume’tirof etilgan qoidalardan
tashqari boshqa senzlami o‘matish saylovlaming umumiylik prinsipini
cheklaydi yoki uni to‘g‘ridan to‘g‘ri buzadi.
Sobiq ittifoq qonunchiligiga binoan ma’lum sinflar va ijtimoiy
tabaqalar saylov faolligini cheklovchi qator toifaviy - sinfiy senzlar
mavjud edi. Ulaming ro'yxati va mazmuni davlat rivojlanishining turli
bosqichlarida tez-tez o'zgarib turdi.
Jinsiy senz uzoq davrlar ayollaming saylovlardagi ishtirokini
cheklab keldi (ba’zi musulmon mamlakatlarida hozirga qadar bu kabi
senz saqlanib qolmoqda). Mulkiy senz esa kambag'al fuqarolar faolligini
hamon
cheklamoqda.
Qator
mamlakatlarda
oMroqlik
senzi
migrantlaming saylov okrugida saylash va saylanish huquqini bir necha
yillar davomida cheklaydi.
Hozirgi davr demokratik saylovlar prinsiplaridan biri - teng saylov
huquqi hisoblanadi. Uning amaldagi ifodasi shundan iboratki, qonun
chiqaruvchi organga har bir deputat deyarli teng miqdordagi fuqarolar
vakili hisoblanadi, shuningdek, har bir saylovchi umumiy saylov
qarorlariga bir xilda ta’sir etish darajalariga ega boMadi. Bu prinsipga
amal qilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Mazkur prinsipga
amal qilish saylov okruglari chegaralarini to‘g‘ri belgilash bilan bogMiq.
Teng saylov huquqi prinsipi yana bir qancha muhim talablarga itoat
etishni taqozo etadi: nomzodlar ko'rsatish davrida ular uchun teng
imkoniyatlar
yaratish,
nomzodlami
qoMlab-quwatlash
uchun
yigMladigan ovozlami va saylovoldi targMbotlari imkoniyatlarining
tengligi. Shuningdek, nomzodlaming moddiy imkoniyatlari turlicha
ekanligi
va
ulaming
bu
imkoniyatlaridan
qanday
darajada
foydalanishlarini nazorat qilish mushkul ish ekanligiga e’tibor berilsa, bu
yo'nalishda tenglikni
ta’minlash
ko‘plab muammolaming kelib
chiqishiga sabab boMadi. Shuning uchun ham aksariyat mamlakatlarda
nomzodlar moddiy shart-sharoitlari tengligini ta’minlash uchun saylov
137
kampaniyalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga amal qilinadi.
Demokratik saylovlaming yana bir mezonlaridan bin - saylovlami
to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazish prinsipi hisoblanadi. Parlarnent demokratiyasi
rivojlangan mamlakatlaming ko‘pchiligida saylovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri
(delegatlar yoki vakillar vositasisiz) prezident, parlarnent va boshqa
siyosiy hokimiyat organlarini saylaydilar. Shu bilan birga, ba’zan oz
sonli maxsus saylovchilar saylov okrugidagi yoki mamlakatdagi barcha
saylovchilar irodasini ifoda etishi asosida saylaydigan shaklan bilvosita,
mazmunan bevosita saylovlar ham amaliyotda uchrab turadi. Bu kabi
shaklan to‘g‘ridan to‘g‘ri boMmagan saylovlar AQSH prezidentini
saylashda qoMlaniladi. Lekin bu saylovlar mamlakatdagi barcha
saylovchilar qarorini ozchilik maxsus saylovchilar tomonidan hech bir
o‘zgarishlarsiz bajarish asosida ro‘y berishi e’tiborga olinsa, u ham
to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlardan kam farq qiladi.
Ilgarilari bilvosita saylovlami ko'plab qoMlash natijasida saylov
jarayonlaridagi demokratik mazmun kamayib ketgan edi. A w alo, bu
kabi saylovlami qoMlash saylovchilar sonini kamaytirib, har bir fuqaroni
saylovlarda ishtirok etishiga imkoniyatlar qoldirmas edi. Shuningdek, bu
saylovlarda ishtirok etishni istamaydigan saylovchilar soni ham yildan
yilga ko‘payib bordi. Nomzodlar va ulaming dasturlariga nisbatan
e ’tiborsizlik paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, bilvosita saylovlar siyosiy
kuchlar
o'rtasidagi
kuchlar
joylashuvini
doimo
soxtalashtirib,
saylovchilami erkin tanlash huquqlarini buzib keldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri
saylovlar esa barcha saylovchilami ovoz berishda ishtirok etishiga
imkoniyatlar yaratib, saylov kampaniyasini legitimlik asosida kechishini
ta’minlab kelmoqda.
Demokratik saylovlaming yana bir muhim prinsiplaridan biri
musobaqadoshlik yoki o‘zaro raqobatdoshlik hisoblanadi. Ya’ni u
saylovlarda turli xil ijtimoiy guruhlar yoki qatlamlar manfaatlarini
ifodalovchi turli partiyalar va nomzodlami ishtirok etishini anglatadi.
Siyosiy partiyalar turli xil mafkura va turli ijtimoiy qatlamlar siyosiy
manfaatlari asosida saylovlarga barcha toifadagi fuqarolami jalb qilish
imkoniyatlariga egadir. Ko‘ppartiyaviylik asosidagi raqobatdoshlik
demokratiya rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lib, u turli ijtimoiy
manfaatlami tinch musabaqalashuv asosida ifodalashni ta’minlab,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga katta hissa qo‘shadi. Shu
bilan birga, raqobatdoshlik asosidagi saylovlar turli o ‘zaro ijtimoiy
mojarolaming ham tinch yo‘l bilan barham topishiga imkoniyat yaratadi.
Barcha demokratik mamlakatlar tomonidan tan olingan prinsiplardan
138
yana biri - yashirin ovoz berish hisoblanadi. Saylovlarda yashirin ovoz
berish natijasida saylovchiga tashqaridan tazyiq yoki ta’sir o‘tkazishning
oldi olinadi, har bir saylovchining erkin boMishi, o‘z xohish-ixtiyorini
amalga oshirishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, saylovlar
o‘tkazishdagi yana bir demokratik prinsip - saylovlar ustidan xalq
nazoratini
amalga
oshirish
hisoblanadi.
Shuningdek,
saylovlar
kampaniyalarida milliy va xorijiy kuzatuvchilaming ishtirok etishi saylov
o ‘tkazilayotgan davlatning obro‘-e’tiborini oshiradi.
Demokratik mamlakatlardagi saylovlar o'tkazish prinsiplaridan biri
- saylovlaming erkinligi va ularda fuqarolaming ishtirok etishining
ixtiyoriyligi hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati shundaki, hech kim
fuqaroning saylovda erkin o ‘z xohishini bildirishiga yoki saylovda
ishtirok etishi va etmasligiga ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Demokratik saylovlaming yana bir prinsipi - nomzodlaming
saylovoldi kurashi uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Bu prinsip
nomzodlardagi turli moddiy yoki siyosiy imkoniyatlar ulaming
ba’zilariga ustunliklar va imtiyozlar yaratilishini oldini olib, barcha
nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, yana bir
prinsip - saylovlami boshqa muddatlarga ko‘chirish yoki uni bekor
qilishga yo‘l qo'ymaslik maqsadidagi saylovlar muddatini cheklash
prinsipi hisoblanadi. Chunki saylovlami o‘tkazish muddati ayrim siyosiy
kuchlar xohishiga bogMiq boMsa, saylovlar o‘z qadr-qimmatini yo'qotishi
turgan gap.
Saylovlami
aniq
bir xil muddatlarda o'tkazilishi
saylovchi laming
o‘z
manfaatlari
asosida
hokimiyat
organlarini
o‘zgartirib turishiga keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Demokratik saylovlar tamoyillari va bu sohada shakllangan
qadriyatlami tahlil etish natijasida fuqarolik jamiyatining muhim
jihatlaridan biri bo'lgan - fuqarolaming siyosiy jarayonlardagi
ishtirokining nechogMik ahamiyat kasb etishiga doir xulosalar
shakllanadi.
BMTning
“Inson
huquqlarining
umumjahon
deklaratsiyasi”da ifodalangan “xalq irodasi hukumat hokimiyatining
asosi boMishi kerak”, degan demokratik qoida asosan saylovlar vositasida
amalga oshirilib, unda jamiyat a’zolarining xohish-istaklari asosida
siyosiy hokimiyatning shakllanishi ro‘y beradi. Ana shu qoidani
amaliyotda qoMlash natijasidagina fuqarolik jamiyatining hokimiyat
organlari faoliyatini nazorat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, demokratik saylovlar fuqarolik jamiyati tarkibidagi ijtimoiy
qatlamlar va guruhlaming manfaatlarini barq urishiga, bu manfaatlar
qutqusi asosida siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga zamin
139
tayyorlaydi. Umuman olganda, saylovlaming erkin va adolatli o‘tishi
fuqarolik jamiyatining rivojlanish
darajasini
bildiradi
va unga
yashovchanlik qobiliyatini baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |