T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


erkinlik,  adolatlilik,  yashirinlik,  shaffoflik  va  hisobot  berish



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

erkinlik,  adolatlilik,  yashirinlik,  shaffoflik  va  hisobot  berish 
so'zlarida o‘z ifodasini topgan.  Bu  har bir ovoz hisobga olinishini  va har 
bir  fuqaro  davlat  hokimiyatining  vakolatli  organlarini  shakllantirishga 
ko'maklashishi mumkinligini anglatadi.
YXHTning  Kopengagen  hujjatida  ko‘zda  tutilgan  majburiyatlar 
1990-yilda  Parij  xartiyasiga  muvofiq  tashkil  etilgan  va  dastawal 
YXHTning  “Erkin  saylovlar  bo‘yicha  byuro”  deb  ataladigan 
Demokratik  institutlar  va  inson  huquqlari  bo‘yicha  byurosi  (DIIHB) 
uchun  saylovlar  bilan  bog'liq  ishlar  bo‘yicha  qo‘llanma  hisoblanadi. 
DIIHB o‘z faoliyatini  1991-yilning may oyida boshladi va YXHTga a’zo 
davlatlarga  yordam  ko'rsatish  bo'yicha  YXHTning  asosiy  instituti 
hisoblanadi.  U,  jumladan,  “inson  huquqlari  va  asosiy  erkinliklarining 
to‘la  hurmat  qilinishini  ta’minlash,  qonuniylik  asosida  ish  ko‘rish, 
demokratiya  prinsiplarini  hayotga  joriy  etish  va  ...  demokratik 
institutlami  tashkil  etish,  mustahkamlash  va  himoya  qilish,  shuningdek, 
butun  jamiyat  ko‘lamida  murosaga  kelish  prinsiplarini  rivojlantirish”ga 
da’vat etilgan.
DIIHB  -   Yevropada  saylovlami  kuzatish  sohasida  yetakchi 
institutdir. 

YXHT 
mintaqasida 
o‘tkaziladigan 
saylovlami 
muvofiqlashtiradi  hamda  ulaming  milliy  qonunchilikka  va  xalqaro 
standartlarga 
muvofiqligini 
baholash 
uchun 
har 
yili 
minglab 
kuzatuvchilardan  iborat  guruhlami  tashkil  etadi.  DIIHB  saylov 
jarayonining  barcha bosqichlari  monitoringi  uslubiyatini  ishlab  chiqqan. 
DIIHB  o‘z-o‘ziga  ko‘maklashish  loyihalari  vositasida  YXHTga  a’zo 
davlatlarga ulaming saylov tizimlarini yaxshilashda yordam ko‘rsatadi.
Saylovlar  tizimi  -   huquqiy  me’yorlarda  mustahkamlab  qo‘yilgan, 
shuningdek,  davlat  va  jamiyat  institutlari  faoliyatlari  tajribasida 
shakllangan  vakillik  organlari  yoki  ayrim  rahbarlik  vakilini  saylashni
130


o‘tkazish  va  tashkil  etishga  doir  tartibotdir.  Saylovlar  tizimi  -   siyosiy 
tizimning  tarkibiy  qismidir.  Shu  bilan  birga,  saylovlar  tizimining  o‘zi 
ham boshqa tizimlar kabi  tizilmaviy qismlarga boMinadi:  ulaming ichida 
ikkitasi  alohida  ajralib  turadi:  birinchisi,  fuqarolaming  saylov  huquqi  -  
nazariy-huquqiy  komponent;  ikkinchisi  esa  saylov jarayonlari  -   amaliy- 
tashkiliy komponentdir.
Fuqarolaming  saylov  huquqi  ulaming  saylovlardagi  ishtirokini, 
saylovchilar  va  saylanuvchi  organlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlami 
muvofiqlashtiruvchi,  shuningdek,  keyinchalik  saylovchilar  ishonchini 
oqlamagan  vakillami  chaqirib  oluvchi  tartibotlaming huquqiy me’yorlari 
majmuasidir.  Fuqarolaming  saylov  huquqi  tushunchasi  fuqarolaming 
saylovlarda  ishtirok  etish  huquqi  sifatida  torroq  ma’noda  -   saylovchi 
sifatida  (faol  saylov  huquqi)  yoki  saylanuvchi  sifatida  (passiv  saylov 
huquqi)  qoMlaniladi.
Jamiyat 
a’zolarining  davlat  hokimiyati  organlariga  boMgan 
saylovlardagi  keng  ishtiroki  demokratik  siyosiy  jarayonning  tarkibiy 
qismidir.  Demokratik  saylovlar  davlat  va  jamiyatni  va  ulaming 
takomillashgan 
modellarini 
shakllantirish 
maqsadlaridagi 
tarixiy 
rivojlanishning  ziddiyatli  izlanishlari  natijasi  oMaroq  paydo  boMgan 
institutdir.  XX  asrga  kelib  davlat  hokimiyati  organlarini  shakllantirish 
bilan  bogMiq  boMgan 
demokratik 
saylovlar  jahondagi  aksariyat 
mamlakatlar  siyosiy  hayotidagi  tabiiy bir jarayonga  aylandi.  Shu  bilan 
birga,  har  qanday  saylovlami  ham  demokratik  qadriyatlar  qatoriga 
kiritish  ham  qiyin  masaladir.  Saylovlami  davlat  va  fuqarolik  jamiyati 
o‘zaro  muvozanatidagi  holatlaridan  kelib  chiqib  bir  necha  turlarga 
boMish mumkin.
Umume’tirof  etilgan 
xalqaro 
demokratik  tamoyillardan  biri 
quyidagicha  ifodalanadi:  “Demokratik  idora  etish  erkin  va  adolatli 
saylovlar  davomida  muttasil  ifodalanib  boradigan  xalq  irodasiga 
asoslanadi. Turli mamlakatlarda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining 
rivojlanishi  darajasini  saylov  huquqi  prinsiplariga  muvofiq  ravishda, 
ya’ni  ularda  o'tkazilgan  saylov  tizimini  ifoda  etuvchi  saylovlarini 
tasniflash asosida belgilash mumkin.  Saylovlarga doir quyidagi bir-biriga 
qarama-qarshi  boMingan  juftlik  asosida  qabul  qilingan  tushunchalar  u 
yoki  bu  mamlakatning  demokratik  rivojlanish  darajasini  aniqlashga 
yordam  beradi.  Unga  muvofiq  saylovlar  quyidagicha  o'tkazilishi 
mumkin:  umumiy  -   chegaralangan  (senzli);  teng  -   noteng;  to‘g‘ri  -  
bilvosita;  yashirin -  ochiq ovoz berish.  Bu  saylovlar tasniflangan har bir 
juftlikning  chap  tomonidagi  tushunchalarga  amal  qilgan  mamlakatlarda
131


demokratik qadriyatlar asosidagi saylovlar o'tkazilishini  bildiradi.
Fuqarolik 
jamiyati 
davlat 
hokimiyatiga 
bo‘ysundirilgan 
mamlakatlarda  avtoritar  rejimga  xos  saylovlar  amal  qiladi.  Deputatlar 
tarkibi  va  saylovoldi  dasturlar  mazmuniga  doir  barcha  asosiy  qarorlar 
oldindan  mamlakat  siyosiy  rahbariyati  xohishiga  mos  ravishda 
shakllanadi.  Bu kabi  saylovlarda deputatlar nomzodlari  oshkor etilmaydi, 
ulaming  shaxsi  va  dasturlari  to‘g‘risida  saylovchilar  yaxshi  tasavvurga 
ega boMmaydi.  Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida emas, 
balki  idora  etuvchi  partiyaviy-davlat  vakillari  sifatida  namoyon 
boMadilar.
Totalitar  siyosiy  tizim  mafkuraviy  niqoblar  ostida  o'zining  haqiqiy 
mazmunini  turli  usullar  bilan  niqoblab,  “xalq  irodasini”,  shuningdek, 
“oliy  darajadagi 
demokratiyaga  mansub 
ekanligini” 
ifodalashga 
da’vogarlik  qiladi.  Bu  siyosiy  tizim  demokratiyaning  nomuqobil 
shaklidan 
foydalanib, 
umumxalq 
qoMlab-quwatlashi 
ko‘rinishini 
shakllantirishga inti lad i.
Saylovlaming ikkinchi  turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi 
o ‘zaro  muvozanat  beqaror  boMgan  mamlakatlar  uchun  xosdir.  Bu  kabi 
mamlakatlarda  saylovlar  demokratik  rejimlar  chuqur  ildiz  otmagan, 
davlat  yetakchilarining  demokratik  intilishlari  antidemokratik  kuchlar 
qarshiligiga  uchraydigan  mamlakatlarda  uchrab  turadi.  Bu  kabi 
mamlakatlarda,  ko‘pincha,  xalq  tomonidan  saylangan  hokimiyatning 
vakillik  organlari  turli  kuchlar  va  bosimlar  ostida  o'zining  yashash 
qobiliyatini yo'qotadi.
Jamiyatning  avtoritarizmdan  demokratiyaga  o'tish  muammolari 
quyidagi  ikki  nomaMumli  tenglamani  echish  bilan  bogMiqdir:  aholi 
qoMlab-quwatlashini  yo‘qotish  sharoitida oldingi rejimdan o‘tish davrini 
bosqichma-bosqichlik asosida amalga oshirish.  Bu murakkab vazifani hal 
etish  o‘tish  davri  qator  bosqichlarini  siyosiy  texnologiyalar,  jumladan, 
takrorlanib  turuvchi  saylov jarayonlari  vositasida  qulaylashtirishni  talab 
etadi. 
Demokratiyaga 
bosqichma-bosqich 
o‘tish 
quyidagi 
turli 
darajalardagi  davlat  hokimiyati  organlariga  saylovlar  bilan  bogMiqdir: 
o‘zini  o 'zi  boshqarishning  mahalliy  tizilmalarini  saylash;  mintaqaviy 
darajalarda  siyosiy  partiyalar  va  harakatlami  shakllantirish  va  ulaming 
rahbar organlarini  saylash yo‘li bilan saylov oldi kurashlari uchun siyosiy 
kengliklami shakllantirish;  ijro hokimiyati rahbarlarini  saylash;
K o'rinib  turibdiki,  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  demokratik 
saylovlar  vositasida  ro‘y  beradi.  Avtoritarizmdan  demokratiyaga  o'tish 
muddati  esa  o ‘n  yilliklar,  avlodlar  almashinuvi  va  qator  demokratik


saylovlar  bilan  o ‘lchanadi.  Ko‘ppartiyaviylik  amaliyoti  tajribasining 
kamligi  o‘zaro  siyosiy  chidamlilikning  (tolerantlikning)  shakllanishiga 
imkon  beruvchi  ijtimoiy  demokratik  shart-sharoitlaming  noqulay 
boMishiga  sabab  bo'ladi.  Natijada,  o‘tish  davri  muddatlari  cho'zilib 
boraveradi.  Shuningdek,  ba’zi  mamlakatlarda  shoshma-shosharlik  bilan 
demokratiyaga  tezlik  bilan  o ‘tishga  intilishlar,  ko‘p  icha,  soxta 
demokratiya shaklidagi avtoritarizmni qayta tiklaydi.
Shuningdek, 
saylovlarga  doir  takomillashmagan  qonunchilik, 
demokratik  an’analar  va  saylovlaming  borishi  ustidan  xalq  nazoratining 
yetishmasligi  davlat  bilan  fuqarolik  jamiyati  o‘rtasidagi  o‘zaro 
muvozanati  beqaror  boMgan  mamlakatlar  uchun  xarakterlidir.  Bu  kabi 
holatlar  saylovlar  natijalarini  soxtalashtirishlarga  olib  kelishi  ham 
muqarrardir.  Shuning  uchun  ham  bu  mamlakatlar  uchun  har  bir 
o‘tkazilgan  haqiqiy  demokratik  saylovlar  huquqiy  davlat  qurishning 
mashaqqatli  yoMidagi  kichik,  lekin,  shu  bilan  birga,  eng zaruriy boMgan 
muhim qadamdir.
Saylovlaming  uchinchi  turi  -   demokratik  rejimlardagi,  ya’ni 
davlatlar  fuqarolik  jamiyatiga  bo‘ysungan  mamlakatlar  uchun  xosdir. 
Fuqarolik  jamiyati  qurishni  rivojlantirishning  muhim  sharti  -   davlat, 
jamiyat  va  shaxs  o ‘rtasidagi  o'zaro  muvozanat,  tenglik,  bir  maromdagi 
rivojlanishning mavjudligidir.  Ular o'rtasida yuz berishi  mumkin boMgan 
ziddiyatlar  qo'rqitish  intizomi  va  hukmronlik  usullari  bilan  emas,  balki 
qonun  oldida  mas’ul  boMgan  davlat  hokimiyati,  huquqiy  va  siyosiy 
vositalar bilan muvofiqlashtiriladi.
Turli 
mamlakatlardagi 
saylovlarda 
o'zaro 
siyosiy 
muxolifatdoshlikka  asoslangan  demokratiya  tabiatiga  xos  saylovlaming 
bir qancha umumiy tomonlari  mavjuddir  Bular hokimiyatga da’vogarlik 
turli siyosiy kuchlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, idora etuvchi elitani  erkin 
demokratik  saylovlar  vositasida  shakllantirishning  an’anaviy  qoidalarini 
hurmat  qilishdir.  Bu  kabi  rivojlangan  mamlakatlardagi  saylovchilar  va 
deputatlikka  nomzodlar  xulqi 
avtonom  va  ratsional-maqsadlilik 
xarakteriga egadir.  Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar siyosiy elitani 
shakllantirishning  haqiqiy  mexanizmi  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Bunda 
saylovlar  aholiga  rasmiy  siyosat  yo'nalishlariga  ta’sir  etish  uchun 
imkoniyatlar  yaratadi,  ulami  o'zining  manfaatlariga  monandlashtira 
oladi. Natijada davlat hokimiyati organlariga bo'lgan saylovlar rasmiy va 
norasmiy 
subyektlaming 
o'zaro 
hamkorlik 
qilishi 
legitimligini 
ta’minlaydi, bu jarayonlarda ijtimoiy tartibotning saqlanishiga va ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashga erishiladi.
133


Fuqarolik 
jamiyati 
fuqarolaming 
o‘z 
irodalarini 
erkin 
ifodalashlariga,  barcha  markaziy  organlami  xalq  tomonidan  saylanishi 
yoMi  bilan davlat hokimiyatida vakillik munosabatlarining shakllanishiga 
asoslangan 
liberal-demokratik 
yoki 
konstitutsion 
legitimlikning 
rivojlanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Legitimlikning  bu  kabi  shakli  G 'arb 
jamiyatlarining 
uzoq 
davrlar 
sotsioiqtisodiy 
va 
sotsiomadaniy 
evolyutsiyasi  natijasi  oMaroq  shakllanib,  u  hozirgi  davrda  jahon 
taraqqiyotining yetakchi tamoyiliga aylandi.
Dunyoning 
ko'plab 
demokratik 
mamlakatlari 
o'zlarining 
Konstitutsiyalari  yoki  maxsus  saylovlarga  doir  qonunlarida  fuqarolami 
yashirin  ovoz  berish  orqali  umumiy  va  teng  saylovlar  huquqlarini  e’lon 
qilgan.
Demokratik  jamiyatda  saylovlardagi  kurashlar  siyosiy  partiya 
faoliyatining  asosiy  kurashlar  maydoni  hisoblanadi.  Har  bir  partiya  o ‘z 
elektoratini  ko‘paytirishga  intiladi.  Elektorat  saylovlarda  u  yoki  bu 
Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish