t.me/tuit_students_chanel
–
protokollash va audit;
–
shifrlash;
–
yaxlitlikni nazorat qilish;
–
ekranlashtirish;
–
xavfsizlikni tahlil qilish;
–
rad etishni ta’minlash;
–
xavfsiz qayta tiklashni ta’minlash;
–
tunnellashtirish;
–
boshqarish.
26.3. Tarmoq xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, telekommunikatsiya
tamoqlarida ma’lumot xavfsizligi strategik yo‘nalishi bu muamoga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tizimli yondashuvni talab qiladi.
Tizimli yondoshuv tushunchasi ma’lumot xavfsizligini ta’minlash uchun mos
ravishda chora va usullarni yaratish shaklida talqin qilinadi, hamda,
telekommunikatsiya tarmog‘ining hayotiy davrining barcha bosqichlarida
ma’lumot xavfsizligini ta’minlash uchun barcha chora-tadbir, metodlar va
vositalarni qo‘llagan holda kompleks yondoshuv hisoblanadi.
Ma’lumot xavfsizligi boshqaruvi haqidagi zamonaviy tushunchaga ko‘ra, uni
shakllanishi loyihalash jarayonida amalga oshiriladi, yaratilishda yuklanadi,
hamma bosqichlarda tizimni nazorat qilish yo‘li orqali ekspluatatsiya jarayonida
ta’minlanadi va qo‘llanadi, ma’lumot xavfsizligiga ta’sir qiluvchi holatlar va
faktorlarga maqsadga yo‘naltirilgan ravishda ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, telekommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumot xavfsizligi
masalalarini yechishda qonun chiqaruvchi, tashkil etuvchi va dasturiy-texnik
kompleks choralarni talab qiluvchi kompleks yondashuv majburiydir.
XEAI-T tuzilmasi (TIK tarkibi):
2-TIK: Xizmatlarni taqdim etilishi va elektr aloqaning boshqarishning
ekspluatatsion jihatlari;
t.me/tuit_students_chanel
3-TIK: Tariflashtirish va hisoblar prinsiplari, shu jumladan ularga bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy va strategik masalalar;
5-TIK:
Atrof-muhit
elektromagnit
ta’sirlaridan
himoyalash;
9-TIK: Integratsiyalangan keng polosali kabelli tarmoqlar, televizion va ovozli
dasturlarni uzatish;
11-TIK: Signalizatsiyaga talablar, sinovlar protokollari va spesifikatsiyalari;
12-TIK: Ishchi xarakteristikalar, xizmat ko‘rsatish sifati va iste’molchilarning
xizmat ko‘rsatish sifatini qabul qilishi;
13-TIK: Bo‘lajak tarmoqlar, shu jumladan harakatdagi aloqa va NGN
tarmoqlari;
15-TIK: Optik transport tarmoqlari va ulanish tarmoqlari infratuzilmalari;
16-TIK: Multimediali kodlash, tizimlar va ilovalar;
17-TIK: Xavfsizlik.
Tadqiqot ishlari komissiyasi (TIK-17) XEA-Tdagi ma’lumot xavfsizligi bo‘yicha
bosh tadqiqot komissiyasi qilib belgilangan. Boshqa TIK XEA-T, XTIning boshqa
sektorlari va boshqalar (ISO/XEK, ETSI, IETF va boshqalar) bilan hamkorlikda
ma’lumot xavfsizligini standartlashtirishning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha takliflar
ishlab chiqadi. XTIni ISO/XEK bilan birgalikda ma’lumot xavfsizligini
standartlashtirish
strategiyasi
guruhida
ifodalaydi.
Barcha XEA-T komissiyalari XEA-Tning umumiy dasturiga kiritiluvchi xavfsizlik
standartlashtirishiga bog‘liq rejalar haqida TIK- 17 ga ma’lumot berishadi.
Har qanday turdagi xavfsizlik strukturasini ishlab chiqishda talablar haqida
aniq tushunchaga ega bo‘lish zarur. Tarmoq xavfsizligi quyidagilarni o‘z ichiga
olishi kerak:
–
himoyaga muhtoj resurslar;
–
bu resurslarga tahdid soluvchi –xavf;
–
bu resurslar bilan bog‘liq zaif elementlar, bu xavflar va zaif
elementlarning resursni duchor qilishi mumkin bo‘lgan umumiy tavakkalchiliklari.
Talabga shart qilib qo‘yilgan dastur himoyasiga bo‘lgan asosiy talabni,
xizmat va ma’lumotlarni, xavf va zaif elementlarga nuqtai nazarni ko‘rib chiqamiz,
bular qoniqarli talab standartlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |