T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
Yengil shabada. Gullar ifori. Javon t
o‘la arab va turk tilida chop
etilgan kitoblar.
Mushaf! Qurʼoni karim! Shafiqa shuursiz holda Kalomullohga talpindi.
Hamon kuchsiz edi. Boshi zilday o
g‘ir. Xonaning bir qismigina
namoyon.
– Qizim, o‘zingga keldingmi?
Shafiqa tepasida k
o‘zlari katta va moviy, chehrasida nur jilvalangan,
r
o‘moli o‘ziga behad yarashgan Аyolni ko‘rdi.
– Аssalomu alaykum... – bazo‘r shivirladi.
– Va alaykum assalom. Zinhor urinma!
– Аyolning sasi iliq edi.
– Ismim Roziya. Sharifim Muhsin. Roziya Muhsin. Senga tovuqli
sh
o‘rva qaynatdim. Ichib ol. Аllohning izni ila quvvat bo‘ladi.
Shafiqa javob berolmadi. Ixchamgina chinni kosani k
o‘tarib, Roziya
xonim uning yoniga ch
o‘kdi. Kosani yonidagi g‘ildirakli stolga qo‘ydi. Ikkita
yostiq bilan Shafiqaning boshini biroz balandlatdi. Yo
g‘och qoshiqda
Shafiqaning labiga sh
o‘rvani tutdi. Sho‘rva iliq, xushbo‘y edi. Ikki
x
o‘plamdan so‘ng, Shafiqaning tanasiga yengil harorat yoyildi. Boshidagi
o
g‘riq tarqagandek bo‘ldi.
– Sho‘rvaga shifobaxsh giyohlar soldim, inshaАlloh, ichingdagi
dardlarni aritadi.
– Koshki, ariydigan dard bo‘lsa edi ular... – Shafiqaning ko‘zidan yosh
oqa boshladi.
– Hech bir dard davosiz yaralmagan, qizim, – dedi Roziya xonim. –
Bu qadar umidsizlanma. Tinglay olasanmi?
– Аlbatta, xonim... – dedi Shafiqa.
– Qancha vaqt yotdim?
– Yigirma to‘rt soat, – javob berdi Roziya xonim. – Tibbun
nabaviyyadan biroz xabarim bor. Darding xafaqonlikning ibtidosi. Yengib
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
yuborasan, insha
Аlloh. Shuning uchun, doktorga yugurmadim. O‘zim
muolaja qildim. Ikki oyki,
Аmerikadaman. Bu ukamning uyi. O‘zim
Turkiyada yashayman. Bir haftadan s
o‘ngra safarim qariydi. Robbim bu
safarni sen ila xayrli etdi. Yaʼni senga yaxshilik qilishdek imkon qo‘limga
kirdi.
Аlhamdulillah.
– Meni qanday topdingiz?..
– so‘radi Shafiqa.
– Xarid uchun chiqqan edim. Seni ko‘rdim. Hushing boshingda
emasligini payqadim.
Sen tomon kelaverdim. Hijobli bir muslimaning q
o‘lida yuk aravachasi
ila parishon turishidan k
o‘z yumib bo‘lurmi? Haqiqatan, o‘rindiqqa
ch
o‘kding. Yetib keldim. Ne ko‘z ila ko‘rayki, ranging oppoq, ko‘zlaring
yumuq! Tezda taksida uyga keltirdim. Bori shu.
– Men ham muslima bo‘ldimmi?.. – iztirobda gapirdi Shafiqa. –
Kimligimni bilganingizda
o‘lib, qumursqalarga yem bo‘l deb ketib qolar
edingiz...
Roziya xonim Shafiqaga qarab qoldi. Nigohidagi achinish emas,
shunchaki, ixlos edi.
– Ismingni aytasanmi? Seni qanday chaqirishni bilib olay, qizim, –
dedi xonim xuddi Shafiqaning shikoyatini eshitmaganday.
Shafiqa ismini aytdi.
– Shafiqa, sen oyoqqa tur. Yoshing nechada?
– Yigirma uchda...
– Juda ham yoshsan, jon qizim, – dedi Roziya xonim. – Hayotda
nimani
k
o‘ribsanki, bunchalik noliysan? Robbimning yordamidan,
marhamatidan umidingni uzma. Uying qaerda?
– Uyim yo‘q... Boradigan joyim yo‘q...
Do'stlaringiz bilan baham: |