T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Yaxshi, mulla buva, – dedim. Vaqtim ziq, tezroq hukm zarur. – Bir
o‘g‘rini keltirishibdi. Shariat bilan hukm chiqarib bering.
Imomning k
o‘zi o‘ynab ketdi:
– Unday qilolmayman!
Unday qilolmayman!
Men juda hayron qoldim.
– Nimaga, mulla buva?
– so‘radim.
– Bolshovoylar ertaga qaytsa, dodimni kim eshitadi? – ko‘zi
chaqchaydi imomning.
G‘azabim qaynab ketdi. Belimdagi to‘pponchaga beixtiyor qo‘lim
yugurdi. Biroq olmadim.
– Hoy, munofiq! – deb qaltiragancha uning yoqasidan tutib siltadim. –
Menga qara, pakana! Xudodan q
o‘rqmasdan kofirdan qo‘rqasanmi? Kofir
qaytib kelmaydi! Bildingmi? Kelmaydi!
Imom adoyi tamom b
o‘ldi. Rangi o‘chib, labi pirpiradi, peshonasi
terladi.
– Bildim, bildim, – dedi yalingansimon yig‘lamsirab. – Istasangiz,
hukm chiqarib beraman, bek. Qanday hukm chiqaray?
Bu gapidan qonim qaynab ketdi. Men bu itdan shariat hukmini
s
o‘rasam, mening raʼyimga qarayapti? Urib, basharasini qonga belashdan
o‘zimni bazo‘r tiydim. Siltab, itarib yubordim. Pakana imom gandiraklab
turib qoldi. Sallasi boshidan chuvalashib yerga tushdi. Shahd bilan tashqari
chiqdim. Olomon tinchidi.
O‘g‘rining tepasiga keldim.
– Isming nima? – so‘radim undan.
– O‘roz, begim, – dedi o‘g‘ri. Turqidan nashavandligini sezdim.
– Nima o‘g‘irlading? – vajohatim yomon edi, shekilli, o‘g‘ri tipirchilab
dedi:
– Men... Men... Haligi...
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Nima o‘g‘irlading, it! Kazzob! – hayqirib yubordim. Shunday
hayqirdimki, ovozimda qahrimning hamma alangasi bor edi. Odamlar
ch
o‘chib ketganini yaqqol sezdim.
– Qo‘y... Qo‘y oldim, begim...
– Chap qo‘lini yechinglar, – dedim. O‘g‘ri yalina boshladi:
– Rahm qiling, begim, rahm qiling! Shayton yo‘ldan urdi. Bir zumda
chap q
o‘lini yechib, o‘ngini tanasi bilan qo‘shib mahkamroq bog‘lashdi.
O‘g‘ri chiyilladi:
– Rahm qiling... Rahm qiling...
Men odamlardan s
o‘radim:
– Kimning uyiga tushdi bu it?
Qotmadan kelgan, qora bir odam chiqdi:
– Mening uyimga tushgan, bek.
– Kasbi koringiz nima?
– Dehqonman.
– Nechta qo‘yingiz bor?
– Bitta oriq qo‘yim bor, xolos. Kofirlar mollarim bilan qo‘shib tortib oldi.
Qizil askarlarni boqarmish.
O‘g‘riga qaradim:
– Sen it bir kambag‘alning sho‘rini quritmoqchi bo‘libsan-ku! Qo‘lingni
ch
o‘z!
O‘g‘ri tiz cho‘kdi, chap qo‘lini qaerga yashirishni bilmay menga yalinib
uzatgan edi, qilichimni k
o‘z yumib ochguncha bir fursatda qindan
su
g‘urdim, bilagidan chopdim. O‘g‘ri chinqirib qoniga belanib yiqildi.
– Kigiz kuydirib bosinglar, – dedim. Bir zumda aytganimni bajarishdi,
qon t
o‘xtadi. O‘g‘rining oyoq – qo‘lini yechishdi, u hamon hushsiz edi,
zambilga solib olib ketishdi. Odamlar mendan qandaydir gap kutayotganini
bildim.
– Kofir bilan urushdamiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |