T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Unday dema. Mo‘minning borar joyi Аllohning huzuridir. O‘kinma.
Istasang, seni Turkiyaga olib ketaman. Hujjatlarinig t
o‘kismi? – so‘radi
Roziya xonim.
– Yo‘q, yo‘q! Hech qaerga ketmayman. O‘zimni dengizga tashlayman,
– dedi Shafiqa.
Roziya xonim hayron b
o‘ldi:
– Nega?
– Chunki o‘ligim ham odamlarga yuk bo‘lmasin. Yer yuzida meni
izlaydigan inson y
o‘q. O‘ligim begonalar qo‘lida xorlanmasin. Nahanglar
havzasiga
o‘zimni cho‘ktiraman, – Shafiqaning qarori qatʼiy edi.
Roziya xonim tik holda Shafiqani tinglayotgan edi. Bu d
aʼvodan keyin
yana
o‘tirishga majbur bo‘ldi.
– O‘ligingni begonalarga qoldirmasliging yaxshi ish, – dedi maʼqullab.
– Lekin o‘lishga nega shoshilyapsan? Kimdir quvyaptimi?
Shafiqa
o‘ylanib qoldi. Nima uchun shoshyapti, axir?
– Men o‘lishim kerak... – dedi javob topa olmagach.
– Yer yuzida menga joy yo‘q.
– Shafiqa, insonlarning barchasi bir kuni, albatta, o‘ladilar desam,
ishonasanmi?
– so‘radi Roziya xonim.
– Аlbatta, – dedi Shafiqa.
– Sen -chi? Sen ham o‘lasanmi? Yoki hamma o‘lib, birgina sen tirik
qolib ketayapsanmi, Shafiqa? Yo
o‘zingni dengizga otmasang, o‘lmas
ekansanmi?
– Yo‘q, nega... – Shafiqa taraddudlanib qoldi.
– Yer yuzida qancha inson yashayapti, bilasanmi?
– Sakkiz milliardga yaqin...
– O‘shalarning ichida eng baxtsizi senmisan?
Shafiqa bir necha soniya jim b
o‘lib, so‘ng sekin shivirladi:
– Bilmayman...
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– O‘zingni o‘ldirish eng muhim ish bo‘lsa, nima ham qilardim, Shafiqa!
– dedi Roziya xonim.
Shafiqa jim. Yugurib xonadan qochib chiqar edi, biroq madori y
o‘q.
Roziya xonim esa Shafiqaning k
o‘ziga qaradi:
– Kenja qizim sen bilan teng. Аgar qizimning o‘rnida bo‘lganingda
seni, albatta, jazolardim. Qanday jazolayman, bilasanmi? Suv t
o‘ldirilgani
idishga yuzingni bosish kerak! Jon berish oson deb
o‘ylayapsanmi? O‘n
soniya nafas ololmasang, qanday azob chekishingni bilasanmi? Bilmaysan!
Jon berish eng buyuk azobdir. O
‘limdan keyin hammasi tugaydimi?
Iymoning qaerda? Oxiratga b
o‘lgan iymoning qani? Qabr azobiga iymoning
qani? Shunchalar zaif b
o‘lurmi muslima?! Dunyo hayoti oxirat qoshida bir
nafasdir! Bir nafasdan ham qisqadir! Bir nafasni joningni qatl etib, abadiy
azobga ayirboshlaysanmi?
Roziya xonimning ovozi k
o‘tarilib ketdi, yuzi qizardi. Shafiqa
xonimning
g‘azabidan qo‘rqdi. Bu shunday qo‘rquv ediki, uning mohiyatini
ayol bilmasdi, shunchaki, Roziya xonim uning qalbiga hayiqish olib kirdi.
– Basharti, yana o‘zimni o‘ldirajakman desang, senga o‘lim azobini
o‘zim tottiraman! – Roziya xonim bu tahdidni Shafiqaning yuziga yuzini eng
yaqin masofaga keltirib eʼlon etdi. Shafiqaning qo‘rquvi ko‘paydi. Qo‘rquvi
k
o‘paygani sayin yashash ishtiyoqi tirildi.
– Shafiqa, seni uyimga, Turkiyaga eltaman. Sen tarbiyatga
muhtojsan!
... Shafiqa Roziya xonimning ortidan yosh boladay ergashdi.
Xonimning Istanbul tashqarisida, Qora dengiz b
o‘yidagi hovlisi so‘lim ekan.
Chor
–atrofi ko‘m –ko‘k. Bu Shafiqaga Kuala Lumpurni eslatdi. Biroq u
Kuala Lumpurni, eri Fotih Karimni eslashni istamasdi, zotan, bu eslash
unga uning noshukurligini namoyish etadi. Boy berilgan neʼmatlarning azobi
achchiq.
Аyniqsa, bu azobning ortida o‘z xatoying tog‘dek qad rostlab
turgan b
o‘lsa! Roziya xonim xonasi yonidan Shafiqaga bir xonani berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |