T me/akrommalik



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/170
Sana26.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#470505
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170
Bog'liq
@BOOKS KITOB HALQA

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Qaerda? 
Hamma tomondan odam yo
g‘ildi: hindlar, musulmonlar Xo‘ja Аlini 
o‘rab oldi. Yerda yotgan «xaridor» bir amallab turarkan baqirdi: 
– Manavi meni kofir hind, dedi! Urdi! 
Endi tumonatni boshqarib b
o‘lmaydi. Hindlar qiy –chuv bilan Xo‘ja 
Аliga yopirildi.
Kimdir X
o‘ja Аlining qo‘lidan tortib olomon ichidan sug‘urib chiqdi. 
– Tezda bu yerdan qoch! – dedi uni qutqargan kishi. U sersoqol o‘rta 
yashar musulmon edi.
– O‘ylanma! Tezda ket! Bu yer sen uchun xavfli! 
X
o‘ja Аli boshqa iloji yo‘qligini bilib, olomondan tezda uzoqlashdi. 
Odamlar orasida esa dahanaki olishuv qizib borardi.
– Musulmonlar haddan oshyapti! 
– Ularni haydash kerak! 
– O‘rnini bilib yursin ular! 
– Qani anavi zo‘ravon? 
– Ur uni! 
– Musulmonlarda ayb yo‘q! 
Mushtlashuv boshlandi: hind musulmon b
o‘lsa, bas, urishni, mayib 
qilishni istar edi. Olomon shovqin k
o‘tardi, shaytoniy vasvasa hammaning 
esini olib q
o‘ydi.
Birov tosh bilan, birov s
o‘yil, birov pichoq bilan bir –biriga hujumga 
o‘tdi. 
Politsiya yetib keldi, havoga 
o‘q uzildi, urushayotganlar birma-bir 
hibsga olindi. 
Bu mojaro, aslida, birinchisi ham, oxirgisi ham emasdi, faqat bu 
hududda hind-musulmon t
o‘qnashuvi deyarli sodir bo‘lmas edi.
– Bu qanday bemaʼnilik! – tezkor majlisda politsiya boshlig‘i Mukesh 
Mukrining fi
g‘oni falakka chiqdi. Chunki qamoq to‘lib ketdi, vaziyat izdan 


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
chiqishiga bir bahya qoldi. 
– Bu ishning ortida kim turibdi! Hammasini 
aniqlang! 
Аybdorni kim bo‘lishidan qatʼiy nazar, javobgarlikka torting! 
Mening hududimda bunday xunrezlikka y
o‘l qo‘ymayman! 
– Mukesh sohib, – eshikni qiya ochib mo‘raladi politsiya boshlig‘i 
yordamchisi. 
– Ha! – dedi Mukesh asabiy. 
– Sizni hokim o‘rinbosari chaqiribdi. 
Bosh zobit aynan shu masalada hisobot berishini bilib, dastlabki 
maʼlumotlarni olib, hokim idorasiga bordi. 
– Mukesh sohib, sizning uzoq yillik mehnatlaringizni biz hamisha 
qadrlaymiz, 
– dedi uni o‘z xonasida qabul qilgan hokim o‘rinbosari. Bosh 
zobitni uning 
o‘ta xotirjamligi hayron qoldirdi. Chunki u amaldorni asabiy 
yoki 
g‘azabnok holda ko‘rishini taxmin etgandi. 
– Tashakkur, janob! – dedi bosh zobit. 
– 
Musulmonlarning 
hindlarni 
tahqirlashi 
haqidagi 
ishni 
o‘rganyapsizmi? 
– Biz voqeaga aniq nom bermadik, buni oddiyroq qilib, betartiblik, 
deb atayapmiz, 
– tushuntirdi Mukesh. – Diniy yoki irqiy adovat taʼrifidan 
uzoq turgani
miz maʼqul, deb o‘ylayman. 
– Bu o‘ylashingiz menga yoqmadi, – dedi hokim o‘rinbosari. – Siz 
k
o‘rinib 
turgan 
haqiqatni 
yashirmoqchimisiz? 
Diniy 
adovatni 
xasp
o‘shlaysizmi? Musulmonlar hindlarni kofir, mushrik, deb janjal 
k
o‘targanlari hammaga ayon! 
Bosh zobit amaldorning bu qadar ishonch bilan gapirayotganidan 
ajablandi. 
– Meni maʼzur tuting, pandit jiy, – dedi ehtirom bilan. – Men, basharti, 
diniy adovat yuzaga kelgan taqdirda ham buni murosa y
o‘li bilan hal etishni 
istayman. Odamning eʼtiqodi bilan hazillashib bo‘lmaydi. Eʼtiqodga hujum 
faqat qon t
o‘kishga yetaklaydi. Sizga biroz noto‘g‘ri xabar beribdilar. Janjal 



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish